104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr


Download 188.27 Kb.
bet63/88
Sana09.01.2022
Hajmi188.27 Kb.
#263284
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   88
Bog'liq
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)

63. QADIMGI URARTU MADANIYATI. Qadimgi Urartu Old Osiyodagi yuksak madaniyatli mamlakatlardan biri hisoblanadi. Urartu xalqlari Mesopotamiyaning surat-belgili va mix-ponasimon yozuv- laridan foydalanib o'z yozuvlarini yaratganlar. Arxeolog olimlar Qadimgi Urartu hududidan shu yozuvda bitilgan yozuv namu- nalarini topishgan. Bu jihatdan Argishti I ning xor-xor yozuvi va Sarduri II ning katta yozuvi diqqatga sazovordir. Shuningdek, Van koii yaqinidagi qoya tokchasi - ”M.ehr eshigi", Karmir-Blurdan topilgan dubulg'a, sopol va jez idish sirtiga bitilgan Urartu yozuvlari diqqatga sazovordir. Urartu hududidagi TuproqqaFadan ham sopol buyum parchasiga bitilgan urartu yozuvlari topilgan. Qadimgi Urartu yozuvlarini o'qish va o'rganishda M.V.Nikolskiy, M.Si- batyan, I.A.Orbeli va boshqa olimlarning xizmatlari kattadir. Qadimgi Urartu yozuvlarining o'lka tarixi va madaniyatini o'rganishda juda katta ahamiyatga egadir. Qadimgi Urartuda tarix, matematika, astronomiya, tabobat, veterenariya, geografiya biiimlari ancha rivoj topgan edi. Urartuliklaming xalq og'zaki ijodiyoti va yozma adabiyoti ancha boy boigan. Bu jihatdan M.Xorenning asarlari, Mard eposi, Dovud Sosuniy dostonlari urartlar adabi- yotining ajoyib namunalari hisoblanadi. Qadimgi Urartuda me’morchilik, haykaltaroshlik. o‘yma, chiz- ma, qabartma rassomlik va san'atning boshqa turlari yuksak dara- jada taraqqiy etgan edi. Ustalar qal'a devorlari, ibodatxona, shoh saroy larini har xil rasm va haykallar bilan bezaganlar. Rassomlar qalqon sirti, dubulg'a va boshqa buyumlarni echki, buqa, sher, qoplon va odam. muqaddas hayot daraxti tasvirlari bilan bezaganlar. Haykaltaroshlarning jezdan ishlagan yarim odam, yarim hay- von qiyofasidagi haykali, ma'buda Teyshebuning haykalchasi, hosildorlik ma’budasining oltindan ishlangan medalyonlari Urartu tasviriy san'atining nodir namunalari hisoblanadi. Urartularning diniy e’tiqodi. Urartu ko’p xudolik mamlakati boiib, ularning ota-bobolari dastlab tabiat hodisalari, turli buyum va hayvonlarga e'tiqod qilishgan. Qadimgi manbalarning birida ko'p xudolarning nomi sanab o'tiladi. Urartlarda muqaddas daraxt- larga siginish ham keng tarqalgan. Ularda Xald tog" xudosi hisob- lanib. keyinchalik u urush xudosiga. podsho va davlatning homiy- siga aylantirilgan. Urartuda Teyshub momaqaldiroq va bo'ron, Ard esa quyosh xudosi hisoblangan. Turli buyumlarda "muqaddas daraxt”, Xald, Ard va boshqa xudolarning rasm-tasvirlari saqlanib qolgan. Urartu podsholari dinning oliy ruhoniylari hisoblartishgan va xudolarga bagishlab turli marosimlar o'tkazishgan. Shuningdek, ular o'z xudolariga atab hayvonlar so'yib qurbonlik qilganlar. Shunday qilib urartlar qo'shni xalqlar madaniyatidan bahramand boiib, o'zlariga xos madaniyat yaratganlar. Ular ham qo’shni xalqlar madaniyatining rivojiga o'zlarining munosib hissalarini qo'shganlar. Urartuning madaniyati va iqtisodi to‘g‘risida arxeologik qazishmalar boy ma’lumot beradi. Teyshebani (Karmir Bilur), Eribuni (qadimgi Yerevan) va Argishtixinili (podsho Argishti qurgan shahar) shaharlari kuchli fortifikatsiya inshootlari bilan o‘rab olingan. Teyshebani qal’asidagi ombor va oziq-ovqat saqlanadigan omborlarda birdaniga 5000 gektarli dala va uzumzorlar hosilini saqlash mumkin edi.


Download 188.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling