10 xloridlarni aniqlash. Suvdagi xloridlar va ularning ko‘payish manbalari


Download 27.46 Kb.
bet1/4
Sana05.02.2023
Hajmi27.46 Kb.
#1166985
  1   2   3   4
Bog'liq
10 Laboratoriya XLORIDLARNI ANIQLASH SUVDAGI XLORIDLAR VA ULARNING


10
XLORIDLARNI ANIQLASH. SUVDAGI XLORIDLAR VA ULARNING KO‘PAYISH MANBALARI

Xlorid ionlari deyarli barcha tabiiy suvlarda uchrashi bilan xarakterlanadi. Bunda osh tuzi (NaCl) dan ko‘plab foydalanish, uning quruqlikdagi ionlari, dengiz qirg‘oqlari (Qora-Bo‘g‘oz ko‘l, Orol dengizi, O‘lik dengiz) va sho‘r suvlardan ichimlik suvlari ishlab chiqaradigan zavodlar (Qizil dengiz atrofidagi shaharlarda o‘nlab yirik korxonalar toza ichimlik suv va texnik suv bilan bir qatorda katta miqdorda tuz ham ishlab chiqaradi uchuvchi mayda tuzlar shamol bilan ko‘p joylarga tarqaladi. Dengiz va ko‘pchilik sho‘r ko‘llar suvlarida xlor asosiy anion hisoblanadi. Dunyoda tarkibida 170 g/kg gacha va undan ham yuqori Sl- ni saqlovchi ko‘llar mavjudligi ma’lum. Xlor ionining dunyo suvlarida ko‘p tarqalganligi sabablaridan biri xlorli tuzlarning suvda yaxshi va oson erishidir. Osh tuzi (NaCl) erishi 26 % ni tashkil etadi, Mg Cl2 bilan CaCl2 bundan ham yaxshi eriydilar, vaholanki CaSO4 bilan CaCO3 lar ancha past eruvchanliklari bilan xarakterlanadi. Cl- ioni o‘simliklar tomo-nidan hazm qilinmaydi, bakteriyalar undan “qochadilar”, yirik jonivorlar organizmidan erkin holda ajraladi. Uning yer qa’ri-dagi aylanishi murakkab emas. Yog‘in bilan yer jinslarida yig‘iluvchi tuzlar suvda erib, daryolar tomonidan dengiz va ko‘llarga olib kelinadi, bu yerda ular asta-sekin yig‘iladi, qurib plastlarga aylana boshlaydi, ba’zan dengiz suvlarini bo‘lib qo‘yadi. Bunday tuzlar hosil bo‘lishi va erib ketishi sikllari (migratsiyasi) ko‘p marta qaytarilib turadi. Magmatik jinslar bo‘lgan xlorapatit Ca5 (PO4)2 Cl va sodalit 3 NaAlSiO4NaCl lar tarkibidagi sochilgan xlor shamollar ta’sirida ajralib suvlarga tushishi ham ma’lum. Xlorning kattagina qismi vulqon mahsulotlari tarkibidagi suvlarga tushadi.




Xloridlar miqdori va ularni aniqlash usullari

Dala va yarim statsionar sharoitlarda statsionar holdagi singari xlor ioni, odatda, kumush nitrat eritmasi bilan titrlab aniqlanadi. Mazkur usul kumush xloridning eruvchanligiga asoslangandir:


Ag++Cl- = AgCl
Titrlashda indikator sifatida kaliy xromat K2CrO4 dan foydalaniladi, u kumush ionlari bilan qizil rangli kam eriydigan Ag2CrO4 tuzini beradi. Xlor – ionni kumush nitrat bilan SrO4--ioni ishtirokida titrlanganda avvaliga kumush xlorid cho‘kmaga tushadi va eritma SrO-- 4 ionlari mavjudligi tufayli sariq rangini saqlaydi. Barcha xlor-ionlar AgCl sifatida cho‘kmaga tushib bo‘lgach, kumush nitratning keyingi porsiyalari qo‘shilishidan boshlab Ag+ ioni Cr--O4 ioni bilan birikib qizil cho‘kma Ag2 CrO4 ni hosil qiladi, unda eritma qizg‘ish rangga o‘tadi. Cho‘kma kumush xromat Ag2CrO4 ning hosil bo‘lishi AgCl ning cho‘kishi bilan bir vaqtda borishi mumkin, lekin eritmada xlor ionlari mavjud ekan, vaqtincha hosil bo‘luvchi Ag2 CrO4 qoldig‘i quyidagi reaksiya bo‘yicha Agl ga aylanib turadi:
Ag2CrO4 + 2 Cl=2AgCl + CrO4--
Shunday qilib, dastlab faqat kumush xlorid cho‘kadi va xlor ioni to‘la cho‘kkandan keyingina xromning kumushli birikmasi hosil bo‘ladi. Bundan titrlashni chayqatilganda ham qizil rangini o‘zgartirmaydigan paytgacha davom ettirish kerak bo‘ladi.
Kumush xromat Ag2 CrO4 kislotalarda eriydi, shu xlor-ionni Mor usulida nordon eritmada aniqlab bo‘lmaydi. Agar eritma nordon bo‘lsa, unda uni xlorni aniqlashdan oldin natriy bikarbanati bilan neytrallash zarur bo‘ladi. Titralanuvchi eritmaning vodorod ko‘rsatkichi (pH) 6,3 dan kam bo‘lmasligi kerak. Suvning ishqoriy reaksiyasi ham to‘g‘ri kelmaydi. pH 10 bo‘lganda suv xloridlari bo‘lmagan nitrat yoki sulfat kislotasi bilan neytrallanishi lozim.
Suvning ishqoriy reaksiyasida (pH > 10) suvni neytrallashni fenolftalein bo‘yicha amalga oshirgan ma’qul, nordon bo‘lsa natriy bikarbonat bilan kuchsiz qizg‘ish ranggacha, xlorni aniqlash oldidan chayqatilganda yo‘qolishidan foydalanish mumkin.
4245–48 Davlat standarti (suv manbalalari va ichimlik xo‘jalik v sanoat vodoprovodlari suvlarida xlor-ionini aniqlash bo‘yicha) xlor-ionini aniqlashga mo‘ljallangan proba suvida oldindan 0,1 n. Sulfat kislotasi eritmasining krezol qizilini yoki tegishlicha o‘yuvchi natriy eritmasi bilan neytrallash talab qilinadi.
Agar suv oltingugurt vodorod, temir yoki ko‘zga ko‘rinarli darajada rangga ega bo‘lsa, unda uni vodorod peroksidi (100 ml suvga 2 ml H2O2) 10 minut davomida qaynatish va filtrlash kerak bo‘ladi.
Kumush nitrat eritmasi titrini aniqlash 1 l da, 1,6484 g toza natriy xlorid saqlovchi eritmada olib boriladi. Bunday eritma 1 ml da 1 mg xlor-ion saqlaydi (n=0,0282).
Kumush nitrat eritmasining titrini aniqlash uchun pipetka yordamida mazkur natriy xlorid eritmasining 25 ml ni o‘lchab olib konik kolbaga solinadi, unga kaliy xromat eritmasining 10 % li eritmasidan 1 ml qo‘shiladi, distillangan suv bilan 100 ml gacha suyultiriladi yoki kumush nitrat eritmasi bilan eritmaning sariq rangi och zarg‘oldoqqa o‘tgunicha, eritma aralashtirilganda ham shunday saqlanganda titrlanadi. Olingan ma’lumotni tekshirish uchun titrlangan eritmaga natriy xloridning eritmasidan bir necha tomchi tomiziladi (bunda eritmaning zarg‘aldoq rangi yana sariq rangga o‘tadi) va eritma yangi porsiyasini titrlash kerak bo‘ladi, bunda birinchi eritmani rangli standart qilib olinadi. Ikkinchi porsiyani kuchsiz, lekin silkitilganda titrlanayotgan eritmadan ketmovchi rangga (och zarg‘oldoqqacha) va standartda esa sariqqacha titrlanadi.
Kumush nitrat normalligi quyidagi formuladan aniqlanadi:
1,6486⋅2525
bu yerda a – kumush nitrat eritmasining sarflanuvchi miqdori.
Kumush nitratning bir millilitri xlorning T=35,46⋅ 25 mg ga a to‘g‘ri keladi.
Xlor-ionni aniqlash yo‘li quyidagichadir. Tadqiq qilinayotgan suvning 100 ml pipetka bilan o‘lchab olinadi va konik kolbaga solinadi, unga pipetka yordamida kaliy xromatning 10 % li eritmasidan 1 ml qo‘shiladi, kumush nitrat eritmasi bilan titrlanadi (kumush nitrat eritmasi titri aniqlangani
kabi). Tekshirilayotgan suvdagi xlor miqdorini quyidagi formula bilan aniqlanadi. X=T⋅a⋅10,
bu yerda X – xlorning tekshirilayotgan 1 l suvdagi mg lardagi miqdori; a – kumush nitratning titrlashga ketgan miqdori; T=N⋅35,46 – kumush nitratning xlor-ioni bo‘yicha titri, ya’ni kumush nitrat eritmasi 1 ml dagi xlorning mg lar soni.
Ushbu formula bilan topilgan xlorning miqdoridan 0,5 mg ni chiqarib tashlash kerak, ya’ni titrlashda rangning ko‘rinarli o‘zgarishiga kerakli kumush nitrat eritmasining ortiqchasi uchun tuzatish kiritiladi.
Reznikov laboratoriyasi yordamida xlorni aniqlash printsipi ham yuqoridagi singari aniqlaniladi – bunda farq ishlash texnikasi va eritmalar konsentratsiyasida bo‘ladi. Xlor miqdorini tahminiy va aniq o‘lchanishini turlicha olib boriladi.
Tahminiy aniqlash. 5 ml suvga kaliy xromatning 10 % li eritmasidan 1 tomchi solinadi va kumush nitratning 0,1 n. eritmasi bilan qizil-qo‘ng‘ir rang paydo bo‘lgunicha titrlanadi. 1 l suvdagi xlor-ioni miqdori quyidagi formula bilan aniqlanadi.
a⋅n⋅35,5⋅200=mg/l Cl,
bu yerda a – kumush nitrat eritmasi sarfi; n – kumush nitrat eritmasi normalligi; 200 – 1 l hisobi uchun ko‘paytma; 35,5 – xlor-ionining ekvivalent og‘irligi.

Download 27.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling