104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr


QADIMGI HINDISTON ARXEOLOGIK MANBALARI


Download 188.27 Kb.
bet68/88
Sana09.01.2022
Hajmi188.27 Kb.
#263284
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   88
Bog'liq
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)

68. QADIMGI HINDISTON ARXEOLOGIK MANBALARI. Hindistonda olib borilgan arxeologik qazishmalar bu hududda odamlar eng qadimgi davrlarda yashaganidan dalolat beradi. Hozirgi Pokiston va Hindistonning turli hududlarida ilk paleolit madaniyatlari topildi. Xo‘jalik, mehnat qurollarining rivojlanishi bu hududlarda ijtimoiy munosabatlar paleolitdan mezolit va neolitga o‘tishga olib keladi. XX asrning 70-yillarida Pokistonning Mehrgard hududida fransuz arxeologi J. F. Jarij o‘tkazgan arxeologik qazishmalar mahalliy madaniyatlar neolit davrigacha uzoq vaqt tizimli rivojlanganini ko‘rsatdi. Bu ilgari fanda mavjud bo‘lgan qarashlar Hindistonda neolit boshqa Sharq hududlariga nisbatan kech boshlangan degan tushunchaning asossizligini ko‘rsatdi. Hindistonda o‘troq dehqonchilikning neolit manzilgohlari mil.avv. VII ming yillikdan shakllangan. Bu davrda aholi donli ekinlarni ko‘p ekib, yirik shoxli qoramollarni xonakilashtiradi. O‘rta Osiyo va Eron bilan madaniy aloqaga kirishadi. Qadimgi Hindiston tarixi bo‘yicha o‘rta asrlardan boshlab tarixiy asarlar yozila boshlandi. O‘rta Osiyo va arab olimlari bu o‘lka tarixi, tili, e’tiqodi, urf-odat va an’analari to‘g‘risida asarlar yaratdilar. Mashhur qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy (973–1048-yillar) Hindistonda bir necha yil yashaydi. Uning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston» asarlarida qadimgi hind tarixi va madaniyati to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar beriladi. Yangi davrdan boshlab Yevropa olimlari Hindistonga qiziqa boshladilar. Dastlab qadimgi hind tili, adabiyotini o‘rganish boshlandi (Gamilton, Rozen, Lassen, Rot, Myuller va boshqalar). XVIII asr oxi rida sanskrit adabiyotining yodgorliklari: «Manu qonunlari», Kalidasining «Shakuntali» dramasi, falsafiy poema «Bxagavagita» tarjima qilinadi. Nemis tadqiqotchilari Hindistonda jahon madaniyatining ildizini qidirdilar. XIX asrning birinchi yarmida sanskrit tilining qadimgi fors, lotin va yunon tillari bilan qarindoshligi nazariyasi ilmiy asoslandi. XIX asrning o‘rtalarida va ikkinchi yarmida hind adabiyotining yodgorliklari, asosan vedalarni tarjima qilish va chop qilish yuzasidan muhim ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 50 tomli «Sharqning muqaddas kitoblari» (Oksford universitetida Maks Myuller asos solgan), ko‘p tomli sanskrit lug‘atlari paydo bo‘ldi. XIX asrning oxirida T. Ris, Devids pali tilidagi matnlarni o‘rganish va chop etish jamiyatini tashkil etdilar. XIX asrning 70-yillari XX asrning boshlarida Hindistonda arxeologik qazishmalar boshlanadi. Hindistonning ilk arxeologik xaritasini olim A. Kanningem tuzadi. XX asrning 20-30-yillarida Janubiy Osiyoning eng qadimgi hind sivilizatsiyasi ochildi. Tizimli arxeologik qazishmalar natijasida XX asr boshlaridan arxeolog Marshall Taksila shahri xarobalarini ochdi. Xarappa va Moxenjo-Daro shaharlaridan boy topilmalardan – eng qadimgi yozuv namunalari topildi (Banerji, Marshall, Makkey va boshqalar). XX asr boshlarida hindshunoslikning umumiy konsepsiyasida yevrosentrizm an’anasi kuchli edi. Qadimgi hind jamiyati turg‘un, mustaqil taraqqiyotga qobiliyatsiz, hind davlati teokratik va despotik, tafakkur chalg‘itilgan va faqat diniy deb asoslashga harakat qilindi. Hindistonga makedoniyalik Aleksandr yurishining siyosiy ahamiyati bo‘rttirib ko‘rsatiladi. Hind madaniyatining muhim yutuqlari (epik asarlar, poeziya, teatr) yunonlardan o‘zlashtirilgan deb uqtirildi. Faqat XX asrning birinchi yarmida hind milliy tarixnavisligining juda katta tadqiqotlari bunday qarashlarning asossizligini ko‘rsatdi. Hind milliy tarixnavisligi manbalarda ko‘p hollarda yetarlicha tanqidiy tahlil etilmadi. Qadimgi tarix ma’lum darajada modernizatsiya qilindi. Shunga qaramasdan, qadimgi hind tarixi va madaniyati bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlarda qadimgi hind sivilizatsiyasining mustaqil rivojlanib, noyob bir madaniyat sifatida mukammal shakllanganligi o‘z isbotini topdi.


Download 188.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling