104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr
Download 188.27 Kb.
|
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)
56. O`RTA BOBIL DAVRIDA MESOPATAMIYA. Mil.avv. 1595-yildan Bobilda kassit sulolasining hukmronligi boshlanib, 1155-yilgacha davom etdi. Bu davr «O‘rta Bobil davri» deb ataladi. Kassitlar Bobilning yuksak madaniyatini qabul qildilar. Kassit sulolasi faol tashqi siyosat yurita olmadi. Bu davrning qudratli davlatlari Misr, Mitanni, Xettlar podsholigi Old Osiyoda yetakchilik uchun raqobat qildilar, Kassit Bobili iqtisodiy-harbiy jihatdan zaif bo‘lib, ular bilan tenglasha olmas edi. O‘sha davr misr yozuvlari Kassit Bobilining Misr qudratini tan olgani va uning hukmdorlariga sovg‘a-salomlar yuborgani to‘g‘risida ma’lumot beradi. Buria-Buriash davrida (mil.avv. XV asr oxiri) Misrning vaqtincha zaiflashuvi natijasida Bobil Misrga qarshi Mitanni bilan hamkorlik qildi. Natijada Misr Mitanni bilan tinchlik aloqalarini o‘rnatishga majbur bo‘ldi. Bobil Mitanni davlatining Sharqiy O‘rtayer dengizi qirg‘oqlari hududlariga nisbatan da’vosini qo‘llab-quvvatladi. Kassitlar sulolasi tashqi siyosatda murosachilik siyosatini olib bordi va o‘zining hukmronligini mustahkamlash uchun vaqti-vaqti bilan qo‘shni davlatlar bilan ittifoq tuzdi. Kassitlar Misrga qarshi xettlarni qo‘llab-quvvatladilar. Xettlar podshosiga Buria-Buriash II ning qizi turmushga uzatilib, sulolaviy nikoh bilan davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar mustahkamlanadi. Kassit hukmdorlari mil.avv. XIII asrda xettlar bilan ittifoqlikda osuriyaliklarga qarshi urush olib bordi. Mil.avv. XII asr boshlarida kassit Bobili qulay xalqaro vaziyatdan foydalanib, vaqtinchalik Osuriyani o‘ziga qaram qildi. Kassit sulolasining hokimiyati kuchsiz bo‘lib, markaziy davlat hokimiyatining joylarga ta’siri zaif edi. Mamlakat ichida davlat yerlarini oqsuyak-zodagonlarga muntazam tarqatilishi, ularga soliq tushumlarini berilishi xazinani bo‘shab qolishiga va podsho obro‘-e’tiborining tushib ketishiga sabab bo‘ldi. Kassitlar davri shaharlarning o‘z-o‘zini boshqaruvi va xususiy mulkchilikning kuchaygan davri bo‘lgan. Bobil, Nippur va Sippar shaharlari ma’lum mustaqillikka ega bo‘lgan. Frot daryosi ning o‘ng qirg‘og‘idagi Sippar shahri yirik savdo-hunarmandchilik markazi bo‘lib, o‘z-o‘zini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan shahar umumdavlat soliq va majburiyatlardan ozoq qilingan. Shamash ibodatxonasi bosh kohinni boshchiligida oqsoqollar kengashi boshqargan. Ular soliq va majburiyatlardan to‘la ozod qilingan. Bu shaharlar o‘zlarining alohida qo‘shinlariga ega bo‘lgan. Shaharlar doimo o‘z hududlarida savdo va hunarmandchilikni rivojlantirdilar. Natijada mamlakat iqtisodiyoti gullab-yashnadi. Savdo-hunarmandchilikning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoit yaratildi. Qishloq xo‘jaligida natural holat kuchayib, tovar ishlabchiqa rish kamaydi. Yirik yer egaligi mustahkamlana boshladi. Zodagonlar ko‘p hollarda soliq to‘lovlaridan podsho farmonlari bilan ozod bo‘la boshladi. Bunday farmonlar «qudurru» (Yer egalarining soliq va ma’muriy immunitetlari to‘g‘risidagi farmon) chegara toshlarida yozib qo‘yila boshlanadi. Gandash va Agum II davrida O'rta Bobil podsholigi kuchaygan bo'lsa ham, m.av. XIV-XIII asrlarda hukmronlik qilgan ularning vorislari davrida bu davlat asta-sekin kuchsizlana borgan. M.av. XIV asming oxiri XIII asrning boshlaridan Yuqori Meso- potamiyadagi Ossuriya davlati kuchayib, kassit qo'shinlariga bir necha bor zarba bergan. Shimoli-g‘arbdan xettlar, sharq va janu- bi-sharqdan elam qabilalari O'rta Bobil podsholigi verlariga hujum boshlagan. Ayni paytda kassitlarga qaram boigan mamlakatlarda mustaqillik, ozodlik uchun kurash va qo'zg'olonlar boshiangan. Shunday qilib XII asrning o'rtalariga joylardagi qo'zg'olonlar, toju-taxt uchun olib borilgan o'zaro kurashlar, nizolar Xett. Ossuriya va Elam podsholarining birin-ketin olib borgan urushlari nati- jasida kassitlarning Mesopotamiyadagi hukmronligi zaiflashib, m. av. 1155-yilda kassitlar sulolasiga asoslangan O'rta Bobil podsholigi barham topdi. Ular o'z o'rinlarini Nabopalasar boshliq Yangi Bobil podsholigiga bo'shatib berdilar.Mesopotamiyaga kelgan kassitlar mahalliy aholi bilan aralashib ketadi. Kassitlar hukmronlik qilgan O'rta Bobil podsholigi davrida Mesopotamiyada dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq me’yorida rivoj topgan. Kassitlar Mesopotamiya xalqlari madaniyatidan unumli foydalanganlar.
Download 188.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling