104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr


Download 188.27 Kb.
bet79/88
Sana09.01.2022
Hajmi188.27 Kb.
#263284
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   88
Bog'liq
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)

80. URARTU-OSSURIYA MUNOSABATLARI. Urartu davlati uzoq vaqt Osuriya davlatining bosqiniga uchradi. Osuriyaning ko‘p sonli qo‘shinlari Urartu qal’a, shaharlarini talon-taroj qildilar. Mil.avv. VIII asr oxirida Urartuning diniy markazi – Musasir Osuriya qo‘shinlari tomonidan bosib olingan. Podsholar Argishti va Sarduri II Osuriyaga qarshilik ko‘rsatishga harakat qil dilar. Ular Osuriyaga qarshi turli koalitsiyalarga kirdilar, lekin Osuriya Kichik Urartuni o‘ziga tobe qildi. Shimolda Salamansar III yosh Urartu davlati bilan qattiq janglar olib borgan. Dastlabki janglarda ossur qo'shinlari Urartu ustidan g'olib chiqib. uning markaziy shahrini bosib olgan. Urartu pod- sholari Sarduri va Aramu davrida Urartu kuchayib, Ossuriyaning raqibiga aylangan. Urartu podsholari o'zlarining g'olibona yurishlari tufayli Ossuriyani Kavkazortidan Kichik Osiyo va Shimoliy Suriyadan ajratib qo'yishga muvaffaq bo'lganlar. Bu hoi Ossuriyaning kuchsizlanishiga olib kelgan. Kuchlar nisbati Urartu podsholari tomonga o'tib o'zgargan. Shunday qilib Ossuriya o'zining Old Osiyoning shimoliy qis- midagi hukmronlik mavqeyini yo'qotib, endi bu o'rinni Urartu podsholigi egallagan. Tiglatpalasar III qo'shinlari m.av. 738-735-yillarda Urartu ustiga yurishlar qilib, urartlar yurtidan ko'p oTjalar va asirlar olib qay- tadi. M.av. 734—732-yillarda Ossuriyaga qarshi Damashq va Isroil podsholari, shuningdek, sohil bo'yi arab knyazliklari va Edem harbiy ittifoqi tuziladi. Ittifoqchilar bilan boMgan janglarda Ossuriyaning qoii baland kelib, Ossuriya sharqiy O'rtayer dengizi sohilida mustahkamlanib oladi. M.av. 737-yili Tiglatpalasar 111 Midiyada mustahkamlanib olgach, Bobil ustiga qo'shin tortib uni ham egallaydi. Bu g'alabalar Ossuriyani Old Osiyodaga eng katta qudratli davlatga aylantiradi. Bu davrda Ossuriya davlati tarkibiga Mesopotamiyaning katta qismi. O'rtayer dengizining sharqiy sohilidagi joylar, shuningdek, Midiyaning qator hududlari itoat etar edi. Menuaning o'g'li Argishti I davrida m.av. 786-764-yillarda Urartu podsholigi yanada kuchaydi. Argishti I qo'shinlari shimolda Kolxidaga kirib borib. Araks daiyosi bo'yida Argishtixinili shahrini qurdira- di. Argishti I qo'shinlari Mannaga, Ossuriyaga hujum qilib, Diya- la daiyosi sohili va Bobil chegaralarigacha kirib boradilar. Janu- bi-g'arb tomonda Urartu qo'shinlari Frot daryosining yuqorisidagi mamlakatlar. shuningdek, Suriyagacha kirib boradi. Argishti I vafotidan so'ng Urartu taxtiga Sarduri II o'tiradi. Sarduri II davrida (M. av. 764-735-yillar ) Urartu podsholigi yanada mustahkamlanadi. U harbiy islohot o'tkazib, ixtisoslash gan qo'shinni kuchaytiradi. Urartu qo'shinlari shimolda Eriax mamlakatini bosib olib, g'arbda Shimoliy Suriyaga kirib boradilar. Qo'shin janubda Ossuriya qo‘shinlariga qaqshatqich zarbalar beradi. Sarduri 11 davrining birinehi yarmida Urartu Old Osiyodagi eng qudratli davlat boiib qoladi. Urartu podsholigining kuchsizlanishi va parchalanishi. M. av. VIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab Ossuriya podsholigi kuchayadi. Urartu o'zini Ossurivadan himoya qilish uchun Shimoliy Suriya va Kichik Osiyoning sharqidagi katta-kichik davlatlar bilan ittifoq tuzadi. M.av. 743-yili Ossur podshosi Tiglatpalasar III Suriyaning Arpada shahri yaqinidagi mudhish jangda Sarduri II va uning ittifoqchilari ustidan g'alaba qozonadi. Sarduri II Urartuga chekinishga majbur boiadi. M.av. 735-yili Ossuriya qo'shinlari Urartuga bostirib kirib. Sarduri II qo'shiniarini yana yengadi. Shu yili Sarduri II vafot etib, taxtga o'g'li Rusa I o'tiradi. Rusa I m.av. 735-712-yillarda Urartu podsholigini boshqaradi. Rusa I podsholigining dastlabki davrida mamlakatda ichki g'alayonlar boshlanadi. U Kavkazorti va Sevan atrolida qo'zg'olon ko'targan 23 ta podsholik ustidan g'alaba qo- zonadi. M.av. 714-yili Ossur podshosi Sargon II Urartu ustiga yana qo'shin tortadi. Urmiya koii yaqinidagi jangda Sargon II qo'shinlari Urartu qo'shinlari ustidan g'alaba qozonadi. Ular shahar va qishloqlarni vayron etlib, katta boylik bilan Urartuga bostirib kirib uni ham vayron qiladilar. Bu xabarni eshitgan Rusa 1 o'zini o'zi oidiradi. Rusa I vafotidan keyin taxtga Rusa II o'tiradi. Bu davrda Urartu o'z mustaqilligini saqlab qolgan boisa ham. avvalgi shon-shuhratini boy bergan edi. Shu davrda Urartu podsholari Os- suriya bilan yaxshi munosabat o'rnatishga harakat qilganlar.


Download 188.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling