10-sinf Tarix Javoblar: 1-bilet
Download 298.18 Kb. Pdf ko'rish
|
10-sinf-Tarix-2018
10-BILET
1. Germaniyaning taslim bo‘lishi. 1945-yil 16-apreldan 2-may-gacha Berlin operatsiyasi amalga oshirilib, shu vaqt ichida Uchinchi reyxning poyt axti o‘rab olindi va shturm bilan zabt etildi. Reyxstag ustida sovetl arning qizil bayrog‘i o‘rnatildi.1945-yil 8-may kuni Oliy bosh qo‘mondon o‘rinbosari G.K. Jukov Sovet Ittifoqi nomidan Germaniyaning so‘zsiz taslim bo‘lganligi to‘g‘risidagi aktni imzoladi. 9- may SSSRda «G‘alaba kuni» deb e’lon qilindi. Yaponiyaning tor-mor qilinishi. 1945-yil 6 avgust kuni AQSH Yaponiyaning Xirosima va 9 avgust kuni Nagasaki shaharlariga atom bombalarini tashladi. Atom bombalari portlashi natijasida, asosan, tinch aholi halok bo‘ldi.1945-yil Sovet Ittifoqi Yaponiyaga qarshi urushga kirdi. 1945-yil 2-sentabr kuni Yaponiya so‘zsiz taslim bo‘lish to‘g‘r isidagi paktni imzoladi. Ikkinchi jahon urushi tugadi. Asosini fashistik Germa-niya, Italiya va militaristik Yaponiya tashkil qilgan tajovuzkor dav-latlar bloki tor-mor qilindi. 2. Bu paytda O‘zbekiston SSR hududi 312 394 km2, aholisi 3 963 285 kishi bo‘lgan (unga Tojikiston ASSR va Qoraqalpog‘iston avtonom viloyatining hududi va aholisi kirmaydi). 1924-yil oxirida O‘rta Osiyo respublikalarida hammasi bo‘lib 8 131 062 kishi yashagan bo‘lib, ularning qariyb yarmisi O‘zbekistonda istiqomat qilgan. O‘zbekiston SSRda 1925-yil 29-yanvarda ilk bor ma’muriy-hududiy bo‘linish o‘tkazildi. Dastlabki 7 viloyat (Zarafshon, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm), alohida Konimex tumani tashkil topdi. Bu paytda O‘zSSR tarkibida 23 ta uyezd va 241 ta volost bo‘lgan.1926-yil 29-sentyabrda O‘zbekiston SSR Sovetlari Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi V sessiyasining rayonlashtirish to‘g‘risida qarori qabul qilindi. Unga muvofiqq O‘zbekiston SSRda mavjud bo‘lgan 7 ta viloyat, 23 ta uyezd, 241 ta volost va 1163 ta qishloq jamoasi o‘rniga yangi ma’muriy bo‘linish o‘tkazilib, 10 ta okrug (Xorazm, Buxoro, O‘rta Zarafshon, Samarqand, Toshkent, Xo‘jand, Qo‘qon, Andijon, Surxondaryo, Qashqadaryo), alohida qozoq-qoraqalpoq Konimex tumani, 87 ta tuman va 1720 ta qishloq sho‘rosi tuzildi. 3. Totalitarizm (umumiy, yalpi) – XX asr hodisasi bo‘l ib, butun siyosiy tizimning davlatga bo‘ysunishini, jamiyat hayoti va fuqarolar ustidan to‘liq davlat nazorati o‘rnatilishini nazarda tutadi.
Download 298.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling