1.10.1. “Nuqta – nuqta” topologiyasi
Ikkita A va V tugunlarni bog’lovchi tarmoq segmenti yoki “nuqta-nuqta” topologiyasi, SDHning bazaviy topologiyalari ichida eng soddasidir. Bu topologiya terminal multipleksorlar (TM) yordamida optik agregatlarning chiqish va kirish liniyalari va kanallarini zaxirasiz va zaxira asosida qurish imkonini beradi. Agar elektrik yoki optik agregatlarning chiqish yoki kirish kanalari ishdan chiqsa, yuz foizli 1+1 turidagi zaxirani qo’llagan holda bir necha millisekund ichida avtomatik tarzda zaxira kanaliga ulanishi mumkin.
Bu topologiya sodda bo’lishidan qat’iy nazar, yuqori tezlikka ega bo’lgan magistral liniyalarda keng miqyosda qo’llaniladi (masalan, raqamli telefon trafikalariga xizmat ko’rsatadigan okeanlararo magistral liniyalarida qo’llanilishi mumkin). Shuningdek bu topologiya yuqori ierarxiyadagi yangi SDH tezliklariga o’tishda, sinov uchun ham qo’llaniladi, (masalan, 622 Mbit/s (STM-4) dan 2.5 Gbit/s (STM-16) ga o’tish uchun yoki 2.5 Gbit/s (STM-16) dan 10 Gbit/s (STM-64) ga o’tishda). Xuddi shu topologiya radial xalqali topologiyaning bir qismi sifatida ham qo’llaniladi va “ketma-ket liniya zanjiri” topologiyasining asosini tashkil etadi, boshqa tomondan zaxirali “nuqta-nuqta” topologiyasini yoyilgan “xalqa” topologiyasi deb qarash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |