104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr


Download 188.27 Kb.
bet70/88
Sana09.01.2022
Hajmi188.27 Kb.
#263284
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   88
Bog'liq
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)

70. YUNON-HIND PODSHOLIKLARI. Mil.avv. II asr boshlarida Maurilarning so‘nggi vakili hukmronligi tugab, shu vaqtdan boshlab mamlakatda uzoq siyosiy tushkunlik boshlandi. Mil.avv. 180-yilda hokimiyat yangi Shung sulolasi vakili qo‘liga o‘tdi (mil.avv. 180-milodiy 68-yil atrofida). Shung davlatining asoschisi Maurilar davlatining sarkardasi Pushyamitra va uning vorisi Agnimit ra Magadxalar imperiyasini to‘la halokatdan saqlab qoldilar. Gang vodiysi, Panjobning sharqiy qismi, Markaziy Hindistonning bir qismi yangi davlat hududi bo‘ldi. Baqtriya davlatining hujumi qaytarildi. Shunglar davrida hindu e’tiqodining qayta tiklanishi boshlanib, budda dini ta’qib ostiga olinadi. Bu davlatning so‘nggi hukmdori Devaxuti o‘z vaziri Vasudeva tomonidan taxtdan tushirildii. Vasudeva yangi Kanva sulolasiga asos soldi. Hindistonning shimoliy-g’arbida bir necha mayda hind-yunon davlatlari tashkil topdi. Bu yerdagi hind-yunon davlatlari podsholari ichida eng taniqlisi Menandr ismli hukmdor edi. Menandr zarb qildirgan tangalar orqali uning davlatini Gandxara, Araxosiya va Panjobning ba’zi hududlari bilan chegara lash mumkin. Mil.avv. I asrlarda O‘rta Osiyodan Hindistonga sak qabilalari kirib kelib, shimoliy-g‘arbda bir necha davlatlarni barpo qildilar. Sak podsholari o‘zlarini «Buyuk podsholar podshosi» deb atadilar. Yirik davlat birlashmalarida noiblik, satrapliklar joriy qilinib, hududlarda satrap (kshatrap) ancha mustaqil bo‘lgan. Hind-yunon davlatlari saklarning kuchli tazyiqiga uchradi. Milodiy I asr boshlarida Eronning shimoliy-g’arbiy hududlarida hukmronligini o‘rnatgan parfiyaliklar hind-yunon va sak davlatlari hududlarini bosib ola boshladilar. Podsho Gondafor davrida Hind-Parfiya davlati kuchaydi. Ammo ular tez orada yangi qudratli sulola – kushonlar tomonidan bo‘ysundirildi. Boshqa kushonlar O‘rta Osiyoda Baqtriyani egalladilar va asta-sekin o‘z davlatlari hududini kengaytirdilar. Podsho Kudzula Kadfiz davrida kushonlar Araxosiya, Parfiyaning bir qismini bosib oldilar. Kudzula Kadfizning o‘g‘li Vima Kadfiz Hindistonni jadal istilo qilishga kirishdi va natijada o‘z hokimiyatini Hind daryosining quyi oqimigacha o‘rnatdi. Poytaxt hozirgi Peshovarga ko‘chirilib, Hind viloyatlari davlatning asosiy qismini tashkil qildi. Kushon davlati hindlashdi. Bu jarayonni Vima Kadfiz tangalarida ko‘rish mumkin. Tangalarda ma’buda Shiva tasvirlanadi. Podsho shu xudoning nomlaridan biri bo‘lgan Maxeshvara nomi bilan ulug’landi. Vima Kadfiz davrida savdohunarmandchilik ni rivojlanishini rag‘batlantirish uchun pul islohoti o‘tkazilib, yangi tilla tanga zarb qilindi. Mis tanganing qat’iy nominal qiymati belgilandi. Kushon davlati Kanishka (78–123-yillar) hukmronligi davrida gullab-yashnadi. Kanishka davri to‘g’risida numizmatika, «Kanishka erasi» yil hisobi yozuvlari, keyingi budda hikoyalarida juda ko‘p ma’lumotlar bizgacha yetib kelgan. Budda yozuvlarida Kanishka buddaviylikning sodiq muxlisi deb tilga olinadi. Chunki u buddaviylik dinini davlat diniga aylantirib, uni har tomonlama qo‘llab-quvvatladi. Kanishka davrida davlat hududlari kengaydi. Kushon davlati tarkibiga Kanishka hukmronligi davrida Bixar viloyati, Markaziy Hindistonning ayrim viloyatlari, Narmada daryosigacha bo‘lgan yerlar kirgan. Kanishka hukmronligi davrida Kushon davlati Xitoy, Parfiya va Rim kabi qudratli davlatlar qatoriga kirgan. Kushonlar davlati bu davlatlar bilan savdo-elchilik munosabatlarini amalga oshirgan va raqobat qilgan. Antik mualliflar milodiy 99-yilda Kushon elchilarini Rimga kelgani to‘g‘risida ma’lumot beradi. Bundan tashqari, Rimdagi imperator Trayan kolonnasida Rimga kelgan kushon elchilarining relyef tasvirlari bor. Kanishkaning vorislari davrida imperiya zaiflasha boshladi. Hindistonning turli hududlaridagi hokimlar, qo‘shni kuchayib borayotgan Sosoniylar davlati Kushon davlati hududlarini bosib ola boshladi. Sosoniylar hukmdori Shopur I (241–272-yillar) Kushon davlatining g‘arbiy viloyatlarini bosib olib, Sosoniylar davlati tarkibiga kiritdI.


Download 188.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling