10-variant i-topshiriqga javob: Qo’shish amaliga doir masalalr yechish metodikasi


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana17.06.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1534162
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10-variant

 
II-topshiriqga javob: 
Darslarda koʻrgazmali va tarqatmali materiallardan foydalanishdan asosiy 
maqsad taʼlim oluvchilarning mavzuni oʻrganishlarida ularning diqqatini toʻplash, 
darsga boʻlgan qiziqishlarini oshirish, oʻzlariga boʻlgan ishonchni uygʻotish hamda 
koʻrgazmalilik va tarqatmalilik asosida ularning bilim, koʻnikma va malakalarini 
oshirishdan iborat. Shu oʻrinda, muhtaram Prezidentimizning «Shuni 
unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, 
boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday boʻlishi farzandlarimizning 
bugun qanday taʼlim va tarbiya olishiga bogʻliq», degan fikrlari soʻzimizning isboti 
boʻladi. 


Urugʻlar yordamida turli xil narsalar yasash. Bu metod orqali oʻquvchilarni 
tabiatni asrab-avaylash, har qanday narsadan unumli foydalanib biron narsa 
yashash va oʻquvchilarni darsga boʻlgan eʼtiborini kuchaytirishdan iboratdir. Bu 
metod orqali oʻquvchilarni ijodkorligini rivojlantirish yoʻq narsadan bor qilishdir. 
Bu metodning maqsadi ajdodlarimizdan qolgan tarixiy anʼanalarimizni 
oʻquvchilarga oʻrgatish va bu urf-odatlarni rivojlantirish usullari hisoblanadi.
Milliylik metodi. Oʻquvchilar milliy oʻz-oʻzini anglashi uchun oʻz 
mamlakati, ajdodlari tarixini oʻrganishi kerak. Chunki tarixni oʻrganish hozir va 
kelajakni anglash, strategik tafakkur yuritish, yuz berayotgan voqealarga xolisona 
baho berish koʻnikmalarini shakllantirish, oʻzining maʼlum bir millatga daxldor 
ekanligini anglashga yordam beradi.
Har bir oʻquvchi yoshlikdan oʻz millati, xalqining anʼanalari, til boyligi, 
ogʻzaki hamda yozma adabiyoti, sanʼati va musiqasi, xullas chuqur maʼnaviy 
merosini oʻrganib, bilib, oʻzida mujassamlashtirib boradi. Aks holda u maʼlum bir 
xalqqa mansub ekanligini koʻrsata olmaydi. 
Shuning uchun ham xalq taʼlimi tizimining boshlangʻich davrlaridanoq 
oʻquvchilar ongida milliy axloqiy sifatlarni, orzu-istaklari, iymon-eʼtiqodlari, 
dunyoqarashlarini milliy asoslardagina shakllantira bormas ekan, koʻzlangan 
maksadga erishib bulmaydi. Buning uchun, shubxasiz, kelajagimiz boʻlmish 
farzandlarimizning, barkamol, axloqli boʻlib tarbiyalanishlariga erishishda faqat 
milliy taʼlim-tarbiyaga asoslangan taʼlim muassasalariga ega boʻlishimiz darkor. 
Ta’lim va o`qitish mazmunining nazariy masalalarini, uning shakli va 
uslublarini pedagogikaning bir qismi bo`lgan didaktika o`rganadi. Umuman 
pedagogika singari didaktika hm rivojlanadi. Uning rivorlanishiga Yan Amos 
Kamenskiy hissa qo`shdi. Uning “Buyuk didaktika” asari o`qitishni rivojlanishiga 
katta ta’sir ko`rsatdi. 
Boshlang`ich ta’lim didaktikaning asoslari Shvetsariya pedagogi 
I.G.Pestolotsi asarlarida ishlab chiqilgan. Bulardan tashqari rus didaktikasining 
atoqli namoyondasi K.D.Ushinskiy bo`lgan. U ham o`qitish masalalarini chuqur 
psixologik asosini yaratdi. O`zbek xalqi orasida ham H.H.Niyoziy, A.Avloniy kabi 


pedagoglar yetishib chiqdi. Ular ham o`zbek xalq maktablarini ochish, 
o`quvchilarga darsliklar yozish kabi ishlarni davom ettirdilar. 
Didaktikaga asoslangan holda biz o`quvchilarga bilim beramiz. Ta’lim 
jarayonida turli usullardan foydalanamiz. Dars turini to`g`ri va muvaffaqiyatli 
o`tish uslubini ham to`g`ri tanlasak dars yaxshi natija beradi. Har bir darsni 
ko`rgazmali va texnika vositalari bilan o`tkazish joizdir. Shundagina dars bilimga 
boy o`tadi. O`qituvchi izlanuvchan bo`lishi, darslarni rang-barang usulda o’tishi 
kerak.Dars qiziqarli o`tishi uchun faqat ko`rgazma qurollardan foydalanib qolmay
o`yin elementlaridan, dars davomida harakatli daqiqalardan foydalanish lozim. 
O`yin elementlaridan nafaqat darsda, balki darsdan tashqari ishlarda 
konferensiya darslarida foydalanish mumkin. Bu albatta boshlang`ich sinf 
o`quvchilariga mo`ljallangan. Ular bu yoshda o`yinqaroq, tez zerikuvchan, diqqati 
tarqoq bo`ladi. O`yin orqali ularni darsga, mavzuga jalb qila olishimiz mumkin. 
Boshlang`ich sinf o`quvchilari yosh bo`lgani uchun ularga sodda tilda 
tushunarli holda bilim berish va darslarda o`yin elementlaridan foydalanish lozim. 
Bola hayotining asosiy qismi o`yin bilan o`tadi. O`yinlar faqat didaktik vosita 
bo`lmay, bola hayotining asosiy shaklidir. Shuning uchun biz o`yinning nozik 
tomonlarini egallamay turib, o`yin faoliyatini boshqarishini o`rganmay turib 
oldimizda turgan mas’uliyatli vositalarni hal qila olmaymiz. 
Individual didaktik o`yin o`qituvchi bilan o`quvchi o`rtasida bevosita 
munosabat yaratishga va bolalarning orqada qolishi sabablarini chuqurroq 
anglashga yordam beradi. Bunda o`ituvchining quyidagi kabi mantiqiy topishiriqli 
o`yin mashqlarini o`tkazishi maqsadga muvofiqdir. 
O`qituvchi didaktik o`yinlarni rejalashtirayotganda quyidagi muayyan talablarga 
amal qilishi muhimdir. 
1. O`yin o`rganilayotgan material uchun dalil va uni mustahkamlovchi omil 
bo`lib hizmat qilishi, ammo uning o`rnini to`liq egallab olmasligi, 
shuningdek qolgan vaqtda to`ldiruvchi vosita bo`lmasligi; 
2. O`ynaladigan o`yinning maqsadini aniq bilishi va shu maqsdga erishishi 
uchun harakat qilishi; 
3. O`yin qoidalarini, vazifalarini bolalarga ravshan va qiziqarli qilib 
tushuntirishi, ularda o`yinga bo`lgan qiziqishni oshirish hamda uni mashq 
bilan almashtirib yubormasligi; 
4. O`yinning qanday o`ynalayotganini tez, to`g`ri, tushunish va uni o`quvchilar 
qanday bajarayotganini kuzatib turishi; 
5. …… 
O`yin natijalariga mohirlik bilan yakun yasash va ularni erishilgan natijalar bilan 
bog`lash; 


O`yin paytida o`quvchilar har doim o`zlariga tanish bo`lgan manbaalarga 
asoslangan holda ish tutadilar, natijada bu material ularning xotirasiga yana ham 
mustakam o`rnashib qoladi. 
O`yin elementlari bolalarni bilim saviyasini, nutqini, o`qishini o`stiradi. 
Xarflarni esda saqlash” o`yini 

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling