104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr


Download 188.27 Kb.
bet52/88
Sana09.01.2022
Hajmi188.27 Kb.
#263284
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   88
Bog'liq
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)

51. QADIMGI MISR XO`JALIGI. Misr oldingi gullab-yashnagan zamoniga qaraganda, tushkunlik davrini kechirayotgan bo‘lsa ham, xo‘jalik hayoti batamom to‘xtab qolmagan edi. Misr liklar bu davrda hunarmandchilik ishlab chiqarishning ba’zi bir sohalarini hatto anchagina mukammallashtirgan ham edilar. Ular jezdan turli xil buyumlarni, nafis haykallarni juda mohirlik bilan ishlay olganlar. Bu haykalchalarni kumush yoki oltin tolalari bilan bezaganlar. Takushet nomli misrlik ayol ning Efiopiya-Sais davriga oid haykalchasi shunday tolalar terib ishlash texnikasining ajoyib namunasidir. Podsho Pasebxaning yaqinda Tanisdan topilgan kumush sarkofagi (tobuti) metallni badiiy jihatdan ishlash sohasida ajoyib yutuqlarga erishilganini ko‘rsatadi. To‘qimachilik kasbi ham yuksak darajada rivojlangan. Misrda to‘qimachilik ishlab chiqarishning alohida markazlari vujudga keladi. Shunday markazlardan biri Memfis bo‘lgan. To‘qimachilar va yigiruvchilar sexga o‘xshash alohida-alohida guruhlarga birlashganlar. To‘qimachilik ishining hatto Tait degan alohida ma’budasi, O‘rta Misrda to‘qimachilik ishining Xets-xetep («Poki Raxmat») degan xudosi mavjud bo‘lib, unga sajda qilganlar. Fayans buyumlar ishlab chiqarish rivojlanadi. Fayansdan turli xil uy-ro‘zg‘or buyumlari, bo‘yi 25 sm ga yetadigan nafis haykalchalar yasaladi. Mamlakatda boy-badavlat odamlar va chet ellarga chiqarish uchun tayyorlanadigan zeb-ziynat buyumlari jumlasiga har turli xushbo‘y moylar va atir-upa buyumlari ham kirgan. Shu davrdayoq nilufardan maxsus moy olishni bilganlar. Bu boy amaldorlarni yangi mansabga tayinlash vaqtida ularning yuziga surtish uchun ishlatilgan. Mil.avv. I ming yillikda iqtisodiyotdagi hal qiluvchi omil xo‘jalikda temirdan foydalanish bo‘ladi. Mil.avv.VII–VI asrlardayoq Misrda temirni ishlash texnologiyasi o‘zlashtirib olinadi. Hunarmandchilikda metall ishlash yetakchi tarmoq bo‘ladi. Bu davrga kelib topilgan hujjatlar savdo yanada rivojlanib va murakkablashib borganligidan guvohlik beradi. Chet el savdogarlari Misrga tez-tez kelib-ketib turganlar. Tashqi savdoda Misrning asosiy hamkorlari Finikiya va Karfagen edi. Misr savdogarlari yunon polislari bilan savdo aloqalari o‘rnata boshlaydilar. Fir’avn Nexo davrida Nil daryosini Qizil dengiz bilan tutashtiradigan kanal qurish yuzasidan katta ishlar olib boriladi. Bu kanal qurilishi bilan Misrdan Nubiyaga va hatto undan uzoqdagi Puntga to‘g‘ri boradigan suv yo‘li ochilar edi. Gerodot ma’lumotiga ko‘ra, Nexoning buyrug‘i bilan finikiyalik dengizchilar kemada Afrika qirg‘oqlarini aylanib chiqqanlar. Misr Kichik Osiyodagi Kariya-Lidiya xalqlari bilan keng savdo olib boradi. Tashqi savdoning rivoji va Misrning yunonlar bilan bo‘lgan iqtisodiy aloqalarining mustahkamlanishi natijasida pul xo‘jaligining ilk shakllari paydo bo‘ladi. Misrning iqtisodiy rivoji quldorlardan va yer egalaridan iborat aslzodalarning hukm ron qatlamini, kohinlar, liviyalik harbiy aslzodalar, yunon savdogarlarning hamda ma’lum darajada yollanma askarlarning boyib ketishiga sabab bo‘ladi. Misr liklar o‘zlariga kerakli mollarning ko‘p qismini avvalgidek Suriyadan keltirganlar. Ilk podsholik davrida lir'avnlar mamlakat xo'jaligining hamma tarmoqlariga katta e’tibor bergan- lar. Yer o'zlashtirish va sug'orish inshootlarining qurilishi kuchay- tirilishi tufayli dehqonchilik rivoj topgan. Misr dehqonlari ho'kiz qo'shilgan omoch bilan yer haydab arpa. bug'dov. zig'ir va boshqa boshoqli ekinlami ekib, bu ekinlardan yuqori hosil olganlar. Misr- liklaming asosiy suv manbayi Nil daryosi bo'lib, ziroatchilikning asosini sug'orma dehqonchilik tashkil etgan. EkinzorlarNil daryosi va Fayum suv omboridan suv oladigan kanallar orqali sug'orilgan. Ularda bog'dorchilik rivoj topib, shimolda uzumchilikka. janubda esa ximnochilikka katta e'tibor berilgan. Mamlakatda tokzorlar ko'paytirilgan. Misrda markazlashgan kuchli davlatning tashkil topishi natijasida xo'jalik ancha taraqqiy etgan. Misr fir’avnlari yangi yerlar ochishga va sug'orish inshoot- larini qurish ishiga katta e'tibor berganlar. Fayum vohasidagi ko'l chuqurlashtirilib sun’iy suv omboriga aylantirilgan. Nil daryosidan suv ombori tomon kanal qazilib unga suv keltirilgan. Baland joy- larga suv chiqarish uchun shod til’ kashf etilib. ulardan foydalanilgan. Ma’lumki Qadimgi Sharq dunyosidagi Hindiston, Arabiston. Eron, 0 ‘rta Osiyo havosi issiq mamlakatlar qatoriga kiradi. Bu mamlakatlarda ziroatchilik asosan sun’iy sug'orishga asoslangan- dir. Xususan, Qadimgi Misr ikki sahro - Sahroyi Kabir va Suriya - Mesopotamiya, shuningdek, Arab sahrolari orasida joylashgan mamlakatdir. Garchi Misr yerlaridan dunyodagi eng ulkan daryo - Nii (6500 km) oqib o'tishiga qaramasdan. dehqonehilik qilinadigan dalalarni suv bilan sug'orish muammo bo'lib kelgan. Chunki Nil daryosining o'zani ancha chuqur bo'lib, ekin maydonlariga suv chiqarish mushkul bo'lgan. Kanallardagi suv sathi ko'pincha dalalar sathi- dan ancha pastda bo'lgan. Shu sababli Sharqda. xususan Qadimgi Misrda suvni pastdan yuqoriga uzatish chorasi ko'rilgan. Suvni yuqoriga uzatishning eng qadimgi qo'l usuli Misr tipi -shoduflar bo'lib. qadimiy Misrda, Mesopotamiyada va Hindistonda shoduf keng tarqalgan edi. Shoduf bir ustun, ustunga bog'langan yog'och dastak qovg'a(mesh, paqir)dan iborat. Shoduf daryo, kanal bo'viga yoki quduqqa quriladi. Dastakning qovg'a-mesh tomoni suvga bot- irilib, dastakning tosh osilgan orqa tomoni bosiladi va qovg'ada suv yuqoriga ko'tarilib, tarnovli hovuzga quviladi. Hovuzdan suv tarnov orqali ekinzorlarga quyiladi. Shuni ta'kidlash kerakki, suv sathi past bo'lib. ekin maydonlari baland boisa, shoduflar ba- landlikka qarab bir nechta yerga o'rnatilgan. Chunonchi, birinehi shoduf o'z suvini 2-shodufga, ikkinchisi esa uchinchining hovuziga quygan. Shodufni harakatga keltirish uchun unda ikki kishi ishla- gan. Ba'zan shodufda navbat bilan bir necha kishi ishlagan boiishi mumkin. Tadqiqotchilarning fikriga ko'ra. shoduf yordami bilan bir soatda ikki metr balandlikka 3400 litr, uch metr balandlikka 2700 litr, to i t metr balandlikka esa 1800 litr suv chiqarish mumkin ekan. Mehnatni yengillashtirish va shodutlar ishini tezlashtirish uchun ularni bir necha qavatli qilar edilar. Shoduf dastagi 1,5 metr- dan ortiq boimagan. Shoduf Misr irrigatorlari tomonidan O'rta podsholik davrida, m.av. 1750- 1600-yillar orasida kashf qilingan. M.av. 285—212-vi 1 larda yashagan mashhur yunon fizigi va olimi Arximed Misr chigirini takomillashtirgan ekan. Shu tariqa Misrda dehqonchilik ancha rivojlangan. Voha atrofida chorvachilik ham taraqqiy etgan. Misr shaharlari va qishloqlarida hunarmandchilik, xususan shishasozlik ham shu davrda rivoj topib ichki va tashqi savdo taraqqiy etgan. Misr savdogarlari Finikiya, Falastin, Nubiya, Kichik Osiyo va Ikki daryo oralig'idagi mamlakatlar bilan qizg'in savdo-sotiq ishlarini olib borganlar. Savdo ishlari asosan quruqlik va suv yo'llari orqali amalga oshirilgan. O ita podsholik davrida Fayum vohasida Ittaun shahri qurilib, u ayni vaqtda fir’avnlar- ning qarorgohiga aylangan. 12-sulola davrida Misr Sharqdagi eng qudratli davlatga aylangan.


Download 188.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling