1.10.2. “Ketma-ket liniya zanjiri” topologiyasi
Bu topologiya tarmoqdagi trafiklarning faolligi yuqori bo’lmaganda, tarmoqning bir necha joyida kirish va chiqish kanallarini tashkil qilish zarurati bo’lganda multipleksorlarni qo’llagandagi kabi, ajratuvchi/birlashtiruvchi nuqtalarda kirish/chiqishli multipleksorlarni qo’llaganda ham foydalanish mumkin. Bu topologiyani, zaxiraga ega bo’lmagan ketma-ket liniya zanjiri yoki 1+1 turidagi zaxiraga ega bo’lgan murakkab ketma-ket liniya zanjiri ko’rinishiga keltirish mumkin (1.10.-rasm).
1.10.-rasm. “Ketma-ket liniya zanjiri” topologiyasi.
1.11.-rasm. 1+1 turidagi Himoyaga ega bo’lgan “Ketma-ket liniya zanjiri” topologiyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |