104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr


YANGI BOBIL PODSHOLIGI TARIXSHUNOSLIGI


Download 188.27 Kb.
bet60/88
Sana09.01.2022
Hajmi188.27 Kb.
#263284
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   88
Bog'liq
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)

59. YANGI BOBIL PODSHOLIGI TARIXSHUNOSLIGI. M. av. XIII asr oxirlarida Bobilda iqtisodiy va siyosiy tushkunlik yuz bera boshladi. Bu vaziyatdan Bobilning dushmanlari Ossuriya va Elam foydalanib qolishga harakat qiladilar. Bobil uchun janu- bi-sharqdan bo'ladigan elamliklaming hujum qilish xavfi bor edi. Darhaqiqat m. av. XII asrda Bobil Elam qo'shinlari tomonidan bu- tunlay bosib olindi. Bobil shaharlari, qishloqlari va ibodatxonalari elamit qo'shinlari tomonidan talanib. so'nggi kassit podshosi Enlil -nadin-axxe o'zining arkoni davlati bilan elamliklarga asir tushadi. Bu voqea m. av. Ill7-yilda sodir bo'lgan edi. Bobilliklarning bosh xudosi bo'lgan Marduk haykali ham Elamga olib ketiladi. Shu tariqa kassitlarning Bobildagi olti asr- lik hukmronligi barham topadi. Elamliklar Bobilga o'z kishilari- dan birini hokim qilib tayinlaydilar, o'zlari esa Diyala va Zagros tog'lari orqasidagi yerlarni bosib oladilar. Elamliklarni mamlakat- dan haydab chiqarish uchun harakat boshlaydilar. Bu kurashda Bobil g'arbidagi Isin shahri hukmdori boshchilik qilib, tashabbusni o'z qo'liga oladi. shundan boshlab Bobil asta-sekin kuchaya bora- di. Ayniqsa m.av. 1126—1105-yillarda podsholik qilgan Navuxo- donosor I (Nabukudurriuqur) davrida Bobil podsholigi gullab yashnaydi. Dyer qaiasi yaqinidagi qirg'in-barot jangida bobilliklar elamliklar ustidan porloq g'alaba qozonib. Elamga bostirib kiradi- lar. Bobil qo'shinlarining zarbalari natijasida Elam qo'shinlari tor- mor etilib, mamlakat uch yuz vilgacha o'z mustaqilligini tiklay ol- may, Bobilga qaram bo'lib qoladi. M.av. 821-yilgacha bo'lgan davr orasida elamliklar to'g'risida hech qanday maiumot uchramaydi. M.av. XI asr o'rtalarida Frot daryosidan g'arbda yashovchi yarim ko'chmanchi aramey qabilalari kuchayib, Bobil va Ossuriya ustiga bostirib kiradilar. M. av. VIII asr oxirlarida aramey qabilalari Bobilning shimoliy va g'arbiy hududlarini bosib olib, u yerda o'mashib qoladi. M.av. IX asrdan boshlab bir necha asr mobaynida aramey tili- ning bir shevasida so'zlashuvchi xaldeylar (kaldu) Bobil tarixida muhim o'rin tutadilar. Xaldeylar haqidagi dastlabki ma’lumot m. av. 878-yilda Ossuriya podshosi Ashsluirnatsirpal II ning solnomalarida uchraydi. Xaldeylar Fors qo'ltig'i sohilidagi botqoqlik va ко'liar sohilida, Dajla va Frot daryosining quyi qismlarida yashar edilar. Xaldeylar olti qabiladan iborat bo'lib, ularning ko'pchiligi Barsippa shahri- dan janubdagi Bit-Dakkuri, ulardan janubroqda Bit-Amukkani hududlarida yashar edilar. Xaldeylarning yana bir kuchli qabilasi Bit-Yaqin Dajla daryosining etaklaridagi Elamga chegaradosh yerlarda boigan joylarda o‘rnashgan edilar. M.av. IX asrda Xaldeylar Bobilning janubidagi yerlarni egallaydi. Ular asta-sekin shimol tomon siljib, ayni paytda bobilliklar- ning madaniyati va dinini qabul qiladilar. Hamma xaldey qabilalari yarim ko'chmanchi boiib, dengiz sohillarida baliqchilik bilan hayot kechirganlar. Ular sardorlari rahbarligida urug'-urug' boiib, o'z mustaqilliklarini saqlagan holda yashaganlar. Bobil qo'shinlari piyoda, otliq, jangchilar va ot qo'shilgan jangovar aravalardan tashkil topgan edi. M.av. XIl-XI asrlarda bobilliklar olib borgan urushlarda ot qo'shilgan jang aravalarining o'rni juda katta edi. Xususan, Navoxodonosor I o'zining qo'shni mamlakatlar bilan olib borgan urushlarida jang aravalaridan keng, mohirona foydalanib porloq g'alabalarga erishgan Mil.avv. XII asrda kassitlar Bobiliga qo‘shni Elam davlati halokatli zarba berdi. Elam bir necha urushlardan so‘ng mil.avv. 1150-yillar atrofida kassitlar sulolasi hukmronligini tugatdi. Lekin biroz vaqt o‘tib, Navuxodonosor I (mil.avv. 1124–1108-yillar) 2-Issin sulolasi davrida elamliklar Bobildan haydab yuborildi. Elamga Novuxodonosor Osuriya va Elam chegarasidagi der qabilasi yonida shunday zarba berdiki, Elam haqida uch asr (mil.avv. 821- yilgacha) biror-bir matn xabar bermaydi. Elam ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng Navuxodonosor butun Mesopotamiya ustidan hukmronlik qilishga harakat qildi. Navuxodonosor va uning vorislari «Bobil podshosi Shumer va Akkad podshosi to‘rt iqlim podshosi» unvonini oldilar. Poytaxt Issindan Bobilga ko‘chirildi. Bobilning keyingi tarixida Dajla, Frot daryolari, Fors qo‘ltig‘i qirg‘og‘i va Janubiy Mesopotamiyaning shaharlari oralig‘ida joylashgan xaldey qabilalari muhim o‘rinni egalladilar. Ular yarim ko‘chmanchi chorvador va dehqonlar bo‘lgan. Xaldeylar mil.avv. IX asrda Bobilning janubiy qismini bosib oldilar va Bobil madaniyatini qabul qildilar. Bobilning oliy xudosi Mardukka sig‘ina boshladilar. Mil.avv. 729-yilda Bobilni Osuriya bosib oldi. Osuriyaliklar Bobilda mil.avv. VII asrgacha hukmronlik qildilar. Yangi Bobil podsholigining paydo bo‘lishi mil.avv. 629-yilga to‘g‘ri keladi. Lashkarboshi Nabopalasar Bobilda yangi xaldey sulolasiga asos soldi. Navuxudo nosor II ning hukmronlik yillari Bobilning gullab-yashnagan (mil.avv. 605–562-yillar) davri bo‘ldi. Bobil ulkan, ulug‘vor jamoat inshootlari bunyod qilingan, aholisi gavjum bo‘lgan qadimgi Sharqning eng yirik shahariga aylandi. Shahar Frot daryosining ikki qirg‘ogida joylashgan bo‘lib, uzunligi 123 metr, kengligi 5-6 metr bo‘lgan ko‘prik bilan birlashtirilgan. Shahar uch qator devor bilan o‘ralib, uning aylanasi 8 km ni tashkil qilgan va 100 ta bronza darvozadan shaharga kirilgan. Shaharda ulkan podsho saroyi, sun’iy tepalikda Bobilning muqaddas ibodatxonasi Esa gila joylashgan. Ibodat xonaning har bir tomoni uzunligi 400 metrni tashkil qilgan. Undan janubda balandligi 91 metr bo‘lgan yetti qavatli Etemenanki («osmon va yer markazidagi ibodatxona») deb atalgan zikkurat – ibodatxona bunyod qilingan. Katta diniy marosim uchun tantanali yurishlar yo‘li qurilib, uning g‘isht devorlari afsonaviy hayvonlar tasvirlangan rangli sirkor sopollar bilan qoplangan. Eng mashhur inshootlaridan biri bo‘lgan ma’buda Ishtar darvozasi nemis arxeologlari tomonidan qazib ochilgan. Bundan tashqari, afsonaviy Semiramida osma bog‘lari qurilgan. U qadimgi dunyoning yetti mo‘jizasidan biri hisoblangan. Bizgacha mil.avv. VII–VI asrlarga oid Bobil tarixi bo‘yicha ma’muriy matnlar, yozuvlar, podsho farmonlari va farmoyishlari yetib kelgan. Bobil to‘g‘risida ayrim antik mualliflar ma’lumotlari ham mavjud. Mil.avv. 562-yilda Navuxodonosor II vafot qilgandan so‘ng, Bobil zodagonlari va kohinlari davlat siyosatiga faol aralasha boshladilar va o‘zlariga yoqmagan podsholarni almashtirar edilar. Keyingi o‘n ikki yil ichida to‘rt hukmdor almashdi. Mil.avv. 556-yilda kelib chiqishi oromiy bo‘lgan Nabonid taxtni egalladi. Ungacha o‘tgan Yangi Bobil podsholari xaldey qabilasidan edi. Nabonid diniy islohot o‘tkazdi. Oliy Bobil xudosi Marduk e’tiqodi o‘rniga Oy xudosi Sinaga e’tiqod qilishni birinchi o‘ringa qo‘ydi. Bu bilan u ko‘rinishidan xudo Sinaga e’tiqod qiladigan ko‘p sonli oromiy qabilalarini o‘z atrofiga birlashtirib, o‘zining qudratli hokimiyatini mustahkamlashga harakat qiladi. Lekin Nabonidning diniy islohoti Bobil, Borsippa va Urukdagi nufuzli qadimgi ibodatxonalar kohinlari bilan ziddiyatga olib keldi. Mil.avv. 553-yilda Midiya va Fors o‘rtasida urush boshlandi. Midiya podshosi Astiag Xarran shahridan o‘z harbiy qismini cha qirib oldi. Bundan foydalangan Nabonid o‘sha yil bu shaharni bosib oldi va mil.avv. 609-yilda osuriyaliklar bilan urush da buzib tashlangan xudo Sinaning ibodatxonasini qayta tiklashga farmon berdi. Nabonid Markaziy Arabistonning shimoliy qismidagi Teyma viloyatini bo‘ysundirdi va Teyma vo diy si orqali sahro bo‘yicha Misrga boradigan savdo yo‘llarida o‘z nazoratini o‘rnatdi. Bu yo‘l Bobil uchun juda katta ahamiyatga ega edi. Chunki mil.avv. VI asr o‘rtalariga kelib Frot daryosi o‘z oqimini o‘zgartirdi. Natijada Fors qo‘ltig‘i gavanlari orqali Ur shahri bilan dengiz savdosini olib borish mumkin bo‘lmay qoldi. Nabonid o‘z qarorgohini Teymaga ko‘chirib, Bobilni boshqarishni o‘z o‘g‘li Belshar Utsuraga topshirdi.


Download 188.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling