10-sinf Tarix Javoblar: 1-bilet


Download 298.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/29
Sana02.01.2022
Hajmi298.18 Kb.
#190961
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
Bog'liq
10-sinf-Tarix-2018

8-BILET 

1. Ikkinchi jahon urushining boshlanishi. 1939-yil 1-sentabr kuni  

Germaniyaning  Polshaga bostirib kirishi bilan Ikkinchi jahon urushi  

boshlandi va 1945-yil 2-sentabrgacha davom etdi. Polshaga yordam  

berishni va’da qilgan Buyuk  Britaniya va Fransiya 3-sentabr kuni  

Germaniyaga urush e’lon qildi.Sovet rahbarlari paytdan foydalanib qoldi.  1939-yil 17-sentabr kuni Pol-

shaga sovet qo‘shinlari kiritildi. Germaniya bilan SSSR o‘rtasida do‘stlik shartnomasi imzolanib,unda 

Polsha davlati siyosiy xaritadan butunlay o‘chirib tashlandi.1939 – 1940-yillarda  sovet  –  fi n  urushi 

bo‘lib o‘tdi. Sovetlar juda katta yo‘qotishlar evaziga Kareliyani  Viborg shahri bilan birga SSSR 

tarkibiga qo‘shib oldi. Ammo tezkor g‘alaba qi-lish va Finlandiyani qaram davlatga aylantirish rejasi 

amalga oshmadi. SSSR tajovuzkor davlat sifatida Millatlar  Ligasi tarkibidan chiqarildi. 1940-yil martda  

SSSR  Finlandiya bilan sulh tuzishga majbur bo‘ldi.1940-yil sentabrda  Germaniya,  Ya poniya  va  

Italiya o‘rtasida harbiy hamkorlik to‘g‘risida kelishuv  –  Uchlar pakti imzol andi. Tez orada bu pakt ga  

Vengriya,  Ruminiya,  Slovakiya va Bolgariya ham qo‘shildi. 

2. Buxorodagi istiqlolchilik harakati rahbarlari o‘rtasida Turkiyadan kelgan generallar – Anvar  va  

Salim Posho alohida ajralib turadi. Anvar Posho 1921-yil oktyabrda Kavkaz dan Buxoro shahriga 

kelgach, 9-noyabrda Qarshi yaqinidagi  Qiliko‘l  atrofda  Mulla  Nas qo‘rboshi bilan uchrashib, maxsus 

bayonot bilan chiqadi hamda turkiston-liklar va bu xoroliklarning sovet rejimi va qizil armiyaga qarshi 

muqaddas kurashiga qo‘shilganligini e’lon qiladi.Anvar Poshoning sa’y-harakatlari bilan Sharqiy 

Buxoroda birlashgan qismlar bunyod etildi va u turk zobitlari bilan mustahkamlandi, g‘arbcha 

qo‘mondonlik uslubi joriy qilinadi. Anvar Posho  1922-yil  avgustda  Sharqiy  Buxoroning  Baljuvon  

atrodagi  Obidara qishlog‘ida qizil askarlarga qarshi bo‘lgan jangda mardlarcha halok bo‘ldi. 

Turkistonning erksevar shoiri Cho‘lpon Anvar Posho xotirasiga bag‘ishlab “Baljuvon” marsiyasini 

yozdi. 


3. Fraksiya  –  biror-bir  partiyaning  parlamentdagi  a’zo- 

lari yoki siyosiy partiya ichidagi alohida guruh. 

 



 

 


Download 298.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling