104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr


QADIMGI XETT DAVLATI YUZAGA KELISHI SHART SHAROITLARI


Download 188.27 Kb.
bet62/88
Sana09.01.2022
Hajmi188.27 Kb.
#263284
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   88
Bog'liq
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)

61. QADIMGI XETT DAVLATI YUZAGA KELISHI SHART SHAROITLARI. Mil.avv. XX– XVIII asrlarda Kichik Osiyoning sharqida ashshur shahri savdogarlari bir necha savdo koloniyalarini barpo qiladilar. Bu savdo koloniyalari orqali xalqaro savdo olib boriladi. Eng avvalo, metallar va yuqori sifatli gazlamalar savdosi amalga oshiriladi. Bu davrda Sharqiy Kichik Osiyoda xett qabilalari boshqa mahalliy tub joy aholini assimilatsiya qiladilar. Mil.avv. II ming yillik boshlarida Kichik Osiyoda Nesa (Kanes), Burusxan, Kussar va Xattusi kabi shahar-davlatlar vujudga kela boshlaydi. Kichik Osiyoning bu shahar-davlatlarning ilk birlashuvi natijasida mil.avv. XVIII asrning birinchi yarmida xettlar davlati tashkil topdi. Qussar davlati hokimi Pitxan Nesa shahrini bosib oldi. Pitxanning vorisi Anita o‘z qarorgohini Nesa shahriga ko‘chirdi. Tez orada Salpa, Xattusi va Burusxanx bosib olindi. Anita Nesa shahrini markaz qilib, Qora dengizdan Kichik Osiyodagi Tuz ko‘ligacha bo‘lgan hududlarni egallab, xettlar davlatini barpo qiladi. Bu davr tarixchilar tomonidan Qadimgi Xett davri (mil.avv. XVIII–XVII asrlar) deb ataldi. Qadimgi Xettlar davlatida urug‘ tuzumi qoldiqlari hali kuchli bo‘lgan. Xett podsholari o‘z hokimiyatlarini xalq kengashlariga taya nib amalga oshirganlar. Qurol ko‘tarishga qobiliyatli bo‘lgan barcha erkaklar podsho chiqaradigan «pankus» deb ataladigan yig‘ilishda muntazam ishtirok etganlar. Zodagonlar davlat boshqaruvida faol qatnashib, o‘zlarining kuchli tayanchi bo‘lgan zodagonlar kengashi (tuliya) orqali xalq yig‘iniga boshchilik qilganlar. Zodagonlardan tashqari, davlat boshqaruvida podsho oilasi: aka-ukalari va boshqa qarindoshlari muhim rol o‘ynaganlar. Qadimgi Xett an’anasiga ko‘ra, podshoning vorisi podsho oilasidan tanlangan. Ko‘pincha voris tanlashda podshoning jiyanlari, uning opa-singillarining o‘g‘illariga imtiyoz berilgan. Odatga ko‘ra, davlatni ikki hukmdor: podsho va malika boshqargan. Agar podsho vafot etsa, malika o‘z unvonini yangi podsho hukmronligi davrida ham saqlab qolgan. Yangi podshoning rafiqasi malika bo‘lish uchun sobiq podshoning bevasi – malikaning o‘limini kutib turgan. Anita vafotidan keyin mil.avv. XVII asr oxirida boshqa Xett urug‘i hokimiyat tepasiga keladi. Xett davlati asoschilarining birlashtiruv chi siyosatini istilochi va islohotchi podsho Labarna (yoki Tabarna, mil. vv. 1675–1650-yillar atrofida boshqargan) tugallaydi. U istilochilik yurishlarini davom ettirib, Tavr tog‘ tizmasining shimoliy qismini egallaydi va Shimoliy Qora dengizga chiqadi. Xett davlati chegaralarini «dengizdan-dengizgacha» kengaytirdi. Uning ichki va tashqi siyosatidan kuchli ta’sirlangan va tan bergan keyingi vorislari Labarna va uning rafiqasi Tavannanna nomlarini o‘zlariga unvon sifatida qabul qildilar. Labarna mavjud Xett an’analariga zid ravishda o‘g‘li Xattusilini o‘z vorisi deb e’lon qiladi. Xattusili I (mil.avv. 1650 –1625-yillar atrofida) poytaxtni xettlarning sobiq bosh markazi Xattusiga ko‘chiradi (Shu voqeadan keyin davlat rasmiy ravishda «Xatti» zamonaviy fanda «Xett» deb atala boshlanadi). Xattusining vorisi Mursili I (mil.avv. 1625 –1590-yillar atrofida) davrida Xett podsholigida markazlashuv kuchayadi. U davlat hokimiyatini kuchaytirib, mahalliy hokimlarning o‘zboshimchiligiga chek qo‘yadi. Mursili I g‘olibona urushlar olib boradi. U Mesopotamiyadan Finikiyaga boradigan yo‘ldagi asosiy savdo markazi bo‘lgan Shimoliy Suriyadagi Xalpa shahrini bosib oladi. Mursili I mil.avv. 1595-yilda uzoq Bobilga yurish qilib, Xammurapi sulolasini tugatadi. Podshoning markazlashtirish siyosatidan zodagonlar norozi bo‘ladilar. mamlakat ichida keskin vaziyat vujudga keladi. Saroy fitnachilari podsho hokimiyatini kuchayishini istamay, taxt vorisligiga ko‘pgina da’vogarlar bo‘lishiga imkoniyat beradigan an’analarni saqlab qolishga urinadilar. Oqibatda Mursili I saroy fitnasi qurboni bo‘ladi. Xett hukmron tabaqalari ichida o‘zaro kelishmovchiliklar boshlanadi. O‘zaro kelishmovchiliklarga Telepin I (mil.avv. 1530–1500-yillar atrofida) chek qo‘yadi. Uning davrida faqat podshoning o‘g‘li taxtga chiqish huquqiga ega bo‘ladi. Agar podshoning o‘g‘illari bo‘lmasa, uning singlisining o‘g‘li va eng so‘nggida podshoning kuyovlari taxtga da’vogar bo‘lish qoidasi o‘rnatiladi. Taxt vorisligining bunday tartibi qat’iy bo‘lib, zodagonlar kengashi «pankus»ning taxt vorisligi masalasidagi rolini tugatdi. Ammo qolgan masalalarda «pankus» o‘z huquqini saqlab qoladi. Pankusning yuqori pog‘onasi bo‘lgan «tuliya» hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Tuliyaning ruxsatisiz podsho uning biror-bir a’zosi bo‘lgan zodagonni qatl qila olmas edi. Agarda tuliya ning ruxsati bilan uning biror a’zosiga podsho tomonidan o‘lim jazosi berilgan taqdirda ham podsho aybdorning oilasini ta’qib ostiga olish va mol-mulkini musodara qilish huquqidan mahrum edi. Tadqiqotchilar bu davrni (mil.avv. XVIIII – mil.avv. XVI asrlar) qadimgi Xett podsholigi davri deb hisoblaydilar. Telepin va uning o‘g‘li hukmronligidan so‘ng Xett davlatining inqiroz davri boshlanadi. Bu davr O‘rta Xett podsholigi davri (mil.avv. XV asr ) deb nom oladi. Bu davrda Xett podsholigining tashqi va ichki ahvoli yana og‘irlashadi. Bir asr davomida Xett davlati va jamiyati go‘yoki tushkunlikni boshdan kechiradi.


Download 188.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling