104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr


Download 188.27 Kb.
bet53/88
Sana09.01.2022
Hajmi188.27 Kb.
#263284
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   88
Bog'liq
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)

52. QADIMGI MISR MADANIYATI. Azim Nil daiyosining quyi qismida joylashgan Qadimgi Misr kishilik madaniyatining eng ko'hna, eng qadimgi markazlaridan biri hisoblanadi. Misr madaniyati m. 4000-5000 yil muqaddam vujudga kelgan va bir necha tarixiy davrlarni boshidan kechirib, taraqqiy etib borgan. Madaniyat ko'pqirrali tushuncha bo'lib, u bir-biri bilan bog'langan ikki tarkibiy qismdan iboratdir. Ularning biri moddiy madaniyat bo‘Isa, ikkinchisi ma’naviy madaniy atdir. Moddiy madaniyat deganda ajdodlarimizning aqli-zakovati, qo'l mehnati bilan yaratilgan turar joy lari, me’moriy binolari, ust-bosh, kiyim- kechaklari, iste’mol qiladigan taomlari, uy-ro‘zg‘or anjomlari, xul- las odamlarning kundalik ehtiyoji uchun lcerak bo'ladigan buyumlar majmuasi tushuniladi. Kishilikning ma’naviy madaniyati esa moddiy madaniyat bilan uzviy, chambarchas bog'liq bo'lib. u ham ko'p qirralidir. Ma’naviy madaniyat tarkibiga axloq. odob, yurish-turish, kishilar bilan muo- mala, til, tafakkur. xalq og'zaki ijodiyotining hamma turlari, yozuv, yozma adabiyot, raqs, qo'shiq, musiqa, rassomchilik, haykaltarosh- lik, yer bilimi, amaliy saivat buyumlari, ilm-fan, huquq, din, diniy tushunchalar va boshqa nai'salar kiradi. Qadimgi misrliklar madaniyatning har ikki tarmog'i bo'yicha ham kattadan-katta yutuqlarga erishganlar. Qadimgi Misr madaniyatining ildizlari 4-5 mingyillik emas, balki, bir necha o'n ming yilliklarga borib taqaladi. Misrning qulay geografik muhiti hudud aholisining moddiy va ma'naviy madaniyati hamda texnikaning juda barvaqt taraqqiy etishiga asos boiib xizmat qilgan. Misrning jazirama issiq ob-havo- si, Nil vohasida suniy sug'orish inshootlariga boigan benihoya zo'r ehtiyoj juda qadim zamonlardayoq kanallar, to'g'onlar. dambalar va dastlabki vaqtlarda oddiy pitang bilan ko'tariladigan bosmalar, keyinchalik esa eharxpalaklar, shoduf, nova va boshqa sug'orish texni- kasining murakkab tizimini kashf etishga majbur qilgan. Shuni ta’kidlab o'tish joizki, qadimdan boshlab Misrda toshta- roshlik g'oyat ravnaq topib, toshdan ajoyib ibodatxonalar, saroylar, piramida-ehromlar va turli me’moriy obidalar yasaganlar. Qadim zamonlardanoq misrlik hunarmandlar fil suyagi, oltin. mis, kumush va qimmatbaho toshlardan ajoyib, nafis ziynat buyumlari yasashda katta yutuqlarga erishgan. Misrda yer yuzining boshqa joy lari ga qaraganda yozuv va yozma adabiyot ancha ilgari paydo bo'lgan va rivojlana borgan. Yozuv paydo boiishi munosabati bilan maktab va ma'orif ham asta-sekin shakllana borib, rivoj topgan. Mamlakatda astronomiya, matemati- ka, tabobat, geografiya, veterinariya va boshqa ilmiy bilimlarning kurtaklari shakllanib ravnaq topgan. Ko'pgina misrshunos olimlar, xususan V.I. Avdiyevning yozishi- cha, “Misr madaniyati qadimgi Sharqdagi turgim madaniyatning timsoli sifatida juda sekinlik bilan rivojlana borgan. Misr madaniyatining turg'unligi, to‘g‘risi, juda sekin taraqqiy qilishiga Nil vodiysining geografik jihatdan boshqa olamdan ajralib qolganligi. hanida u yerda ibtidoiy jamoa tuzumi qoldiqlarinig uzoq saqlanib qolganligidir”. Biroq keyinchalik birinehi, ikkinchi mehnat taq- simotining bo'lishi hamda savdo-sotiqning rivojlana borishi oqi- batida xususiy mulk va mulkiy tengsizlik qadimgi urug'doshlik jamiyatini yemirib, tabaqaviy quldorlik jamiyati va eng qadimgi mustabid davlatlarning vujudga kelishiga sabab bo'lgan. Urushlar va tashqi savdo misrliklarning qo'shni mamlakatlar bilan tanishish va aloqa bog'lashiga imkoniyat yaratgan. Shu mu- nosabat bilan misrliklar O'rtayer dengizining sharqiy viloyatlari va Mesopotamiya aholisi madaniyatidan juda ko'p narsalar oiganib, o'z o'rnida bu xalqlar madaniyatining rivojiga ijobiy ta’sir koisat- gan. Bunga Misrning geografik o'rni ya’ni 3 qit'a - Afrika. Osiyo va Yevropa chegaralari tutashgan yerda joylashganligi ham birinchi yordam bergan. Shuningdek fir’avnlar, arkoni davlat, qo'shin, ruhoniylar va ko'p sonli Misr aholisini oziq-ovqat bilan ta’minlash- ning asosiy manbayi hisoblangan yer bilimi va u bilan bog'langan ziroatchilik misrliklar madaniyati rivojining eng muhim omillari oigan. Qadimgi Misr murakkab davlat tizimiga va keng miqyosli xo'jalikka ega mamlakat bo'lgan. Misr davlati va xo‘jaligini boshqarish uchun xat-savodli. bilim- don kishilar zarur boigan. Shu tufayli Misr fir’avnlari va a’yon- lari xat-savodli va bilimdon xodimlar tayyorlashga alohida ahamiyat berganlar. Misrda talabalami o'qitish va taiim-tarbiya berish maskani maktablar edi. Mamlakatning hamma shaharlari va yirik qishloqlarida maktablar bor edi. Maktablarda fir'avnlar. a’yonlar, amaldorlar, ruhoniylarning bolalari va o'qishga havasi bo'lgan kishilarning farzandlari ham o'qiganlar. Qadimgi Misr adabiyoti bundan V1-VI1 mingyil muqaddam vujudga kelgan. O'lta podsholik davridavoq adabiyot juda yuksak darajaga ko'tarilgan. Qadimgi misrliklar juda ko'p xalq maqollari, matallari, ertak, afsona, doston va qo'shiqlar yaratganlar. Xalq og'zaki ijodiyotida dehqon, cho'pon, savdogar, hammol, amaldor, ruhoniy va hatto Misr fir’avnla- rining turmush tarz- lari sodda tilda bayon etilgan. Me’morchilik, haykaltaroshlik, rassomchilik, musiqa, qo’shiq va xalq o'yinlari Qadimgi Misr san’atining ajoyib namunalari hisoblanadi. San’at- ning bu turlari Misrda juda qadim zamondan boshlab shakllangan va rivoj topgan edi. Misr fir’avnlari va yuqori tabaqaga mansub a’yonlar m e’morchilikka katta e’tibor berganlar. Yuqori Nilning ikki SOhilidagi tog'larda me'morchilikda ishlatiladigan turli toshlar ko’p bo'lgan. Fir’avnlar, a’yonlar, nomarxar va ruhoniylarga qarashli saroylar. ibodatxonalar, maqbaralar, ehromlar va boshqa ma’muriy binolar ana shu toshlardan qurilgan edi. Tosh konlarida yuz ming- lab qullar va asirlar ishlatilgan. Misrga xos me’moriy obidalardan biri piramidalar - Misr ehromlaridir. Bu jihatdan Sakkaradagi Jos- er, Gizadagi fir'avn Xeops ehromlari, boshi odam, tanasi shersurat qilib ishlangan Sfinks va boshqalar o'zlarining salobati, ulug'vorli- gi bilan hozirgacha kishilarni hayratga solib keladi. Qadimgi Misr xalqlari ham din va diniy e'tiqodlarining xilma-xil ko‘rinishlarini o'z turmush tarzlarida namoyon etganlar. Misrliklar e’tiqod qiladigan xudolarning ko'pligi bilan butun Sharq dunyosida dastlabki o'rinlarda turadi. Manbalarda keltirilishieha, “Misr - ming xudolar mamlakati” deb tilga olinadi. Qadimgi Misrda ibtidoiy din shakllaridan fetishizm, totemizm, animizm, quyoshparastlik, podshoni ilohiylashtirish, har xil tabiat hodisalariga va Misr podsholari - fir’avnlarga sig'inish mavjud bo'lgan hamda keng tarqalgan edi. Xrsitianlik dini tarqalgungacha bo'lgan davrda Misrda yaratil- gan diniy matnlar va vodgorliklar uning taraqqiyotini urug'chilik jamoasi yemirilgan vaqtdan boshlab kuzatishga imkon beradi. Misrliklar ijtimoiy tuzumining va umiiman butun tmadaniyatning sekin rivojlanganligi dinning ibtidoiy shakllari sarqitlarining juda uzoq davr mobaynida saqlanib qolishi uchun zamin bo'lib xizmat qilgan. Bunga Misr tarixining hamma davrlarida buyumlarga va hayvon- larga e'tiqod qilishning keng tarqalganligi ham sabab boigan


Download 188.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling