Tarjimonlarga tavsiyalar 1-qism.
Tarjimashunoslik o'ziga xos soha bo'lib , unda endigina tarjima yo'liga kriganlar ham , professionallar ham birdek mashaqqatni boshdan kechiradilar . Ya'ni , tarjimonlik faoliyatini boshlash uchun eng kuchli mutaxassis bo'lish muhim emas Afsuski , aynan shu vaj bilan ko'plab nihollar sindirib tashlanadi . Academic uz bloglar bo'limida tarkibiga ana shu nihollarni ulkan daraxtlarga aylanishlari uchun maqolalar chop etib boriladi Avvalambor , tarjimashunoslikning aynan qaysi bo'limida ish yuritmoqchiligingizni aniqlab oling . Buning uchun quyidagi savollarga javob topsangiz , kifoya.
MAVZU: Yozma tarjimaning badiiy tarjima bilan uzviy bog’liqligi.
Badiiy tarjimani ilmiy tavsiflash shundan iboratki, bunday so‘zni so‘z bilan emas, balki ma’noni ma’no bilan, ohangni ohang bilan, obrazni obraz bilan, yumorni yumor bilan berish muhim ahamiyatga egadir. Badiiy tarjimaning boshqa turdagi tarjimalaridan farqi shundaki, so‘z, jumla yoki butun bir asarni to‘g‘ri o‘girish kifoya emas. Bunda tarjimon ham san’atkor bo‘lishi lozim. Badiiy tarjimaning boshqa turlariga qaraganda she’riy tarjima «ko‘proq» san’atdir. She’riy tarjima badiiy tarjimaning oliy navi desa bo‘ladi. Nasriy asarlar tarjimasiga yozuvchilardan tashqari professional tarjimonlar ham jur’at etadilar. Ammo she’riy tarjima – bu aksariyat shoirlar, shoir-tarjimonlar ishidir.
Badiiy nutq tarkibida qo‘llanilgan hissiy-tasirchan lisoniy vositalar tizimi asarning umumiy-estetik xususiyatini vujudga keltirgani xolda, muallifning badiiy-g‘oyaviy maqsadini ro‘yobga chiqaradi. Badiiy asar tarkibida og‘zaki (asosan dialogik) nutq namunalarini namoyish etadigan bunday lisopiy vositalar so‘zlovchining atrofdagi voqea-hodisalarga nisbatan ham ijobiy, ham salbiy munosabatlari ifoda etadi. Mazkur munosabatlar do‘stona, tahsinomuz tarzda namoyon bo‘lishi xam, hazilomuz, kinoyali, iltifotsiz shaklda ko‘zga tashlanishi ham, tahqiro-muz, haqoratomuz oxang kasb etishi xam mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |