104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr
Download 188.27 Kb.
|
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)
38. BUDDIZIMNING YUZAGA KELISHI. Mil.avv. VI asrda Hindistonda yangi budda e’tiqodi shakllandi. Bir necha asr o‘tgach, buddaviylik butun dunyoga tarqalib, uch dunyo dinining biriga aylandi. Sidd xartxa (mil.avv. 566–486-yillar) Shakyamuni («Shak’ya urug‘idan tarki dunyo qilgan») budda dinining asoschisi bo‘lgan. U Lumbuni (Nepal) hududda kshatriy oilasida tug‘iladi. Siddxartxa 29 yoshida bu dunyo ne’matlaridan voz kechadi. U 7 yildan so‘ng Varanasi shahari yonida o‘z mustaqil targ‘ibotini boshlaydi va keyin esa 40 yil Gang daryosi havzasida daydib, o‘z ta’limotini targ‘ib qiladi. U Sarnatxada (Banoras shahri yonida) ilohiy nur olib, Budda («nurlangan») nomini oldi. Hayot bu azob, hayot yerda yashash, uning lazzatlaridan bahramand bo‘lish istagida paydo bo‘ladi. Istaklardan xoli bo‘lish 8 yo‘l: to‘g‘ri qarashlarga ega bo‘lish, to‘g‘ri fikrlar, to‘g‘ri o‘zini tutish, to‘g‘ri harakat, to‘g‘ri so‘z, to‘g‘ri fikrlar namunasi, to‘g‘ri xotira, to‘g‘ri turmush tarzi, to‘g‘ri o‘zligiga kirishga intilish lozim. Budda dini insonning axloqiga jiddiy e’tibor berdi. Budda o‘z ta’limoti bilan bevosita xalqqa maydon va bozorlarda tushunarsiz sanskritda emas, balki xalqning oddiy tilida murojaat qildi. U o‘z ta’limotini brahma ta’limotiga qarshi qo‘yib, yerdagi barcha odamlar tengligini targ‘ib qildi. Bir-birini og‘irini yengil qilish, yovuzlikka qarshi turishni aytdi. Gunoh qilgan odam uchun og‘ir jazolar kerak emas, u qalban chuqur tavba qilishi lozim. Buddani oddiy xalq qo‘llab-quvvatladi, uni Veshnaning bir qiyofasi deb tushundi. Budda ta’limotining o‘ziga xos xususiyati u hayotni azoblanish deb tushuntiradi. Azoblanish o‘lim va kasalliklar bilangina bog‘liq emas. Budda ta’limotining mohiyati to‘rt haqiqatda ifodalanadi: birinchi haqiqat – hayot, ahmoqona yoki baxtsiz hayot, lekin har qanday hayot, umuman hayot – yovuzlik, azoblanish; ikkinchi haqiqat – hayotning va qayta tug‘ilishlarning sababi istak-hayotga, huzur halovatga, hokimiyat va boylikka chanqoqlik; uchinchi haqiqat yozuvlikdan hayotni qutqarish imkoniyati; to‘rtinchi haqiqat – bu qutulishga erishish yo‘li mutlaq tinchlanish orqali har qanday hissiyot, istaklardan ti yilish, saqlanish. Har bir dindor intilishi kerak bo‘lgan oliy maq sad bu – nirvanaga erishish, ya’ni bu dunyoning har qanday huzur-halovati, orzu-istaklaridan xoli bo‘lish; bunday odam boshqa qayta tug‘ilmaydi. Buddaviylikda ilk o‘qituvchini tasvirlash an’anasi yo‘q edi. Faqat Budda ramziga tayanadigan asosiy e’tiqod inshooti stupa – soyabon ostidagi sun’iy tepalik edi. Dindorlar stupa va undagi Budda sochi yoki tishiga chapdan o‘ngga (quyosh bo‘yicha) o‘zini gunohlardan xoli qilish uchun bu dunyo hayotidan, oilasidan, mulkidan, tashqi an’anaviy aloqalardan, ruhiy bog‘lanishlardan kechishi lozim. Buddaning izdoshlari qizg‘ish kiyimda, sochlari taqir olingan. Ular qishloq va shaharlarni kezib, sadaqa so‘rab yurganlar. Ularni bxikshu (gadoy) deb ataganlar. Budda dini uchun diniy marosim hech qanday ahamiyatga ega emas edi. Dindorlar avvalgiday to‘y, o‘lim marosimlariga braxmanlarni chaqirar edilar. Budda matnlari mahalliy so‘zlashuv tillaridan tuzilgan bo‘lib, aholiga tushunarli edi. Braxmanlar esa sanskrit adabiyotini aholining juda ko‘p qismidan yashirar edilar. Budda dini, ayniqsa, shahar aholisi o‘rtasida keng tarqaldi. Chunki shahar paydo bo‘lishining o‘zi an’anaviy urug‘chilik, ijtimoiy aloqalarning yemirilishi, xususiy mulkning paydo bo‘lishi, shaxsning jamoadan ajralishi bilan bog‘liq edi. Buddaviylik e’tiqodi katta davlatlar hukmdorlarining homiyligi ostida bo‘ldi. Chunki budda matnlarida jahon hukmronligi g‘oyasi ilgari surilib, qaysiki, bu hukmdor orqali adolat podsholigiga asos solinadi degan g‘oya mavjud edi. Adolatning tarqalishi, bir vaqtning o‘zida hukmdorning hokimiyatini kuchayishi – diniy g‘oyaga to‘g‘ri kelishini bildiradi. Dastlab budda dini xudo sizlar dini edi. Chunki xudo har bir insonning qalbida, u o‘zini anglab yetishi lozimligi g‘oyasi kuchli edi. Keyinchalik Buddaga nisbatan munosabat o‘zgardi. Uning tasviri paydo bo‘ldi. Ibodatxonalar qurilib, Budda ilohiy mavjudot ekanligi aytila boshlandi. Dunyoning oxirati va uning kelajagida qutqaruvchi Buddaning kelishi tushunchasi shakllana boshladi. Xudoga sig‘inish rasm-rusumlari, ibodat va qurbonlik keltirish marosimlari paydo bo‘ldi, afsun o‘qish, tumorlar katta ahamiyat kasb eta boshladi. Bu dunyodan voz kechgan Budda ta’limotining targ‘ibotchilari – rohiblar din xizmatchilariga aylandilar. Budda maktablari ikki asosiy yo‘nalish: «xinayana» – «kichik arava» («qutilishning tor yo‘li») va «maxayana» – «buyuk arava» («quti lishning keng yo‘li») dan iborat edi. Xinayanada har bir dindor Budda ko‘rsatgan yo‘l bo‘yicha mustaqil borishi lozim edi. Maxa yanada esa, u Budda bo‘lishga juda yaqinlashgan bodxisattva – avliyolar yordamiga tayanish mumkin edi. Ularning birinchisi eng qadimiylikka da’vo qilib, Ashoki davridayoq Lanka orolida va keyin Janubiy-Sharqiy Osiyoga tarqaldi. «Buyuk arava» ta’limoti yanada kattaroq yutuqlarga erishdi. Kushon podsholari homiyligi ostida bu yo‘nalish O‘rta Osiyo orqali Eron, Xitoy, Tibet, Mongoliya va Yaponiyaga tarqaldi.
Download 188.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling