11- amaliy mashg‘ulot. O‘lchov vositalarini kalibrlash Tashkiliy qism


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/23
Sana18.06.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1595353
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Bog'liq
3 detlayn

 
 
 
 
 
13- Amaliy mashg‘ulot.
O‘lchashlar birligini taminlash soxasidagi asosiy qonunlashtiruvchi 
aktlar 
 
1. Tashkiliy qism 
Ishning maqsadi:  
1. Aloqa va axborotlashtirish sohasida o‘lchashlar birliligiga erishish 
mahsulotlar, xizmatlar, texnologiyalarning sifatini va raqobatbardoshligini 
ta’minlash bo‘yicha bajaradigan ishlarning asosidir. O‘lchashlar birliligini 
ta’minlash dunyodagi har bir mamlakat uchun Davlat ahamiyatidagi masaladir. 
Ma’lumki, o‘lchashlar birliligi O‘zbekistonda o‘lchashlar birliligini ta’minlash 
tizimi asosida amalga oshiriladi. 
O‘lchashlar birliligi hozirgi zamon metrologiya faoliyatidagi asosiy 
tushunchasi bo‘lib hisoblanadi va o‘lchashning shunday holatini tavsiflaydiki, unda 
o‘lchash natijalari kattaliklarni qonunlashtirilgan birliklarida ifodalangan ularning 
xatoliklari esa berilgan ehtimollik bilan o‘rnatilgan chegarada bo‘ladi. 
O‘lchashlar birliligi hozirgi zamon metrologiya faoliyatidagi asosiy tushunchasi 
bo‘lib hisoblanadi va o‘lchashning shunday holatini tavsiflaydiki, unda o‘lchash 
natijalari kattaliklarni qonunlashtirilgan birliklarida ifodalangan ularning xatoliklari 
esa berilgan ehtimollik bilan o‘rnatilgan chegarada bo‘ladi. 
O‘lchashlar birliligini ta’minlashning ilmiy asosi bo‘lib o‘lchashlar 
to‘g‘risidagi “Metrologiya” fani hisoblanadi. Hozirgi zamon metrologiya 3 
bo‘limdan iborat: 
− nazariy metrologiya; 
qonuniy metrologiya
− amaliy metrologiya;
O‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimining texnikaviy asoslari bo‘lib 
hisoblanadi: 
− Milliy etalonlar kompleksi bo‘lib ularga kattalik birliklarini takrorlash va saqlash 
uchun mo‘ljallangan. 


− O‘lchash vositalari va o‘lchashlarni bajarish usularining qonuniyligini o‘rnatish 
tizimi. 
− Birliklar o‘lchashligini etalonlardan ular bilan o‘zaro bo‘ysunishda bo‘lgan 
o‘lchash vositalariga uzatish tizimi. 
Tizimning tashqiliy asosi bo‘lib, O‘zbekiston metroxizmati hisoblanadi, 
Davlat metrologiya xizmati va yuridik shaxslarning metrologiya xizmatidan tashqil 
topgan.
Tizimning qonuniy asosi bo‘lib O‘zbekiston Respublikasining 
“Metrologiya to‘g‘risida”dagi qonuni hisoblanadi. 
Metrologiya xizmatining raxbariy va yetakchi markazi bo‘lib metrologiya 
bo‘yicha milliy organ O‘zstandart hisoblanadi. O‘zbekiston standartlashtirish, 
metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (“O‘zstandart agentligi”)ning tashqiliy 
tuzilishi 1-rasmda, “O‘zstandart” agentligi markaziy apparatining tuzilmasi 2-
rasmda ketirilgan. 
Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 5 avgustdagi 373-son «O‘zbekiston davlat 
standartlashtirish, metrologiya va seritifikatlashtirish agentligi tuzilmasini 
takomillashtirish va uning faoliyatini tashqil etish to‘g‘risida”gi qarorinning 3-
ilovasida “O‘zstandart” agentligi to‘g‘risida nizom keltirilgan. 
“O‘zstandart” agentligi tuzilishi quyidagilar kiradi: 

Xududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari (3-rasm); 

Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi hamda uning xududiy sinov 
va sertifikatlashtirish markazlari; 

Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi; 

Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti 
(4-rasm); 

Milliy etalonlar markazi (5-rasm); 

Shtrixli kodlashtirish markazi ; 

Axborot-ma’lumotlar markazi ; 
Yuridik shaxslarning metrologiya xizmati Davlat boshqaruv organlari
birlashmalar va tashqilotlar tomonidan zaruriy xollarda “Bosh metrologiya xizmati” 
yoki “Asos metroogiya xizmati” shaklida ochilishi mumkin. 
O‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimining me’yoriy-xuquqiy asosi bo‘lib 
O‘zbekistonda o‘lchovlar birliligini ta’minlash Davlat sistemasining hujjatlar 
kompleksi hisoblanadi. 
Bu kompleks tarkibiga xalqaro, davlatlararo va milliy me’yoriy va uslubiy 
hujjatlar kiradi. Bu hujjatlar o‘lchashlar birliligini ta’minlash bo‘yicha qancha, 
me’yoriy va ishlarni bajarish tartibini aniqlaydi, bu esa Davlatning ishlab chiqarish 
va iqtisodiy integratsiyasiga va savdodagi to‘siqlarni bartaraf qilinishga imkon 
beradi.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling