104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr


QADIMGI MISR XX SULOLA TARIXI MANBALARI


Download 188.27 Kb.
bet50/88
Sana09.01.2022
Hajmi188.27 Kb.
#263284
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   88
Bog'liq
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)

49. QADIMGI MISR XX SULOLA TARIXI MANBALARI. Qadimgi Misr tarixini o‘rganish uchun qadimgi Misrning zamonamizgacha saqlanib kelgan ko‘pgina yozma yodgorliklari katta ahamiyatga egadir. Yozma manbalardagi ma’lumotlar moddiy madaniyat yodgorliklarini ko‘p jihatdan to‘ldiradi. Bu ma’lumotlar qadimgi zamondagi misrliklar hayotini, texnika, san’at va diniy e’tiqodning rivojlanishini oydinlashtirib beradi. Antik dunyo mualliflarining qadimgi Misr haqida yozgan yoki eslab o‘tgan asarlaridan Misr tarixiga oid ko‘p ma’lumot larni olish mumkin. Garchi yunon va rim yozuvchilari qadimgi Misr tarixi va madaniyati haqida ba’zan bir qator qimmatli ma’lumotlar qoldirgan bo‘lsalar ham, lekin ularning ma’lumotlari tanqidiy ra vishda jiddiy o‘rganishni talab qiladi. Qadimgi Misr tarixi turli xil manbalar orqali o‘rganiladi. Bu manbalarni asosan yetti turga bo‘lish mumkin: 1) Yozma manbalar, tarixiy asarlar, badiiy-adabiy, ilmiy, diniy matnlar, hujjat va yo‘riqnomalar. 2) Moddiy madaniyat yodgorliklari: shahar, qal’a, ibodatxona, piramida, sag‘ana, uylar, sopol idishlar, haykallar va h. k. 3) Xalq og‘zaki ijodiyoti: qo‘shiq, ertak, maqollar, afsona, axloqiy-etnik asarlar. 4) Etnografiya, etnologiya ma’lumotlari. 5) Antropologiya ma’lumotlari: mo‘miyo, skelet, freska, relyeflarda odamlarning jismoniy tuzilishini o‘rganish mumkin bo‘lgan tasvirlar. 6) Geografik muhit va landshaft, kanallar, yo‘llar. 7) Lingvistika ma’lumotlari. Yozma manbalar: qadimgi Misr tarixiga oid xilma-xil yozma manbalar mavjud. Palermo toshi yozuvlarida V sulolagacha bo‘lgan fir’avnlarning ro‘yxati sanab o‘tilgan va yirik harbiy yurishlar hamda Nil toshqinlari to‘g‘risida ma’lumot beradi. Aton va Ra ibodatxonalari (Fivadagi Karnak ibodatxonasi) devorlarida yozilgan «Tutmos III annallari» (XVII sulola) qimmatli yozma manbalardan biri hisoblanadi. Kohin Manefon podsho Plolemey II Filadelf (mil. avv. 283– 246 yillar) buyrug‘i bilan qadimgi Misr tarixini yunonlar uchun yozadi. Uning asarida Misr tarixi eng qadimgi davrdan boshlab bayon qilingan. Manefon 30 sulola ro‘yxatini tuzib, ularni uch dekada va 10 sulolaga bo‘ldi. Bu yangi davrda tadqiqotchilarni Misr tarixining eng muhim davrlarini aniqlashlari uchun, jumladan, qadimgi Misr tarixini qadimgi, o‘rta, yangi va so‘nggi podsholik davrlariga bo‘lish imkoniyatini berdi. Misr arxivlari huquqiy, ish yuritish hujjatlaridan tashkil topgan. Eng qa dimgi arxiv podsho Neferikara ibodatxonasidan (V sulolasi, mil.avv. XXV-XXIV asr) topilgan. Eng boy arxivlardan biri Yangi podsholik davrida Amenxotep qurgan yangi poytaxt Axetaton shahri (El-Amarna)ni qazishda topilgan bo‘lib, bu arxivda 350 hujjat mavjud. Qadimgi Misrdan boy adabiy meros yetib kelgan. Misr adabiyoti nasihatnoma va bashoratlari namunalari: «Axtoy nasihatnomasi», «Amenemope nasihatnomasi», «Ipuser so‘zlari». Badiiy adabiyot namunalari: «Chechan dehqon to‘g‘risidagi qissa», «Sinuxet hikoyalari» va hokazolarni aytish mumkin. Ertaklar: «Ikki aka-uka to‘g‘risida», «To‘g‘ri va egri» haqida, «Kemada halokatga uchraganlar» ertagi, «Unu Amonning Biblga sayohati» (mil.avv. XI asr) kabilar. Diniy ruhdagi asarlar: V–VIII sulola fir’avnlari piramidalari ichki devorlarida iyerogliflar bilan tasvirlangan yodgorliklar bo‘lib (mil.avv. XXIV–XXII asrlar), ular «Piramida matnlari» deb ataladi. Merneptax vafotidan keyin Misr taxtiga Setnaxt o'tiradi (m.av. 1200-yilda). U ancha tadbirkor kishi bo'lib, Misrdagi mushkul ah- volni ancha yaxshilashga erishadi. Mamlakatdagi qo'zg'olonlar bostirilib, tartib o'rnatiladi. Setnaxtning o'g'li Ramzes III (m.av. 1190-1159) davrida mamlakat xo'jaligini tiklashga katta e’tibor berilgan. Misr qo'shini kuchaytirilib, intizom yaxshilangan. U mamlakat ichidagi nizolarga qarshi kurash olib borgan. Liviyaliklar va “dengiz xalqlari'’ning Misrga qilgan hujumlari qaytarilgan. U Suriya va Falastinda g'olibona urushlar olib borib, u yerda Misrning avvalgi ta'sirini tiklagan. Ammo Ramzes III podsholigining oxirlarida u bilan ruhoniylar, nom hokimlari va ayrim amaldorlar o‘rtasida nizo chiqqan. Fitnachilar Ramzesga suiqasd uyushtirib, m.av. 1166-yili imi o'ldirganlar. Ramzes III o‘limidan so‘ng juda ko'p podsholar almashgan. Lekin ularning hech biri Misrning avvalgi kuch-qudratini tiklay olmagan. Nihoyat, m. av. 1085-yili Ramzes XI vafotidan so'ng Misr fir’avnlarining 20-sulolasi tugatil- gan. Yagona Misr davlati ikkiga bo'linib ketgan. Janubiy Misr Fiva hokimlari, Shimoliy Misr esa 21-sulola asoschisi Tanis hukmdori Smendes qo'liga o'tgan. Shu bilan Misr tarixidagi Yangi podsholik davri ham tugagan.


Download 188.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling