104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr
CHJOU SULOLASI DAVRIDA QADIMGI XITOY
Download 188.27 Kb.
|
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)
71. CHJOU SULOLASI DAVRIDA QADIMGI XITOY. Mil.avv. 1027-yilda chjoular yo‘lboshchisi U Van boshchiligida g‘arbiy qabilalar In davlatini ag‘darib tashladilar. Shu lahzadan Chjou sulolasi davri boshlanadi (mil.avv. XI asr – III asrlar). Chjou qabilasi yuzlab urug‘-qabilalarning vani – hokimi edi. Lekin uning hokimiyati zaif bo‘lgan. Chjoular davrining boshlanishida uning tarkibida 200-300 mahalliy hokimliklar bor edi. Bu katta-kichik hokimliklar o‘rtasida doimiy urushlar, to‘qnashuvlar oddiy hol edi. Ular bosib olgan hududlarda nisbatan katta, lekin mustahkam bo‘lmagan davlat birlashmasini tashkil qildilar. Chjou davlati asoschisi U Van vafotidan so‘ng uning ukasi Chjou Gun qaram inlarning qo‘zg‘olonini bostirdi. Van hokimiyatini mustahkamlash siyosatini yuritdi. Ko‘pgina mayda hokimliklarni tugatib, katta davlatni tashkil qildi. Ularga podsho sulolasining vakillarini hokim etib tayinladi. Boshqaruv va soliqqa tortishning yangi tizimini joriy qildi. An’ana bo‘yicha bu davlat G‘arbiy Chjou deb ataldi. Davlat boshida Chjou podsho urug‘idan bo‘lgan merosiy hukmdor Van turadi. U o‘z hokimiyatini katta o‘g‘liga qoldirgan. Rasman barcha yerlar davlatga ya’ni Vanga tegishli bo‘lgan. Vanning kichik o‘g‘illari «merosiy mulklar hokimi» hisoblangan. Chjoular inlardan jez quyish san’ati, yozuvni o‘zlashtirdilar. Ular harbiy jang ara valarini ham inlardan o‘zlashtirdilar. Chjou davrida jamiyat besh ijtimoiy qatlamga ajralgan: 1. Van – «kishilar orasida yagona» hukmdor; 2. Chjou – merosiy hudud hokimlari, Chjou oliy aslzodalari. 3. Dafu – urug‘-qabila guruhlari boshliqlari. 4. In – katta oila boshliqlari. 5. Oddiy kishilar. U yoki bu qatlamga mansublik tufayli odamning va oilasining tashqi turmush tarzi juda qat’iy belgilangan: kiyim; uyning hajmi, jihozlanishi, katta va kichiklarning darajasi bo‘yicha o‘zaro salomlashuvi, hatto qabrda o‘tqaziladigan daraxt miqdori, marosimlar, kiyim, ovqat odamning ijtimoiy toifadagi o‘rniga aniq mos kelishi kerak edi. Chjou jamiyati qat’iy oqsuyaklar jamiyati bo‘lgan. Oqsuyaklar xalqdan o‘zlarini keskin ajratganlar. O‘zlarining shajaralari, merosiy an’analari, madaniyatlari bilan guruhlanganlar. Bu saylanma ijtimoiy qatlamga kirish oson bo‘lmagan. Hunar va savdo oddiy odamlarning ishi hisoblangan. Hatto tadbirkorlik bilan boyigan odam o‘z ijtimoiy qatlamidan chetga chiqa olmagan. Oddiy xalq hududiy jamoalarga birlashgan. Yer umumiy egalikda hisoblanib, oilalar o‘rtasida muntazam taqsimlanishi kerak bo‘lgan. Odatda, oilalar katta bo‘lib, voyaga yetgan o‘g‘illar otaning hokimiyati ostida qolganlar, ota vafotidan keyin ham oila mulki bo‘linmagan. Chjou davlati etnik jihatdan ola quroq bo‘lgani uchun va ular o‘rtasida mustahkam iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy aloqalar mavjud bo‘lmagani sababli, Van hokimiyati qonuniy ekanligini asos lash lozim edi. Van hokimiyatining ilohiyligi Chjou qabilalarida eng oliy xudo – osmon e’tiqodidan keltirib chiqarildi. Chjou Vani osmon oliy ilohining o‘g‘li deb e’lon qilindi. Van Osmon mamlakatida eng oliy mulkdor, boshqalar esa uning xizmatkori edi. Shu bilan birga, «Van Chjouni o‘z xizmatkori deb hisoblaydi, Chjou o‘z xizmatkori deb dafuni tan oladi, dafu inni o‘z xizmatkori deb biladi» tushunchasi mavjud bo‘lgan. Bu davrda ko‘plab asirlar qul qilindi.. Mil. avv. VIII asr boshlarida chjoularning Xuanxe daryosi yuqori oqimi havzasida yashagan jun qabilalari bilan to‘qnashuvi kuchaydi. Jun qabilalari kelib chiqishi chjoularga qarindosh edi. Lekin ular turmush tarzi va xo‘jalik yuritish shakli bilan bir-biridan farq qilgan. Yu-van davrida (781–771-yillar) yarim ko‘chmanchi junlar bilan hal qiluvchi to‘qnashuv yuz berdi. Merosiy yer mulklarining ko‘payishi, chjuxou (merosiy hudud hokimlari) mustaqilligining kuchayishi Van hokimiyatini zaiflashtirdi. Chjou Pix-van isyonchi chjouxoular va junlar hujumini qaytara olmadi. U poytaxt hududini tashlab ketishga majbur bo‘ldi. Bu voqea Xitoy an’anasiga ko‘ra, G‘rbiy Chjou davrining tugashi deb hisoblanadi. Chjou davlati hududlari keskin qisqardi. G‘arbdagi qo‘shnilar taz yiqi ostida mil. avv. 770-yil poytaxt sharqqa – hozirgi Loyan hududiga ko‘chirildi. Shu sababli, Xitoy tarixida mil. avv. VIII–III asrlar Sharqiy Chjou davri deb ataldi. Junlardan mamlakatni himoya qila olmagani uchun hukmdor – vanning obro‘-e’tibori keskin tushib ketdi. Endilikda uning hokimiyati zaiflashib, Chjou hokimlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga aralasha olmadi. Chjou hokimlari amalda mustaqil siyosat yurita boshladilar. Vanning yerlari kamaytirilib, unga o‘lpon to‘lanmay qo‘yildi. Mil.avv. VIII asr oxirida Xitoyda mustaqil, bir-biri bilan o‘zaro nizolar girdobida bo‘lgan 150 ga yaqin mustaqil, yarim mustaqil davlatlar paydo bo‘ldi. Bu davlatlar ichidan Xuanxening o‘rta oqimi va Buyuk Xitoy tekisligidagi davlat madaniy an’analarining birligi bilan ajralib turadilar. Ulardan ba’zilari o‘zlarini chjoular avlodlari, boshqalari inlar deb hisobladilar. Ular mamlakatning an’anaviy birligi ramzi sifatida Chjou vanining oliy hokimiyatini rasman tan oldilar.
Download 188.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling