104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr
QADIMGI MISR XIX SULOLALAR DAVRIDA
Download 188.27 Kb.
|
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)
48. QADIMGI MISR XIX SULOLALAR DAVRIDA. M. av. XIV asr o'rtalariga kelib Misrda ahvol og'irlashgan. Mamlakatda xo'jalik izdan chiqqan. Suriya, Falastin va Nubiya mamlakatlari Misrga itoat etmay qo'yganlar. Ana shunday og'ir sharoitda nornarxlar- ning zodagon urug'idan bo'lgan Xoremxeb to'ntarish yasab Misr taxtiga o'tiradi. U 19-sulolaning asoschisi bo'lib. m. av. 1334-yil- da hokimiyat tepasiga kelgach, Aton e'tiqodini bekor qiladi, eski Amon e’tiqodini tiklab, uning ruhoniylariga katta imtiyozlar beradi. Xoremxeb bir necha ma'muriy islohotlar o’tkazib qo'shinni qayta tuzadi. soliq iizimini tartibga keltiradi, o'g'irlik, askarlar- ning talonchiligi va amaldorlarning poraxo'rligiga qarshi choralar koiadi. Og‘ir jinoyatchilarga qarshi oMira jazosini joriy etadi. U tashqi siyosat masalasiga katta e'tibor bilan qaraydi. Suriya, Falastin va Nubiyaga bir necha bor harbiy yurishlar uyushtiradi. Xoremxeb mamlakat xo'jaiigini yaxshilash uchun choralar ko'radi. U m. av. 1306-yilda vafot etadi. Uning vorislari Ramzes I, Seti I lar davrida Misr ham harbiy, ham iqtisodiy jihatdan kuchayib yuksaladi. Seti I davrida Misr qo'shinlari Suriya, Falastin va Finikiya ustiga bostirib borib, Tir, Magiddo, Kadesh kabi shaharlar- ni bosib oladi. Seti I davrida Falastindagi hokimlar qo'zg'oloni bostiriladi. Harbiy yurishlar natijasida Misrning 0 ‘rtayer dengizi sharqiy sohilidagi mamlakatlar ustidan bo‘lgan ta’siri kuchayadi. Natijada bu mamlakatlar bilan Misrning aloqasi izga tushiriladi. Misrda qishloq xo'jaligi. hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo rivoj lanadi. Ramzes II va vorislari davrida Misr podsholigi. Seti I vafot etganidan so‘ng Misr taxtiga uning o‘g‘li Ramzes II (m. av. 1290— 1224) o'tiradi. U Misr tarixida Meriamon - “Amonning sevikli fir’avni” nomi bilan mashhur boigan. U mamlakatda 66 yil podsholik qilib, mamlakat obodonchiligiga katta e'tibor beradi. Ramzes II davrida yangi yerlar o‘zlashtiriladi. yangi-yangi kanallar qa- zilib. to'g'on va suv omborlari barpo etiladi, sug'orish tarmoqlari kengaytirilib, dehqonchilik rivoj topadi. Nil daryosi kanallaridan suv olib yuqoriga chiqariladigan shoduf va charxpalaklar takomil- lashtirilgan. Ramzes II O'rtayer dengizining sharqiy sohilidagi rnamlakatlar- ni bosib olish uchun Kichik Osiyodagi xettlar bilan qattiq va uzluk- siz kurash olib boradi. U m. av. 1296-yilda bo'lib o'tgan jangda xet- tlardan yengilib asir tushishiga oz qoladi. M. av. 1290-1280-yillar orasida Misr bilan Xett davlati o'rtasida qonli janglar bo'lib o'tadi. Urushda goh Xett. goh Misr qo'shinlari g'olib chiqqan. Nihoyat m. av. 1280-yilda Ramzes II bilan Xett podshosi Xettusili III o'rtasida tinehlik va do'stlik bitimi tuziladi. Sulhga ko'ra ikki mamlakat podsholari bir-biriga bar tomonlama yordam berishga kelishib olishadi. Ana shu bitimning misr va akkad tillarida yozilgan nusxalari biz- gacha yetib kelgan. Bitimda mingta Xett va mingta Misr xudolari garov qilib qo'yilganligi bayon etilgan va qonunlashtirilgan. Bitimga muvofiq Suriyaning shimoli Xett davlatiga. Janubiy Suriya. Falastin va Finikiya sohillarining katta qismi esa Misr tasarrufiga o'tgan. Ramzes II davrida Misr qo'shinlari Nubiyaga ham bir necha bor harbiy yurishlar uyushtirgan. Misr qo'shinlari u yerdan juda ko'p boylik va o'ljalar bilan qaytgan. Nubiyadan Misr- ga juda ko'p qullar olib kelingan. Ramzes II davrida Misrda dehqonehilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq yuksalgan. Misr harbiy jihatdan sharqning eng qudratli davlatiga aylangan. Ramzes II m. av. 1224-yilda vafot etadi. Taxtga uning o'g'li Merneptax o'tiradi. Merneptax davrida (m. av. 1224— 1214) Misrning kuch-qudrati susayadi. Bundan foydalangan g'arbiy cho'l qabilalari Misrga bostirib kirib, Memfes shahrini qamal qiladilar. Shimoldan "dengiz xalqlari" Misrga bostirib kiradi. Misr qo'shinlari qo'shni qabila va xalqlar hujumini qaytaradi. Shu davrda Suriyada Misrga qarshi qo'zg'olon ko'tariladi. Misr qo'shinlari Suriya shaharlaridagi qo'zg'olonlarni qiyinchilik bilan bostiradi. Misrning o'zida suriyalik lrou degan kishi qullar va osiyolik yollangan jangchilarga tayanib qo'zg'olon ko'taradi. Qo'zg'olonchilar boylar va ibodatxonalaming mulklarini talaydilar. Misr qo'shini qo'zg'olonni shafqatsizlik bilan bostiradi. Qo'zg'olonchilar qattiq jazolanadilar.
Download 188.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling