11- amaliy mashg‘ulot. O‘lchov vositalarini kalibrlash


Kerakli qurilma va materiallar


Download 1.35 Mb.
bet11/19
Sana22.12.2022
Hajmi1.35 Mb.
#1040877
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
641-20 11-15

Kerakli qurilma va materiallar:

  • Tarkatma material;

  • kompьyuter qurilmasi;

  • o‘kuv qurollari.




  1. Nazariy qism

Me’yoriy xujjatlarning asosiysi bo‘lib bir turdagi maxsulot guruxlariga kuyiladigan talablarni va zarur xollarda muayyan maxsulotga qo‘yiladigan talablarni, ishlab chiqilishini, ishlab chiqarilishini va qo‘llanilishini ta’minlovchi qoidalarni, shuningdek O‘zbekiston respublikasi Prezidenti xuzuridagi Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilanadigan standartlashtirishning boshqa ob’ektlariga kuyiladigan talablarni belgilovchi standart xisoblanadi. Standartlashtirish ob’ektlariga qo‘yiladigan talablarga bog‘liq xolda O‘zbekiston Respublikasi xududida me’yoriy xujjatlarni kuyidagi toifasi amal qiladi:

  • Mustaqil Davlatlar Xamdustligi davlatlarining davlatlararo standartlari (GOST);

  • O‘zbekiston respublikasi standartlari (O’zDSt);

  • O‘zbekiston respublikasi texnikaviy shartlari (TSh);

  • korxonalar, uyushmalar, firmalar, konsernlar va boshqa xujalik sub’ektlarining standartlari (KST);

  • xalkaro, mintakaviy va chet el mamlakatlarining milliy standartlari (ISO, MEK va boshqalar).

O‘zbekiston respublikasi standartlarini (UzRST) “Uzstandart” agentligi, Respublika soglikni saklash vazirligi (SSV) kabilarga biriktirilgan nomenklatura bo‘yicha tasdiklaydilar. Bugungi kunda standartlashtirish, metrologiya va o‘lchash texnikasi - rivojlanish darajasi va sur’ati butun sanoat maxsulotlarining sifat darajasiga aniq ta’sir Ko‘rsatadigan 3 asosiy bug‘indan iborat. O‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi (UDT) natijalari mamlakatning barcha tashqilotlari tomonidan foydalanadigan o‘lchashlar aniqligini baxolash va ta’minlash qismida ilmiy va amaliy faoliyatning metrologik ta’minotini me’yoriy - xukukiy asosi bo‘lib xisoblanadi. Standartlar va UDTning boshqa xujjatlari esa metrologik ta’minotning me’yoriy bazasi bo‘lib xisoblanadi, bundan o‘lchashlar birliligiga va talab etilayotgan aniqligiga erishish uchun zarur bo‘lgan ilmiy va tashqiliy asoslar, texnik vositalar, koidalar va me’yorlarni urnatish va qo‘llash tushuniladi.
O‘lchashlar birliligini ta’minlash Davlat tizimi (UDT)ning standartlashtirish asosiy ob’ektlari kuyidagilar xisoblanadi:

  • fizik kattaliklar birliklari;

  • davlat etalonlari va MDX doirasidagi davlatlararo kiyoslash sxemalari;

  • o‘lchash vositalarini kiyoslash usullari va vositalari;

  • o‘lchash vositalarining me’yorlanayotgan metrologik xarakteristikalari nomenklaturasi;

  • o‘lchashlar aniqligi me’yorlari;

  • to‘g‘rilikni baxolash metodikasi va moddalar va materiallarning xossalari xakidagi ma’lumotlarni takdim etish shakllari;

  • moddalar va materiallarning tarkibi va xossalari standart namunalariga qo‘yiladigan talablar;

  • o‘lchash vositalarining davlat sinovini, kiyoslanishini va metrologik attestatlanishini o‘tkazishni tashqil qilish va tartibi;

  • metrologiya soxasidagi atamalar va ta’riflar.

O‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi yagona nomenklaturani; o‘lchash vositalarining metrologik xarakteristikalarini takdim etish va baxolash usullari; o‘lchashlarni bajarishni standartlashtirish va attestatsiyalash koidalari, ularning natijalarini rasmiylashtirish; o‘lchash vositalarining davlat sinovlarini, kiyoslashni, taftish va ekspertizasini o‘tkazishga qo‘yiladigan talablarni belgilovchi me’yoriy xujjatlar majmuidir.
O‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimining tayanch xujjatlariga raxbariy xujjatlar (RX), metrologik institutlar (MI) metodikalari va boshqalarni kiritish mumkin. Shundan, UDT tayanch standartlari kuyidagilardir:

  • SI xalkaro birliklar tizimi asosida ishlab chiqilgan “Metrologiya. Fizik kattaliklar birliklari.”;

  • Etalonlar va namunaviy o‘lchash vositalarini tasdiklash, saklash va qo‘llash tartibi.”;

  • Kiyoslash sxemalarini mazmuni va tuzilishi”;

  • Metrologiya. Atamalar va ta’riflar” va boshqalar.

Oxirgi ikki standart asosida MDX, doirasida davlat etalonlari va kiyoslash sxemalariga standartlar ishlab chiqiladi.
Muxim tayanch standartlardan biri bo‘lib “O‘lchovlar va o‘lchash asboblarini kiyoslash usullari va vositalari standartlarini tuzish, mazmuni va bayon etishga qo‘yiladigan talablar standarti” xisoblanadi. Ushbu standart va o‘lchash vositalarining texnik talablariga standartlar asosida kiyoslash usullari va vositalariga standartlar ishlab chiqiladi.
Tayanch xujjatlar asosida ishlab chiqiladigan UDT ishchi xujjatlari kuyidagi guruxlarga bo‘linadi:

  • davlat etalonlari va davlat kiyoslash sxemalari standartlari;

  • O‘lchovlar va o‘lchash asboblarini kiyoslash usullari va vositalari standartlari;

  • o‘lchashlarning aniqlik me’yorlari standartlari;

  • o‘lchashlarni bajarishning namunaviy metodikalari standartlari.

Z.Ishni bajarish tartibi





  1. O’zDSt 1.10-98 stanadarti nima maqsadda ishlab chiqilgan

  2. O’zDSt 1.10-98 standarti kanday bo‘limlardan iboratligini yozma tarzda bayon eting

  3. O’zDSt 1.10-98 standarti o‘lchashlar birligini taьminlashda kanday ahamiyatga ega

  4. O’zDSt 1.10-98 standartiga kanday meьyoriy xujjatlar xavola qilingan.Ulardan ikkitasini tushuntirib bering

  5. Standartlashtirish va Metrologiyani bugungi kunda sifatni taьminlashdagi ro‘lini tushuntirib bering. Standart misolida

Nazorat savollari

  1. O‘zbekiston Respublikasi xududida me’yoriy xujjatlarning kanday toifalari amal qiladi?

  2. Idora me’yoriy-texnik xujjatlari nima?

  3. O‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi va uning asoslari nimalardan iborat?

  4. O‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimining standartlashtirish bo‘yicha asosiy ob’ektlari.

  5. O‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimining tayanchvaishchime’yoriyxujjatlarigamisollarkeltiring

  6. GOST va O’zDSt lar to‘g‘risida misollar orkali maьlumot bering.

  7. O‘zbekistonda kanday turdagi xalkaro mikyosida qo‘llaniladigan standartlar amal qiladi



Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling