10-variant i-topshiriqga javob: Qo’shish amaliga doir masalalr yechish metodikasi
Download 1.1 Mb. Pdf ko'rish
|
10-variant
10-variant I-topshiriqga javob: Qo’shish amaliga doir masalalr yechish metodikasi. Psixologiya kursidan ma’lumki, tafakkurning rivojlanishi shaxsning ijodiy aktivligi orqali aniqlanadi. Chunki, masalalarni mustaqil yechishni tashkil qilish o‘qituvchiga o‘quvchilarning mumkin bo‘lgan aqliy qobiliyatlari rezervlaridan foydalanish imkonini beradi. Bundan masalalarning yana bitta, sodda muhim funksiyasi kelib chiqadi. Masalalarni yechimida predmentga bo‘lgan qiziqishi rivojlanadi, umuman mustaqillik, erkinlik, talabchanlik, mexnatsevarlik, maqsadga intilishlik rivojlanadi. Bolalarga tarbiya berishda ham matnli masalalarning roli katta. Masalalar o‘quvchilarning fikr doiralarini kengaytirishga yordam beradi, ularni o‘z shahrining, qishlog‘ining xayoti bilan, kishilarning ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligidagi mexnatlari bilan tanishtiradi. Yangi texnikani joriy qilish hisobiga yoki mexnatni yaxshi tashkil qilish hisobiga mexnat unumdorligini ortirish, kishilarining farovonligini oshirish, xukumatimizning bolalar haqida, ularning o‘qishlari va dam olishlari borasidagi g‘amxo‘rligi kabi muhim masalalarni ularning kuchlari etadigan materiallarda tushuntiradi. Masalalar ustida ishlanar ekan, sistemali ravishda va rejali asosida o‘quvchilarning xususiy malakalarini takomillashtirishni ham o‘ylab ko‘rish kerak, chunki bunday xususiy malakalardan masala yechishning umumiy murakkab malakasi tarkib topadi. Masalalar yechish orqali o‘quvchilarda ushbu malakalar tarkib topmog‘i lozim. 1. Masalani tinglashni o‘rganish va uni mustaqil o‘qiy olish masala ustida ishlash uning mazmunini o‘zlashtirishdan boshlanadi. O‘quvchilar xali o‘qish malakasiga ega bo‘lmagan dastlabki vaqtlarda ularni o‘qituvchi o‘qib beradigan masala matnini tinglashda shartning muhim elementlarini tovushi chiqarib ajratishga o‘rgatish kerak. Shundan keyin masala shartini yaxshiroq o‘zlashtirish maqsadida, har bir o‘quvchi masala matnini tinglabgina qolmay, balki masalani mustaqil o‘qib chiqishi zarur: buning uchun ularga masalani oldin ovoz chiqarmay o‘qishni, so‘ngra esa tovush chiqarib ifodali o‘qishni taklif qilish lozim. Masalani ifodali o‘qishda sonli ma’lumotlar va masalani yechish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan elementlari tovush bilan ajratib berilishi zarur. Masala matni o‘qituvchi tomonidan bir-ikki marta o‘qiladi, ammo bunda bolalarni masala matnini bir marta o‘qishdayoq uning mazmunini tushunib olishga asta-sekin o‘rgata borish kerak. Buning uchun esa bolalar masala matnini diqqat bilan tinglashlari va birinchi o‘qishdan keyin uning mazmunini tushunib olishlari uchun ular oldiga masala o‘qilishidan ilgari u yoki bu bilishga oid maqsadni qo‘yish kerak. O‘qituvchi “diqqat bilan tinglang” degan ko‘rsatmani berish bilan cheklanib qolmay, balki o‘quvchilarga bilim ahamiyatiga ega bo‘lgan aniq qo‘shimcha topshiriq berishi kerak. 2. Masalani dastlabki analiz qilish (ma’lum noma’lumdan ajrata olish malakasi) ma’lumni noma’lumdan, muhimni nomuhimdan ajratish, masalada berilganlar bilan izlanayotganlar orasidagi bog‘lanishni yechish bu eng muhim malakalardan biri, bunday malakaga ega bo‘lmay turib, masalalarni mustaqil yechishga o‘rganib bo‘lmaydi. 3. Masalani qisqa yozish malakasi. Masala matnida og‘zaki ishlangandan keyin uning mazmunini matematik terminlar tiliga o‘tkazish va qisqa yozuv shaklidagi matematik strukturasini belgilash kerak. Masalani qisqa yozish malakasiga birinchi sinfdan boshlaboq katta ahamiyat beradi. Bu ish bolalar uchun ancha qiyindir, shu sababli birinchi sinfda masalani qisqa yozish asosan o‘qituvchi raxbarligida bajariladi. Ikkinchi sinfdan boshlab bolalarni masalalarni mustaqil ravishda qisqa yozishga o‘rgatish masalasi qo‘yiladi. Masala sharti murakkab bo‘lgan xollarla, shuningdek, yangi xil masalalarni yechishda qisqa yozishdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shuni nazarda tutish kerakki, barcha xollarda ham qisqa yozuvni bajarish bilan bir vaqtda masala shartining tahlili ham amalga oshiriladi. Aslini aytganda, qisqa yozuvning vazifasi shundan iborat. Xaqiqatdan ham masala shartining qisqa yozuvi o‘quvchilar xotirasiga teng bo‘lib, son ma’lumotlarni tushunish va ajratish imkonini beradi, shu bilan birga ularning ratsional yozilishi masalada nima berilgan va nimani izlash kerakligini bayoniy tushuntirish imkonini yaratadi. Quyidagi sodda masala namunasida qisqa yozishga o‘rgatish ishini qanday o‘tkazish mumkinligini ko‘rib chiqamiz: “Gulbaxor 3 ta tugma qadadi. Onasi esa undan 2 ta ortiq tugma qadadi. Onasi nechta tugma qadadi?”. -masalada nima haqida gapiriladi, (Gulbaxor va uning onasi tugma qadaganliklari haqida) -shuni qisqa qilib yozamiz. Doskada va o‘quvchilar daftarlarida qisqa yozuvning birinchi elementi paydo bo‘ladi: G.- O.- -Gulbaxor qadagan tugmalar soni haqida masalada nima ma’lum, (Gulbaxor 3 ta tugma qadagan). Shuni yozamiz: G.- 3 ta tugma O. – -Onasi nechta tugma qadagani ma’lum, (yo‘q). Buni so’roq belgisi bilan belgilaymiz. Masalada onasi qadagan tugmalar soni tugma haqida nima ma’lum, (Onasi 2 ta ortiq tugma qadagan). Buni quyidagicha yozamiz: G. – 3 ta tugma O. - 2 ta tugma ortiq. 4. Sodda masalani yechishda amalni tanlashni asoslash va murakkab masalaning yechish rejasini belgilash malakasi. Avval sodda masalani yechishda amal tanlash masalasiga to‘xtab o‘tamiz. Bu malaka birinchi sinfda shakillantira boshlanadi, o‘qitishning ikkinchi yilida bu rivojlantirish yana davom ettiriladi. Bu rivojlantirish shundan iborat bo‘ladiki, ba’zi tanish masalalarga nisbatan amal tanlash asosi o‘zgartiriladi. Masalan “Daraxtda 5 ta qushcha kelib qo‘ndi, ikkita qushcha uchib ketdi. Daraxtda nechta qush qoldi?”- demak masalani yechishda birinchi sinf o‘quvchisi qushlar qo‘nib turganidan kamayib qolganini, shuning uchun 5 dan 2 ni ayrish kerakligini aytishadi. O‘quvchi ikkinchi sinfda xuddi shu masalani echsa, bunday muloxaza yuritish mumkin: “Bu qoldiqni topishga doir masala, Bunday masalalar ayrish bilan echiladi. 5 dan 2 ni ayrib, daraxtda nechta qushcha qolganini bilamiz”. Birinchi darsdanoq 0+1=1 ko‘rinishdagi qo‘shish ham qaraladi. II –bosqich. a+2, a+3, a+4 ko‘rinishdagi xollar uchun xisoblash usullari bilan tanishish. Xisoblash usullarini mustaxkamlash uchun 2ni qo‘shish bilan bog‘liq misollar va masalalar og‘zaki , yozma usulda echiladi, 2 talab qo‘shishga doir mashqlar bajariladi. Bu erda quyidagilarga o‘xshash mashqlar ham o‘rinli: 1.Xisoblashni davom ettiring: 6+2=6+1+1… 2. Nuqta urniga “katta” yoki “kichik” belgisini qo‘ying: 2+1...2 3. 5,7,8 sonlaridan 2 ta ortiq sonni yozing. III-bosqich. a+6, a+7, a+8 va a+9 ko‘rinishdagi xollar uchun xisoblash usullari bilan tanishiladi. Qo‘shishning qaralayotgan xollari asosida yig‘indining o‘rin almashtirish xossasidan foydalanib, ikki sonni qo‘shish usuli yotadi. Yig‘indining o‘rin almashtirish xossasi barcha qaralayotgan xollarni ilgari o‘rganilgan (masalan, 2+7 ya’ni 7+2) xollariga keltirishga yordam beradi. O‘quvchilarni yig‘indining o‘rin almashtirish xossasi bilan tanishtirishdan oldin, ular qo‘shish amali bilan kamponentlarining va natijasining nomlari bilan tanishtiriladi, qo‘shadigan sonlar qo‘shiluvchilar natijasida xosil qilingan son yig‘indi deb atalishi bolalarga aytiladi va bilim mustaxkamlanadi. 4+2=6 2+1=3 5+3=8 2+4=6 1+2=3 3+5=8 Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling