104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr


QADIMGI MIS XVII SUOLOLAR DAVRIDA


Download 188.27 Kb.
bet48/88
Sana09.01.2022
Hajmi188.27 Kb.
#263284
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   88
Bog'liq
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)

47. QADIMGI MIS XVII SUOLOLAR DAVRIDA. M. av. XVI asr boshlarida Misrda ozodlik, mustaqillik uchun kurash boshlanadi. Mustaqillik uchun kurashga 17-sulolaga mansub Fiva podsholari boshchilik qiladi. Bosqinchilarga qarshi ozodlik kurashi Fiva podshosi Kamesu davrida kuchayadi. Kamesu mamlakatdagi amal- dorlami saroyiga chaqirib. ularga giksoslarni Misrdan haydash vaqti yetganligini tushuntiradi. U amaldorlar oldida nutq so'zlab, oxirida "Mening maqsadim Mismi bosqinchilardan qutqarish va osiyoliklarni yer bilan yakson qilishdir”, deb xitob qiladi. Kamesu boshlagan kurash ozodlik urushiga aylanadi. Og'ir janglardan so'ng Misr qo'shinlari giksoslar ustidan g'alaba qo- zonadi. Ozodlik uchun bo'lgan janglar vaqtida Kamesu juda ko'p tan jarohati oladi. O'sha vaqtdagi solnomalarda Kamesu Misrni giksoslar zulmidan ozod qilish uchun kurash olib borgan qahramon sifatida madli etiladi. Kamesudan so'ng uning ukasi Yaxmos 1 qo'shinlari giksoslar- ni mamlakatdan butunlay uloqtirib tashlaydi. Yaxmos 1 qo'shinlari Falastin janubidagi Sharuxen qal’asiga kelib joylashgan giksoslarni uch yillik qamaldan so'ng bo'ysundiradi. Janglar davom etib. Misr qo'shinlari Falastin. Finikiya va Suriyaning ko'p joylarini is- tilo qilgan. Misr qo'shinlarining g'olibona janglari natijasida Misr giksos- lardan ozod qilingan. Shu bilan Misrdagi Giksoslar davlati yemi- rilib barham topib, Misr yana mahalliy sulola namoyandalari boshqaradigan mustaqil davlatga aylanadi.Misrda Yangi podsholikning tashkil topishi va kuchayishi Giksoslar mamlakatdan quvilgach, Misrda Yangi podsholik davri boshiangan. Bu podsholik m. av. 1584-yildan 1085-yilgacha davom etib, unda 18-20-suloladan chiqqan fir'avnlar Misr podsholigini boshqargan. Bu davrda podsholikning chegarasi ancha kengaygan. U janub- da Nubiyaga, shimol va shimoli-sharqda 0 ‘rtayer dengizining sharqiy sohillarigacha bo'lgan yerlarni egallagan edi. Yangi podsholikning kuchayishi munosabati bilan xo'jalik yangidan rivoj topgan. Yangi yerlar ochilib, suv omborlari, kanallar ta'mirlanib, yangilari qurilgan. Dehqonchilikda ishlaliladigan mehnat qurollari takomil- lashtirilgan. Qishloq xo'jaligida qullar mehnatidan keng foydalanilgan. Misrda sug'orma dehqonchilik qilinadigan yerlarning katta qismi fir’avn, sarkardalar, ruhoniylar va zodagonlarga tegishli bo'lgan. Ozod Misr dehqonlari - “fallohlar” ham ozmi-ko'pmi o'z yerlariga ega bo'lganlar. Dehqonchilikda bug'doy, arpa, kunjut, sholi ekilgan. Bu davrda Misrda xurmo, zaytun, uzum, shuningdek poliz ekinlari ham ekilgan va ulardan mo'l hosil olganlar. Yangi podsholikdan boshlab esa Misr qo'shinida ot qo'shilgan jang aravalaridan iborat yangi qismlar tuzilgan. Misrliklar otliq qo'shin va jang aravalaridan tuzilgan harbiy qismlardan foydala- nishni giksoslardan o'rgangan. Shu davrdan boshlab Misrda-yilqichilikka katta e’tibor berilib, qulunlar parvarish qilinadigan alohida davlat xo'jaligi tashkil etil- gan. Piyoda. otliq va jang aravalaridan tuzilgan harbiy qismlarning askarlari o'q-yoy. nayza. oybolta, qilich va boshqa aslahalar bilan qurollangan edi. Misr jangchilari qalqon tutib, dushmanlaming o'tkir qurollaridan himoyalanadigan zirhli kivimlar kiyib jangga kirganlar. Og'ir qurolli qismlar kamonchi va nayzachi guruhlar bilan to'ldirilgan. Yangi podsholik davrida Misr fir'avnlari qo'shni mamlakatlar ustiga tez-tez ta- lonchilik va bosqinchilik urushlarini uyushtirib turganlar. Fir’avn Tutmos I Suriya va Falastinga bostirib kirib. Frot daryosi sohillarigacha yetib borgan. Tutmos III esa O'rtayer dengizining sharqiy sohilidagi mamlakatlarga 15 marta harbiy yurish qilgan. Misr qo'shinlari Suriya va Falastinni qayta ishg'ol qilib, Frot daryosi bo'vidagi Karxemish shahrini ham bosib olgan. Misr qo'shini- ning kuch-qudratidan cho'chigan Ossuriya, Xett, Bobil va Mitanni podsholari o'zlarini fir"avnning “birodarlari”, deb e’lon qilgan va o'z mustaqilliklarini saqlab qolgan. Tutmos III qo'shinlari janubdagi Kush, Nubiya va Punt kabi mamlakatlarga ham bir necha bor bostirib kirgan. Askarlar bu mamlakatlardan son-sanoqsiz asirlar, oltin. kumush, qimmatbaho buyumlar, fit suyaklari olib qaytganlar. Fir'avn Amenxotep davrida ham Misr qo'shinlari Suriya, Falastin, Mitanni va Nubiyaga harbiy yurishlar uyushtirib, Misrga juda ko'p o'lja va harbiy asirlar bilan qaytgan. Tutmos III va Amenxotep II davrida Misr Yaqin Sharqdagi eng qudratli davlat bo'lib qolaver- gan..


Download 188.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling