104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr


MITANNI DAVLATI ICHKI VA TASHQI SIYOSATI


Download 188,27 Kb.
bet87/88
Sana09.01.2022
Hajmi188,27 Kb.
#263284
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88
Bog'liq
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)

88. MITANNI DAVLATI ICHKI VA TASHQI SIYOSATI. m.av. XVI-XV asrlar Mitanni davlatining kuch-qudrat jihatdan gullagan davriga to‘g‘ri keladi. Bu davrda Mitanni podsholari faol istilochilik urushlarini olib borib, Ashshur. Niniviya shaharlarini, shuningdek, Ossuriyaning bir qism yerlarini ham bosib oladi. Mitanni qo‘shinlari sharq va janubi- sharqda Zagros tog'lari orasida yashovchi tog'lik gutey va lulubey qabilalari yerlarini ham bosib oladilar. M.av. XVI-XV asrlarda Mitanni xettlar bilan g'olibona urushlar olib borib, Kichik Osiyoning sharqiy hududlari, Suriya, Finikiya va hatto Falastinga ham kirib borib ularga o'z ta’sirini o‘tkazadi. M. av. XVI asrda Mitanni davlati ta’sir doirasining Old Osiyoda osha borishi uning atrofidagi davlatlarning e'tiborini o'ziga tort- may qo'vmas edi. Xususan, O'rtayer dengizi sharqiy sohillarini bosib olishga intilayotgan Misr fir'avnlari bilan Mitanni podsholari o‘rtasida kuchli to‘qnashuvlarga olib keldi. Mazkur davrda har ikki davlat o'rtasida Old Osiyoda ustunlikka ega boTish uchun qizg'in kurash boshlandi. Misr qo'shinlari Tutmos I boshchiligida Frot daiyosi bo'yigacha yetib kelib, Mitanni chegarasiga g'alaba toshini o'rnatdi. Tutmos III davrida Misr qo'shinlari Frot daryosini kechib o'tib, Mitanni qo'shinlari bilan g'olibona urushlar olib borib Mitanni podshosi va qo'shinlarini orqaga chekinishga majbur qiladi- lar. Tutmos III ham Mitanni chegarasiga g'alaba toshini o'rnatadi. Ammo misrliklar o'z g'alabalarini oxiriga yetkazmaganlar. Tutmos III yana bir necha bor harbiy yurishlar uyushtirib, u yerda boshlangan qo'zg‘ok)iilarni bostirishga urinadi. Ammo o‘sha davrdagi Old Osiyo va Yuqori Misrdagi siyosiy voqealar Misr qo'shinlariga Mitannini butunlay bosib olishga imkon bermaydi. Ikki orada sulh tuzilib Mitanni o'z mustaqilligini saqlab qoladi. Hatto Misr bilan Mitanni o‘rtasida m.av. XV asrda Misr Old Osiyodagi bir qator davlatlar bilan juda mustahkam savdo va diplomatiya mimosabatida boigan. Ayrim davlatlar o'rtasida boiadigan muzokaralar elchilar yordami bilan olib borilgan. Bu muzokaralar natijasida ko'pin- cha harbiy-siyosiy ittifoq va bitimlar tuzilgan. Siyosiy ittifoqlar. chunonchi Misr bilan Mitanni o'rtasidagi ittifoq kabi ko'pincha su- lolaviy nikohlar yo'li bilan ham mustahkamlangan. Mitanni podshosi bir xatida Misr fir’avniga chegara shaharla- rini almashtirishni taklif qilgan. Mazkur davrda Kichik Osiyoning sharqida kuchli Xett podsholigi tashkil topgan. Xett podsholigi qo'shni Mitanni viloyatlari va awal Misr qoi ostida bo'lgan shimoliy Suriya yerlari hisobiga o'z davlati chegaralarini kengayti- rishga intilgan. Xett davlatining kuchayishi birinehi navbatda Mesopotamiyaning shimolidagi Mitanni podsholigi uchun va Misrning Surivadagi yerlari uchun ham xatarli bo'lgan. Xettlar- ning istilo qilish xavfi aniq boiib qolgach, Mitanni va Misr podsholari bosh ko'tarib kelayotgan dushmanni birgalikda qaytarish maqsadida birlashganlar. Misr bilan Mitanni o'rtasida ittifoq tuzilib. bu ittifoq bir necha sulolaviy nikohlar bilan mustahkamlangan. Mitanni podshosi Tushrattining Misr fir’avni Amenxoteb III ga yozgan xatlarida pirovardida Misr bilan Mitanni o'rtasida juda ham mustahkam munosabatlar o'rnatilishiga olib kelgan muzokaralarning ayrim bosqichlari ravshan va jonli qilib tasvirlangan. Misr Amenxotep III ning podsholik qilgan zamonida uzoq Suriyadagi o'z yerlarini xettlaming istilosidan himoya qilmoq uchun yetarli harbiy kuchga ega bo'lmaganidan Mitanni yordamiga tayanishga majbur bo'lgan. Mitanni podsholigi esa do'stligi va yordami uchun oltin talab qilgan. Tutmos IV va Amenxoteb III Mitanni podshosi qizlariga uyla- nar ekan, ular o'rtasida o'zaro do'stlik aloqalari o'matilib, ular bir -birlariga sovg'a-salomlar yuborib turadilar. Ammo ikki davlat o'rtasidagi do'stlik rishtalari uzoqqa bormaydi.M. av. XV asr oxirlarida Misr kuchsizlanib qoladi. Bu vaziyat- dan fovdalangan Mitanni qo'shinlari shimoliy Suriya va Biblga bostirib kirib, Falastinni ham ishg'ol qiladi. Bu davrda Misr bilan Ossuriya Mitanniga qarshi ittifoq tuzadilar. O'z o'rnida Mitanni ham Ossuriya-Misr ittifoqiga qarshi Bobil bilan ittifoq tuzadi. Mazkur davrlar ichida Xett davlati kuchayib, Xett qo'shinlari Mitanniga bostirib kirib, Mitanni qo'shinlarini tor-mor etadi. Bu davrda Mitanni podshosi saroyida fitna-fujur ko'payib. nihoyat Mitanni podshosi o'ldiriladi. Shimoldagi Alba bilan Ossuriyaning birlashgan qo'shinlari Mitanni qo'shinlariga zarba berib, uning shimoldagi yerlarini bosib oladilar. Bu vaziyatdan fovdalangan Xett podshosi qo'shinlari Mi- tannini ishg'ol qiladilar. Xett podshosi Tushrattining o'g'li Shatti- vasni taxtga o'tqazib, unga o'z qizlaridan birini nikohlab beradi. M.av. XIV asrning ikkinchi yarmida Mitanni Xettlarga tobe bo'lib qoladi. Xettlar yordamiga tayangan Mitanni podshosi qo'shinlari Ossuriyani bosib olish uchun ularga qarshi kurash boshlaydi. Ammo jangda Mitanni qo'shinlari mag'lubiyatga uchrab, podsho oilasi bilan ossurlar qo'liga asir tushadi. Mazkur janglar natijasida Mitanni poytaxti Vashshukan ossur qo'shinlari tomonidan ishg'ol qilinadi. Keyingi janglar natijasida Ossuriya qo'shinlari Mitanni qo'shinlarini batamom mag'lubiyatga uchratadi. Urushlar natijasida Mitanni mamlakati vayron qilinib, janglarda juda ko'p mitanni askarlari va oddiy aholi qirg'inbarot qilinadi. 15 mingdan ortiq kishi asir olinib, Ossuriyaga haydab ketiladi. Ossuriyaning ketma-ket bergan zarbalari natijasida Mitanni zaiflashib, mayda davlatchalarga bo'linib ketadi. Keyinchalik Mitanni Ossuriyaning ta’siriga tushib, davlat sifatida tarix sahnasidan tushib ketadi. M. av. XVI asrdan XIII asrgacha yashagan Mitanni Old Osiyodagi davlatlar singari quldorlikka asoslangan davlat edi. Mitanni podsholigining ijtimoiy munosabatlari haqida ma'lumotlar juda oz saqlanib qolgan. Ular haqida qadimgi Nuzu va Arrapxi qal’alari qazilishi natijasida topilgan yozma arxivlar ibodatxona va saroy xo'jaliklari haqida ba’zi maiumotlarni beradi. Podsho xo'jaliklari kattaroq bo'lib. yozma arxiv maiumotlariga ko'ra uning otxonalarida ko'plab ot- lar, molxonalarida yuzlab yirik va mayda shoxli sigir, buqa, bu- zoq, qo'y-echki, cho‘chqalar boqilgan. Shuningdek, mamlakatdagi katta-katta haydalgan yerlar, bog'lar va o'rmonlar podsho oilasi a’zolariga qarashli bo'lgan. Podsho xo'jaligidagi ishlarni saroy qullari, erkin-ozod cho'ponlar. hunarmandlar va dehqonlar navbat bilan bajarganlar. Mitanni podsholigining ijtimoiy tuzumida hududiy jamoa- lar, qishloq (salu), katta oilali uy jamoalari ’’dimtular” katta o'rin tutgan. Yer katta oilali jamoaning mulki hisoblangan. Jamoa savdogarlar. to'quvchi. dehqon va boshqa kasbdagi kishilardan iborat bo'lgan. Mulkiy tengsizlik va ijtimoiy tabaqalanish jamoaning bu- zilishiga olib kelgan. Qarzdorlik va sudxo'rlik xurrit jamiyatidagi kambag'allargina emas, balki o'rta tabaqalarning ham xonavayron bo'lishiga olib keladi. Mitannida qo'lga tushgan ashlar qulga avlan- tirilgan. Qarzdorlik ham qulga aylantirishning bir shakli bo'lgan. Mamlakatda qullarni maium muddatga sotish ham keng tarqalgan edi. Mitannidagi qulchilik patriarxal xususiyatga ega bo'lib. ular ba’zi huquqlarga ega edilar. Ular cho'rilargagina emas, ozod ayol- larga ham uylanishlari mumkin bo'lgan. Qullar mehnatidan ishlab chiqarish xo'jaligining barcha tarmoqlarida. ya’ni bog'dorchilikda. mol boqishda, to'quvchilikda. kulolchilik. kir vuvish. yuk ko'ta- rish, non yopish va boshqa sohalarda foydalanish mumkin bo'lgan. Saroyda ishlaydigan qullar podsho oilasiga ancha yaqin bo'lgan va ular podsho oilasidan katta-katta sovg'alar olib turgan. Ular podsho saroyida kotiblik lavozimini ham egallar edilar. Shuningdek, qullar ma’lum muddatga ijaraga berilgan, sotilgan va sotib olingan. Qochqin qullar qattiq jazolangan.


Download 188,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling