104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr
O`RTA BOBIL DAVRI MAMURIY BOSHQARUVI
Download 188.27 Kb.
|
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)
55. O`RTA BOBIL DAVRI MAMURIY BOSHQARUVI. Kassitlar davri shaharlarning o‘z-o‘zini boshqaruvi va xususiy mulkchilikning kuchaygan davri bo‘lgan. Bobil, Nippur va Sippar shaharlari ma’lum mustaqillikka ega bo‘lgan. Frot daryosi ning o‘ng qirg‘og‘idagi Sippar shahri yirik savdo-hunarmandchilik markazi bo‘lib, o‘z-o‘zini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan shahar umumdavlat soliq va majburiyatlardan ozoq qilingan. Shamash ibodatxonasi bosh kohinni boshchiligida oqsoqollar kengashi boshqargan. Ular soliq va majburiyatlardan to‘la ozod qilingan. Bu shaharlar o‘zlarining alohida qo‘shinlariga ega bo‘lgan. Shaharlar doimo o‘z hududlarida savdo va hunarmandchilikni rivojlantirdilar. Natijada mamlakat iqtisodiyoti gullab-yashnadi. Savdo-hunarmandchilikning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoit yaratildi Qadimgi Bobil davlati mutlaq bo’lgan. Davlat boshida podsho turgan, u diniy qonunchilik, sud va ijroiya hokimiyatiga ega bo’lgan. Podsho yer zahirasi bepoyon bo’lgan, bu yerlar ijaraga va xizmati uchun berilgan. Xammurapi vafotidan so'ng Qadimgi Bobil podsholigi asta-sekin kuch- sizlanadi. Bobil atrofidagi katta-kichik davlatlar podsho! ikda sodir bo'layotgan siyosiy voqealarni sinchkovlik bilan kuzatib turardilar.Mamlakat janubi-sharqidagi Elam podshosi Rim-Sin Bobilning zaiflashib borayotganligidan foydalanib janubiy Mesopotamiyaga bostirib kirib Shumerning bir qismini bobilliklardan tortib oladi. Ammo Samsuiluna (m.av. 1749- 1712) boshliq Bobil qo'shinlari Rim-Sin qo'shinlarini jangda tor-mor etgan va elamliklami janubiy Mesopotamiyadan haydab chiqargan. Jangda mag'lubiyatga uchra- gan Rim-Sin Elamga chekinib o'z saroyidagi yong'in vaqtida halok bo'lgan. Samsuiluna elamliklarni mag'lub etib bo'lgach. Ur va Uruk shaharlarning mudofaa devorlarini buzdirib Shumemi Bobil pod- sholigiga qaytadan qo'shib olgan. Ammo bu vaqtlarda Bobilga qarshi Isin shohi Uumanlu va shahar hokimlari bosh ko'taradilar. Ilumanlu janubda mustaqil podsholik tuzib, Bobilga qarshi qattiq kurash olib borib, Shumer podsholigining dengiz bo'yi yangi sulolasiga asos solgan. Bu ham yetmaganidek sharq tomondan Bobilga Zagros tog'lari orasida yashovchi ko'chmanchi kassit qabilalari ko'pdan beri bo- billiklarga ko'z olaytirib kelar edilar. Xammurapi va uning vorislari 155-yil davomida kassitlarga qarshi kurash olib borganlar. Samsuiluna davrida Bobilga shimoli-g'arbdan xett qo'shinlari bostirib kirganlar. Samsuiluna xettlarning qarshiligini qaytarishga muvaffaq boigan. M.av. 1742-yilda kassitlar sardori Gandash Bobilga bostirib kirib "O'zini to'rt iqlim podshosi” deb eion qilgan. U Shumer, Akkad va Bobil hukmdori sifatida kassitlar sulolasiga asos solgan. M.av. XVI asr boshlaridan boshlab mamlakatda kassitlar sulolasi- ning hukmronligi boshlanib, u Bobil podsholigining o'rta davri deb atalgan. Kassit sulolasi podsholari m.av. 1155-yilgacha Bobilda hukmronlik qilganlar. Kassitlar davrida ot va ho'kizlar kuchidan harbiy va har turli xo'jalik maqsadlarida foydalanganlar. Kassitlar madaniyat jihatdan Mesopotamiyaliklarga nisbatan juda tuban boiganlar. Ular Bobilni bosib olgach, bobilliklarning madaniyatini qabul qilganlar. Kassit podsholaridan Agum II m. av. XVI asrda podsholik qilgan. U ham o'zini “Toit iqlim podshosi” deb e'lon qilgan. Agum II davrida O'rta Bobil podsholigi kuchayadi. Agum II va uning vorislari Qadimgi Bobil podsholigining istilochilik sivosatini davom ettirib. butun Shumer- ni o‘zlariga itoat ettirib, so'ng dengiz bo'yi sulolasining hukmron- ligiga barham berganlar. Agum II davrida Bobil kuchayib, uning qo'shinlari Yuqori Frot mamlakatlarini istilo qilgan. Shimoli-g'arb- da esa, Suriya Mesopotamiya dashtining bir qismini ham O'rta Bobil podsholigiga bo'ysundirganlar. Agum II o'z yozuvlarida Xanaan mamlakatidan xudo Mar- duk va uning xotini Sarpanitning haykallarini keltirganligini. bu haykallarni zarbof kiyimlar, qimmatbaho narsalar va dabdabali toshlar bilan bezaganligini hamda bu xudo haykallarini Bobildagi Esagil ibodatxonasiga qaytadan o'rnatganligini faxr bilan gapirgan. Agum II o'zini "Kashshu va Akkad podshosi, keng Bobil mam- lakatining podshosi, Guti mamlakatining podshosi” deb atagan. Bu kassitlar podshosining hokimiyati Dajla daryosining sharq tomoni- dagi viloyatlarga ham yoyilganligini koisatadi. Gandash va Agum II davrida O'rta Bobil podsholigi kuchaygan bo'lsa ham, m.av. XIV-XIII asrlarda hukmronlik qilgan ularning vorislari davrida bu davlat asta-sekin kuchsizlana borgan. M.av. XIV asming oxiri XIII asrning boshlaridan Yuqori Meso- potamiyadagi Ossuriya davlati kuchayib, kassit qo'shinlariga bir necha bor zarba bergan. Shimoli-g‘arbdan xettlar, sharq va janu- bi-sharqdan elam qabilalari O'rta Bobil podsholigi verlariga hujum boshlagan. Ayni paytda kassitlarga qaram boigan mamlakatlarda mustaqillik, ozodlik uchun kurash va qo'zg'olonlar boshiangan. Shunday qilib XII asrning o'rtalariga joylardagi qo'zg'olonlar, toju-taxt uchun olib borilgan o'zaro kurashlar, nizolar Xett. Ossuriya va Elam podsholarining birin-ketin olib borgan urushlari nati- jasida kassitlarning Mesopotamiyadagi hukmronligi zaiflashib, m. av. 1155-yilda kassitlar sulolasiga asoslangan O'rta Bobil podsholigi barham topdi. Ular o'z o'rinlarini Nabopalasar boshliq Yangi Bobil podsholigiga bo'shatib berdilar.
Download 188.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling