1.11.2. Sinxronizatsiya tizimlarining asosiy
parametrlari
Sinxronizatsiya tizimlarining ikkinchi toifali parametrlariga sinxrosignalning vander taxlili bilan bog’liq bo’lgan TIE (vaqt oralig’i xatoligi), MTIE (vaqt oralig’ining maksimal xatoligi), TVAR (vaqt bo’yicha variatsiya), TDEV (vaqt bo’yicha daviatsiya) parametrlari ham kiradi.
1.11.3. Vaqt oralig’i xatoligi - TIE
Buning uchun uzatiluvchi va qabul qilinuvchi Re 2 raqamli signalni, Re 1 etalon signal bilan solishtirish jarayonini qarab chiqamiz (1.18-rasm).
1.18-rasm. TIE tushunchasi
Rasmdan ko’rinib turibdiki, etalon signalga nisbatan Re 2 signali faza bo’yicha surilishga ega. Bunday surilish vaqt bo’yicha surilish – TIE (Time interval error) nomini olgan va uni vaqt parametri orqali baholash mumkin. Sinxrosignal bilan etalon signalni solishtirish orqali, TIE parametrlarini oldingi qiymati, TIE parametrlarining kuzatish vaqtiga har xil bog’liqligi va TIE parametrlarining maksimal qiymati o’lchanadi. TIE parametrlarini o’lchash absalyut birliklar singari, keltirilgan birliklar (masalan U1) da ham amalga oshadi. Bu erda U1 – bu berilgan uzatish tizimi orqali 1 bit axborotni uzatish uchun lozim bo’lgan vaqt.
Do'stlaringiz bilan baham: |