10-sinf Tarix Javoblar: 1-bilet
Download 298.18 Kb. Pdf ko'rish
|
10-sinf-Tarix-2018
7-BILET
1. 1919-yil 28-iyunda Germa niya Versal tinch lik shartnomasini imzoladi. Shartno maga ko‘ra, Germaniya Bi rinchi jahon urushining bosh lanishi uchun yagona javobgar deb e’lon qilindi. U g‘olib dav latlar foydasiga juda katta – 132 mlrd. marka reparatsiya (tovon) to‘lashi lozim edi. Keyin Germaniya ning itti foq chilari bo‘lgan boshqa mag‘lub davlatlar – Avstriya, Bol gariya, Vengriya va Turkiya bilan ham shunday shartnomalar im zolandi.
2. Buxoroda amirlik tuzumi ag‘darilgach, 1920-yil kuziga kelib qizil armiyaga qarshi kurash olib borgan qo‘rboshilar guruhlari, shahar va tumanlarda ko‘tarilgan qo‘zg‘olonlar mamlakatning barcha hududi – g‘arbiy, markaziy, sharqiy qismlarida boshlanib, ommaviy tus oldi. 1920-yil sentyabr oyida Sharqiy Buxoroga kelgan sobiq amir Olimxon katta kuchlar to‘plab, qizil armiyaga qarshi kurashga rahbarlik qildi. G‘arbiy Buxoro hududida Mulla Abdulqahhor, Sharqiy Buxoro hududida Ibrohimbek va Davlatmandbek kabiqo‘rboshilar harakatga rahbarlik qilishdi. 1921-yil mart oyida bir qator janglarda mag‘lubiyatga uchragan Olimxon Afg‘oniston davlati hududiga o‘tib ketishga majbur bo‘ldi. Biroq bu paytda Sharqiy Buxoroda qizil armiyaga qarshi ommaviy xalq qo‘zg‘olonlari ko‘tarildi. Buxoro qo‘rboshilarining milliy ozodlik kurashi. Qisqa muddat davomida Mulla Abdulqahhor boshchiligida poytaxt Buxoro tumanlarida lashkar to‘plandi va qizil armi-yaga qarshi jangovar harakatlar olib borildi. Shu ningdek, Mulla Abdulqahhor rahbarligida Buxoro, Karmana va Nurota viloyatlarida o‘nlab qo‘rboshi guruhlari faoliyat ko‘rsatdi. Uning qo‘l ostida Buxoroning g‘arbiy qismida 20 nafar qo‘rboshi birlashgan. Ular orasida Hamro Polvon, Hayit Amin, O‘rmon Polvon, Oston Qorovulbegi kabi shofirkonlik qo‘rboshilar ham bo‘lgan.3. Izolatsionizm – biron-bir davlatning xalqaro muammolarni hal qilishda ishtirok etishdan bosh tortish siyosati. Ko‘pincha, AQSHning ikkinchi jahon urushigacha bo‘lgan siyosatiga nis-batan qo‘llaniladi. 3. Liberalizm – parlamentarizm, demokratik erkinliklar va xususiy tadbirkorlik tarafdorlarini birlashtirgan ijtimoiy-siyosiy oqim.
Download 298.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling