104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr


Download 188.27 Kb.
bet51/88
Sana09.01.2022
Hajmi188.27 Kb.
#263284
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   88
Bog'liq
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)

50. MISR XETT MUNOSABATLARI. Amenxotep III (mil.avv. 1402–1365-yillar) davrida Misr Sharqiy O‘rtayer dengizining katta hududini nazorat qildi. Uzoq Alasiya (Kipr oroli) ham Misrga bo‘ysundirildi. U yerdan mis olib kelingan. Kuchayib ketgan Misr Bobil podshosi Amenxotep II ning qizini qo‘lini so‘raganda, fiir’avn uni mensimay, rad javobini beradi. Misrning o‘sha vaqtdagi xalqaro munosabatlari XVIII sulola oxi ridagi Misr fir’avnlarining Tel-Amarnadan topilgan katta davlat ar xividagi hujjatlardan bizga yaxshi ma’lumdir. Bu arxivda Bobil, Osu riya, Mitanni, Xett davlatlari va Kipr podsholarining, yana Suriya va Falastindagi ko‘p hokimlarning Misr fir’avniga yuborgan diplomatik xatlari saqlanib qolgan. Shu xatlarga qaraganda, Misr Old Osiyodagi bir qancha davlatlar bilan juda mustahkam savdo va diplomatik munosabatda bo‘lgan. Ayrim davlatlar o‘rtasida bo‘ladigan muzokaralar maxsus elchilar yordami bilan olib borilgan. Xettlar istilosi xavfi aniq bo‘lib qolgach, Mitanni va Misr podsho lari bosh ko‘tarib kelayotgan dushmanni birgalikda yengish maqsadida birlashganlar. Misr bilan Mitanni o‘rtasida ittifoq tuzishga imkoniyat tug‘ilgan. Bu ittifoq bir necha sulolaviy nikohlar bilan mustahkamlangan. Mitanni podshosi Tushrattining Misr fir’avni Amenxotep III ga yozgan xatlarida Misr bilan Mitanni o‘rtasida o‘ta mustahkam munosabatlar o‘rnatilishiga olib kelgan diplomatik muzokaralarning ayrim bosqichlari yorqin va jonli qilib tasvirlangan. Misr Amenxotep hukmronligi yillarida uzoq Suriyadagi o‘z yerlarini xettlardan himoya qilish uchun yetarli harbiy kuchga ega bo‘lmaganligidan Mitannining yordamiga tayanishga majbur bo‘lgan. Amenxotep III (mil.avv. 1402–1365-yillar) zamonida ahvol yanada yomonlashgan. Bu vaqtda Misr Suriyadagi mulklarini himoya qilish uchun yetarli harbiy kuchga ega bo‘lmadi. Suriya shaharlari zaifl ashib qolgan Misr zulmidan qutilish uchun ittifoq tuzdilar. Bu ittifoqni esa xettlar qisman qo‘llab-quvvatlaganlar. Bu ittifoqning boshida turgan Suriya hokimi Aziru Suriyani Misr ta’sirining qolgan-qutganlaridan ham ozod qilish uchun qattiq kurash olib borgan. Suriya va Finikiyaning Misrga sodiq bo‘lgan ko‘p shaharlari xettlar va Aziru qo‘shinlarining hujumlaridan o‘zlarini arang himoya qilib turganlar. Bu shaharlarning ba’zilari Misr fir’avnidan yordam so‘raganlar. Mashhur Amenxotep IV Exnaton (mil.avv. 1365–1348-yillar) davrida Misrning tashqi siyosiy ahvoli yomonlashadi. Mitanni Janubiy Suriyaning katta qismini bosib oladi. Osiyoda yana bir raqib Xett davlati urushga tayyorlana boshladi. Exnatonning kuyovlari Semnexkar (mil.avv. 1348–1347-yillar), Tutanxamon («otasining ti rik qiyofasi» mil.avv. 1347–1338-yillar)lar davrida ahvol o‘zgarmadi. Tutanxamon 10 yoshidan fir’avn taxtiga o‘tiradi. Uning vafotidan so‘ng, Mitannidan tashqari, yana bir raqib Xett davlati paydo bo‘ldi. Tutanxamon 20 yoshga yetmay, mil.avv. 1338-yilda vafot etdi. Uning bevasi Anxesenpaamon taxtni o‘z qo‘lida saqlab qolish uchun Xett podshosi Suppilulium I ning o‘g‘illaridan biri Sannansaga turmushga chiqishga rozi bo‘ldi. Xett shahzodasi Misrga keldi, lekin misrlik zodagonlar uni o‘ldirdilar. Anxesenpaamon Atonning oliy kohini Eyega turmushga chiqishga majbur bo‘ldi. Eye (mil.avv. 1338–1334-yillar) XVIII sulolaning so‘nggi fir’avni bo‘ldi. Xett podshosi o‘g‘lining o‘limi uchun qasos olish maqsadida Misrga qarshi yurish qilib, misrliklarni Osiyodan to‘la haydab chiqardi. Misr qo‘shinlarining qo‘mondoni Xoremxeb Eyeni taxtdan ag‘darib (mil.avv. 1334–1306-yillar), keyingi fir’avn bo‘ldi. Uning vorisi, XIX sulolaning birinchi fir’avni, keksa oliy mansabdor Ramzes I nomi bilan (mil. avv. 1306–1304-yillar) taxtga chiqdi. Ramzes I ning o‘g‘li Seti I (mil.avv. 1304–1290-yillar) Xett podshosi Muvatalli bilan urush olib borib, Falastin, Finikiya va Janubiy-markaziy Suriyani bosib oldi. U Oront daryosi vodiysidagi Kadesh yaqinida xettlarni tor-mor qildi. Seti I Liviya va Nubiyada urush olib borib, o‘ta shafqatsizlik bilan harakat qildi: Karnak ibodatxonasida u asirlarni xudo Amonga bir necha marta qurbonlik kel’tirayotgan holatda tasvirlangan. Seti I ning o‘g‘li Ramzes II (mil. avv. 1290–1224-yillar) davrida Exnatondan Eyegacha bo‘lgan fir’avnlar fir’avnlarning sulolaviy ro‘yxatidan o‘chirib tashlandi. Ramzes II ibodatxonalar boyliklarini o‘z qo‘liga olib, xettlar bilan uzoq davom etgan urush harakatlarini olib bordi. Kadesh yonidagi jangda (mil.avv. 1274-yil) xettlarga kuchli zarba berdi. Mil.avv. 1280 yoki 1270-yillar atrofida Xett podshosi Xattusili III tashabbusi bilan Misr va Xett podsholigi o‘rtasida tinchlik shartnomasi tuziladi. Misr qo‘l ostida Falastin, Finikiyaning katta qismi va Janubiy Suriyaning ozroq qismi qoldi. Bu mamlakatlarning shimolidagi barcha hududlar xettlarning mulki hisoblandi. Tinchlik shartnomasi bilan birga, o‘zaro yordam berish majburiyatiga asos langan ittifoq shartnomasi tuzildi. Ramzes II Xattusilining qizlaridan biriga uylandi.


Download 188.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling