104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr


MISR QADIMGI PODSHOLIK TARIXSHUNOSLIGI


Download 188.27 Kb.
bet46/88
Sana09.01.2022
Hajmi188.27 Kb.
#263284
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   88
Bog'liq
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)

45. MISR QADIMGI PODSHOLIK TARIXSHUNOSLIGI. Qadimgi podsholik davri (mil.avv. XXVIII–XXIII asrlar)da Misr yirik markazlashgan davlat bo‘lib, Sinay yarim orolini qo‘shib olgan. Janubiy Falastin va Nubiyani o‘z ta’siri ostiga olgan. Misrliklarning aytishiga ko‘ra, ularning tarixini eng yorqin davri III sulolaning eng atoqli hukmdori, Qadimgi podsholik davlatchiligining asoschisi Joser hukmronligi vaqti edi (mil.avv. XXVIII asr boshlarida). U Memfis shahrining poytaxt mavqeini tikladi. Fir’avn hokimiyatini kuchaytirdi, jumladan, podshoning jismi xudolar jismiga o‘xshab, oltindan yaratilganini anglata digan yangi unvonni kiritdi. Birinchi Misr piramidasi mil.avv. 2650-yillar atrofida Sakkara yaqinlarida qurilgan. Josergacha Misr fir’avnlarini xom g‘ishtdan qurilgan yassi bino – mastaba (arabcha – o‘tirg‘ich) ga dafn qilar edilar. Joserning maqbarasi ilk piramida shaklidagi biri ustidan ikkinchisi ustma-ust qo‘yilgan zinapoyasimon 6 mastabadan (balandligi 60 metr) iborat bo‘lib, ohaktoshdan bunyod qilingan. Joser piramidasi ni Sakkara hududida saroy me’mori, bosh maslahatchi Imxotep qurdirgan. Joser davrida Imxotep ishtirokida yangi yil hisobi Sirius yulduzini tongda paydo bo‘lishiga asoslangan yangi taqvim joriy qilinadi. Piramidalarni ulkan sfinks qo‘riqlab turadi. Bu haykal odam boshli, fir’avn Xafraning boshi bo‘lishi mumkin. Ehtimol sfinks Xaf raning farmoni bilan qurilgan. U sharqqa quyosh chiqadigan tomonga qarab turadi. So‘nggi 4-5 ming yil ichida uni qum bosgan. Mil.avv. 1419-yilda Sfinksga bitilgan yozuv haykal panjalari orasida uxlab qolgan shahzoda Ramzes IV tarixini hikoya qiladi. Uning tushida quyosh ma’budi kelib, agar u Sfinksni qumdan tozalasa fir’avn bo‘lishini aytadi. Shahzoda uning aytganini qildi, shundan so‘ng u fir’avn tojini kiydi. Joserdan keyingi fir’avnlar Memfisdan g‘arbda o‘z piramidalarini qurdilar. Fir’avn Snofruning vorislari davrida ulug‘vor piramidalar qurilishi davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan ishga aylanadi. Fir’avn Xufu mil.avv. 2566-yilda vafot etgan. Fir’avn Xufu (yunoncha – Xeops) o‘zi uchun asosi 230 kv.km, har birining og‘irligi 2,5 tonna bo‘lgan, 2,3 mln og‘ir tosh blokdan tashkil topgan, balandligi 147 metr bo‘lgan piramidani bunyod qiladi. Uning o‘g‘li Xafra (Xefren) qurgan piramidaning balandligi (143 m.) sal pastroq edi. Eng so‘nggi ulug‘vor piramida Xafraning o‘g‘li Menkaura (Mikerin) tomonidan qurilgan bo‘lib, balandligi 66 m edi. Piramidalar ohaktoshlardan qurilib, granit plitalar bilan qoplangan. Piramidalar quri lishiga yuz minglab kishilar jalb qilingan. Ular qurilish yaqini da bunyod qilingan shaharchada yashaganlar. Quruvchilar uchun ovqat tayyorlaydigan, non yopadigan yuzlab kishilar xizmat qilgan. Piramidalar yaqinidan non yopilgan tandirlar, ovqat tayyorlanadigan o‘choqlar qoldiqlari topilgan. Piramida qurilishida ishtirok etgan oddiy ishchi boshqaruvchi lavozimigacha ko‘tarilishi mumkin bo‘lgan. V sulola fir’avnlari (XXVI–XXV asrlar) ulkan piramidalar qurishdan voz kechdilar va kichik piramidalar barpo qila boshladilar. Sulolaning so‘nggi vakili Unas birinchi bor o‘z piramidasi ichiga fir’avn o‘limidan keyin, u dunyoda yashashi bilan bog‘liq an’ana formulalarini keng to‘plami yozuvlarni–piramida matnlarini kiritdi. IV sulolaning asoschisi Snofru (mil.avv. 2600-yillar atrofida) Sinay va Nubiyaga g‘olibona yurishlar uyush tiradi. Misga boy bo‘lgan Sinay Misrga to‘la qo‘shib olinadi. Rivoyatlarga ko‘ra, Xufu va Xafra barcha Misr ibodatxonalarini yopganlar hamda yangi umumdavlat Quyosh xudosi Raga sig‘inishni joriy qiladilar. Xudo Raga sig‘inish markazi Geliopol (misrcha – Iunu) shahri edi. V sulola keng hajmdagi ulkan qurilishlardan voz kechdi. Ibodatxonalar ekin yerlarini hadyaga oldilar. V sulola davrida misrliklar Sinay va Nubiyada o‘rnashib qolaverdilar. Liviyada urush olib bordilar va Sharqiy O‘rtayer dengizi bilan savdo qildilar. Podsho Isesi davrida Baurjed nomli misrlik uzoq Punt (hozirgi Somali) mamlakatiga sayohat qiladi. VI sulola davrida (mil.avv. XXIV–XXIII asrning boshlari) tashqi siyosat yanada faollashadi. Uning podsho lari Falastinga qo‘shin tortadilar. Bibl shahri misrliklarning tayanch nuqtasiga aylanadi. Uning hokimlari Misr unvonlarini qabul qilib, Misr xudolariga sig‘inadilar. Nubiyadan misrliklar oltin olib keladilar. Qadimgi podsholikning gullab-yashnagan davrida fir’avn hokimiyati bag‘oyat qudratli bo‘lib, u nafaqat oddiy misrliklar uchun, balki fir’avnning eng yaqinlari uchun ham yetishib bo‘lmaydigan balandlikda turar edi (bir oliy amaldor qabr toshi yozuvida unga faqat podsho taxti oldidagi yerni emas, balki fir’avnning oyog‘ini o‘pishga ruxsat berilganini faxrlanib yozadi). Fir’avnning qo‘lida bepoyon yer zaxirasi, oziq-ovqat va ishchi kuchi to‘plangan bo‘lib, bular uning qudratli hokimiyati asosi edi. Xufu va uning avlodlari «Ra o‘g‘li» unvonini qabul qildilar. Misrning qonuniy podshosi Quyosh xudosini yerdagi ayol bilan yaqinligidan tug‘iladi degan tushuncha shakllanadi. Hech kimga podshoni muqaddas nomini aytishga ruxsat berilmagan. Chunki misrliklar e’tiqodiga ko‘ra, uni nomini aytish fir’avnga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan. Shu sababli, uni nomi boshqacha «ulug‘ uy», «katta uy» (per-o, fir’avn so‘zi shundan kelib chiqqan) deb atalgan. Fir’avn odam qiyofasidagi xudo deb tasavvur qilingan. U xudo Xor (Gor)ning ifodasi, xudo Raning o‘g‘li, u o‘limidan keyin xudo Osiris sifatida ulug‘langan va unga sig‘inish uchun sag‘ana-piramidalar oldida ibodatxonalar qurilgan. Fir’avn oliy bosh kohin vazifasini ham bajargan. Fir’avnlar o‘zlarini ilohiy «Quyosh» bilan qarindosh ekanliklariga ishonganlar va o‘zlarini samoviy hukmdor deb e’tirof etganlar. Oddiy xalq uchun fir’avn «katta xudo», «samo hukmdori» deb ulug‘langan. Hatto kohinlar ham fir’avnga ta’zim bajo keltirganlar. Fir’avn kohinlar ishtirokisiz xudoga murojaat qilishi, qurbonlik keltirishi va ibodatxonalarga kirishi mumkin bo‘lgan fir’avn oliy bosh kohin bo‘lib, uning o‘zi ham diniy qonun-qoidalarga rioya qilgan. Fir’avnning xususiy hayoti: oziq-ovqati, kiyimi, sayohati, poklanishi qat’iy qoidalar bilan belgilab qo‘yilgan. Joserning vorislari davrida fir’avn tomonidan qattiq nazorat qilinadigan davlat boshqaruv apparatini shakllanishi tugallanadi. Nomlarning mustaqilligi tugatildi. Nomarxlar fir’avnga qaram bo‘lib, bir nomdan ikkinchisiga almashtirib turiladigan oliy amaldorlarga aylantirildilar. Davlat markazlashib fir’avnning mutlaq hokimiyati shakllanib, tarmoqlangan byurokratik boshqaruv apparatiga ega edi. Boshqaruv apparatining oliy amaldorlari zodagonlardan bo‘lib, ularning lavozimi merosiy bo‘lgan. Ular fir’avn nomidan mamlakatni boshqarganlar. Barcha joylarda hisob-kitob ishlariga katta ahamiyat berilib, boshqaruvda mirzalar alohida o‘rin tutgan. Zodagon amaldorlarning o‘zlari mirzalik kasbini yaxshi o‘zlashtirib olganlar. Bu kasbni o‘g‘illariga o‘rgatishni majburiy deb bilganlar. Zodagonlarning o‘g‘illarini o‘zi ko‘pincha o‘z otalarining xo‘jaligida mirzalik qilganlar.


Download 188.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling