104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr
SHUMER-AKKAD TARIXINING DINIY MANBALARDAGI AKSI
Download 188.27 Kb.
|
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)
53. SHUMER-AKKAD TARIXINING DINIY MANBALARDAGI AKSI. Ingliz sayyohi G.Roulinson asarlari fors ponasimon xatlarini o'qib chiqishning to'g'riligini tekshirish va keyinchalik ossurolo- giya (ossurshunoslik) deb nom olgan yangi fanni yanada rivoj lan- tirish uchun juda qimmatli ma'lumot bergan. G.Roulinson Eronda 1835-yili ponasimon xatlardan bir nechtasining nusxasini ko'chirib olgan. Bular orasida qovaga o'yib yozilgan mashhur Behistun yozuvi ham bo'lgan. Grotofendning o'qib chiqqan yozuvidan bexabar bo'lgan G.Roulinson bu yozuvlarni sinchiklab tekshirib, fors ponasimon xatining 18 alifbo belgisini to'g'ri aniqlagan. G.Roulinson to'plagan boy ma’lumotlar ponasimon xatlarning qolgan tizimini ham aniqlashga kirishishga imkoniyat yaratgan. G.Roulinson va Aorris Yangi Elam yozuvlari uchun ham xizmat qilgan ikkinchi tizimning 200 ga yaqin belgisini aniqlashga muvaffaq bo'lganlar. Bu ikkinchi tizim sillab yozuvi (bo'g'inli yozuv) tizimidir. Ponasimon xatning uchinchi tizimini G.Roulinson, Xinks va Oppertlar o'qib chiqqanlar.Ular uchinchi tizimda 200 dan ortiq sillab (bo'g'inli) belgi bor- ligini va bu bilan bir qatorda ishlatiladigan bir qancha ideogram- malarning borligini aniqlaganlar. Bu yozuvlarni o'rganish natijasida ular semit tillar guruhiga mansub bo'lgan tilda yozilganligi maium boigan. Keyinchalik Bobil ponasimon xatiga yaqin boigan ossur bo'ginli ponasimon tizimi va nihoyat Janubiy Mesopotamiyaning shumeriylar deb atalgan, eng qadimgi aholisida paydo boigan ponasimon xatning eng qadimgi shakli ham o'qib chiqilgan. Ponasimon xat avvalo shumerlarda paydo bo'lib, keyin ulardan bu xatni bobilliklar olib, uni o'z navbatida ossuriylarga o'tkazganlar. Shuni alohida ta'kidlash joizki, XIX asrning 90-yillarida nemis olimlaridan F.Delig tomonidan akkad tilining grammatika- si tuzilgan. Shumer yozuvlarining topilishi hamda o'qib chiqilishi munosabati bilan ossurologiya faniga asos solingan. O'z o'rnida shumer yozuvlaridan urartlar, elamliklar, xettlar va Old Osiyodagi boshqa xalqlar ham foydalanganlar. Natijada keyinchalik ossurologiya fanidan shumerologiya, elamitologiya, urartologiya va xet- tologiya fanlari ajralib chiqqan. Shumer yozuvlarini o'qish osonlikcha bo'lmagan. Buning uchun olimlar ko'p mehnat qilganlar. XX asrning birinchi yarmida shumer yozuvlarini topish, o'qib chiqish ustida F.Tyuro-Danjen, A.Pebel, A.Daymel, A.Falken- shteyn va boshqa olimlarning xizmatlari tahsinga sazovor. Ular o'zlarining ko'pyillik tadqiqotlari natijasida shumer tili grammatikasi va lug'atining yaratuvchilari hisoblanishadi. Hozirgi kunda Pensilvaniva universiteti olimlari shumer tili grammatikasi va tiliga oid ko'p tomlik asar yozish ustida ish olib bormoqda. 1992-yili piktografiyaga bag'ishlangan ikki tomlik asar nashrdan chiqdi. Hozir esa ilk shumer yozuvlarini o'qib chiqish us- tida faolivat olib borilmoqda. Shunday qilib shumerliklarning bu ponasimon xatlari dunyo- dagi eng qadimgi alifbolardan biri hisoblanadi. Mazkur ponama- simon xat orqali yozilgan hujjatlar, bitiklar va turli yozishmalar , voqeanomalar Old Osiyo xalqlari tarixi, xo'jaligi, ijtimoiy-siyosiy tuzumi, moddiy va ma'naviy madaniyatini o'rganishda nodir man- balardan biri hisoblanadi. Mesopotamiyadagi qadimgi shaharlarni qazib ochish va ilmiy o'rganishda ingliz geologi V.Loftusning ham xizmatlari katta bo'lgan. U Uruk va Larsada katta kashfiyotlar qilgan. Angliya eks- peditsivasi XIX asrning ikkinchi yarmida Uruk, Ur, Larsa va Eredu kabi qadimgi Shumer shaharlarini qazib ochdilar. 1903-1914-yillarda V.Andre boshliq arxeologlar Ossuriyaning eng qadimgi poytaxti Ashshur shahri xarobalarini kovlaganlar. Qazishlar natijasida podshoh saroyining qoldiqlari, ibodatxona, jumladan ossurlarning oliy xudosi Ashshur ibodatxona- si, shohlaming yer ostidagi daxma-sag'anasi, shahar ko’chalari va uylarning o'rni topilgan. A.Neldeka, R.Koldevoy va V.Andrelar Fara qishloqchasida qazish ishlari olib borishgan. Bu joy Shumer sha- harlaridan biri bo'lib, madaniy qatlamlardan qadimgi xo'jalikka oid matnlar bitilgan kutubxona; Bobil yaqinidagi Borsippdan balandligi 49 metrlik zikkurat, shuningdek, Umma shahri xarobalari topilgan Iroq olimlari Eredu shahri xarobalarida ham qazish ishlari olib borganlar. U yerdan tarixiy davrgacha bo'lgan 14 madaniy qatlam ochilgan. Bu narsalar janubiy Shumer shaharlarining qadimligini ko‘rsatuvchi dalillardan biri hisoblanadi.
Download 188.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling