104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr


Download 188.27 Kb.
bet66/88
Sana09.01.2022
Hajmi188.27 Kb.
#263284
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   88
Bog'liq
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)

66. QADIMGI MIDIYA XO`JALIGI. Arxeologik qazishmalar Midiya hududida XX asrda tizimli olib borildi. Ushbu arxeologik qazilmalar natijasida topilgan yodgorliklarning yoshi mil.avv. 1300–1600-yillarga tengligi aniqlangan. Bu yerdan topilgan jezdan yasalgan uy-ro‘zg‘or buyumlari, qurollar hayotiy va afsonaviy mavjudotlar tasviri bilan bezatilgan. Mahalliy aholi 1947-yilda Sakkiz shahri yaqinidagi baland tepalikdan Midiya davriga tegishli xazina topgan. Topilmalar ichida ko‘rinishidan podsho taqqan ko‘krak bezagi, podsho oltin tojining parchasi, qilich sopining quyma oltin qismi, ot egar-jabdug‘ining oltin qismlari va sopol ko‘zalar mavjud. Bu buyumlarni bezashda kiyik, kalxat va quyon tasvirlaridan foydalanilgan. Arxeologlar, bu xazina topilgan joyda mil.avv. VIII–VII asrlarda Midiya qal’asi mavjud bo‘lganini aniqladilar. Shimoliy-G’arbiy Eronda, Gilyon viloyati va Hamadon yaqinidan Midiya davriga oid qal’alar, saroylar, ibodatxonalar, oltin, kumush, sopoldan yasalgan erkak va ayollar haykalchalari hamda oltin, kumush ko‘zalar qazib ochilgan. Midiya Eron- ning shimoli-g'arbida joylashgan qa- dimiy oikalardan biridir. Bu oikada qadim zamonlardan boshlab midiya qabilalari yashaganlar. M. av. IX asrda Midiya hududida qabilalar ittifoqiga asoslangan mavda davlatchalar mavjud bo'lib, qo'shni ossurlar bu yerga tez- tez hujum uyushtirib turgan. Ossurlar midiyaliklarni talab, ulardan xiroj un- dirganlar, shahar va qishloqlarga o't qo'yib. aholini qirg'inbarot qilib, bir qismini esa asir qilib havdab ketganlar. M.av. VIII asr oxirida Midiyaga kimmeriylar, m.av. VII asr boshlari- da esa skif qabilalari bostirib kirgan. Ular Urmiya ko'li atrofidagi Sakasana viloyatiga kelib oinashadi. Skiflar shu yerdan turib Ossuriya va Urartu ustiga bosqin uyushtirib turgan. Skiflar va kimmeriylar mo- liir chavandoz, usta merganlar bo’lib. otlari katta tezlikda ketayot- gan vaqtda ham dushmanlari ustiga o'q yog'dirib borar edilar. M. av. 672-yili midiyaliklar Kashtariti rahbarligida ossurlarga qarshi kurash boshlab, ularni Midiyadan haydab chiqaradi. Kashtariti Midiyadagi mayda davlatchalarni birlashtirib yagona davlat tuz- ishga bel bog‘laydi va ilk Midiya davlatini tuzishga erishadi. M. av. VII asr o'rtalariga kelib Midiya Qadimgi Sharqdagi qudratli davlatga aylanadi. M. av. 653-yili Midiya shohi Kashtariti ossurlar ustiga qo'shin tortadi. Ossurlar skiflami midiyaliklarga qarshi kurashga ko'ndiradi. Midiya qo‘shinlari ossur va skiflarning ikki tomondan bergan zarbalariga bardosh bera olmay yengiladi. liu jangda Kashtariti halok bo'lib, Midiya m. av. 653-625-yillar orasida skiflar ta'siriga tushib qoladi. 4. Midiya podsholigi. Midiyaliklar Shimoliy Qora dengiz bo‘yidan hozirgi Afg‘oniston hududlarigacha cho‘zilgan bepoyon hududda yashagan sak-skif qabilalarining bir qismi edi. Olimlarning fikriga ko‘ra, midiyaliklar mil.avv. IX–VIII asrlarda O‘rta Osiyo va unga qo‘shni hududlardan Eron yerlari ga tarqalganlar. Mil.avv. I ming yillik boshlarida midianitlar Shimoliy-G‘arbiy Eronda o‘rnashadilar. Bu hududda mil.avv. IX asrda ibtidoiy jamoa munosabatlari yemirilib, kichik siyosiy birlashmalar vujudga keldi. Mamlakatning g‘arbiy qismi Zagros tog‘i hududi bo‘lib, keyinchalik Midiya Atropatenasi deb atalgan. Atropatenadan sharqda Midiyaning tekislik qismi joylashgan. Mil.avv. III–II ming yilliklarda bu hududlarda kassit, kutiy va xurrit tillarida so‘zlashadigan o‘troq va ko‘chmanchi chorvadorlar yashaganlar. Osuriyaning muntazam tazyiqi midianitlarni kichik davlat birlashmalarini mil.avv. VII asr boshlarida birlashishga majbur qildi. Skif va kimmeriylar qo‘llab-quvvatlagan midianitlar VII asr boshlarida Osuriyaga qarshi isyon ko‘tardilar. Osu riya qo‘zg‘olonchilardan skiflarni ajratishga erishdi, lekin midianitlar Osuriyaga qarshi kurashni davom ettirib, mustaqillikka erishdilar. Ularning yo‘lboshchisi Kashtariti Midiya hududini birlashtirib, sharqda mil.avv. VII asr o‘rtalarida Midiyani Osuriya, Elam kabi qudratli davlatga aylantiradi. Shu vaqtda mil.avv. 653-yil Osuriyaning ittifoqchisi skiflar Midiyaga bostirib kirib, uni ishg‘ol qildilar. Ular Midiyada 29 yil hukmronlik qildilar. Kashtaritining vorisi Kayxusrav mil.avv. 624-yili skiflar hukmronligiga chek qo‘yib, barcha Midiya qabilalarini birlashtirdi. Mamlakat poytaxti qilib, Ekbatana shahri (hozirgi Hamadon yaqinida) belgilandi. Kayxusrav ko‘ngilli qo‘shin o‘rniga qurol turlari bo‘yicha (nayzachilar, kamonchilar, otliqlar) bo‘lingan kuchli jangovar qobiliyatga ega bo‘lgan qo‘shin tuzdi. Kayxusrav ana shunday kuchli qo‘shinga ega bo‘lgach, Bobil bilan azaliy dushman, zaiflashib borayotgan Osuriyaga qarshi ittifoq tuzib, unga qarshi urush harakatlarini boshladi.


Download 188.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling