11- amaliy mashg‘ulot. O‘lchov vositalarini kalibrlash


Xalqaro elektrotexnika komissiyasi


Download 1.35 Mb.
bet15/19
Sana22.12.2022
Hajmi1.35 Mb.
#1040877
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
641-20 11-15

Xalqaro elektrotexnika komissiyasi ( MEK )
Elektrotexnika sohasidagi xalqaro hamkorlik bo‘yicha ishlar 1881 yildan boshlangan, chunki bu yili elektr bo‘yicha birinchi Xalqaro kongress bo‘lib o‘tgan edi. Keyinroq 1906 yili Londonda 13 mamlakat vaqillarining konferensiyasida maxsus idora - xalqaro elektrotexnika komissiyasi tuzish to‘g‘risida bir fikrga kelindi. Bu idora elektr mashinalari sohasi bo‘yicha ata-malar va parametrlarni standartlashtirish masalalari bilan shug‘ullana boshladi.
MEK nizomiga ko‘ra, bu tashqilotning maqsadlari elektrotexnika va radiotexnika va ularga qo‘shni tarmoqlardagi muammolar sohalaridagi standartlashtirish masalalarini xal qilishdir.
ISO va MEK faoliyatlari bo‘yicha farqlanadi, MEK elektrotexnika, elektronika, radioaloqa, asbobsozlik sohalari bo‘yicha shug‘ullansa, ISO esa qolgan boshqa hamma sohalar bo‘yicha standartlashtirish bilan shug‘ullanadi.
Hozirgi vaqtda 41 ta milliy qo‘mitalar MEKning a’zolari hisoblanadi. Bu mamlakatlarda Yer qurrasining 80% aholisi yashab, 95% dunyodagi ishlab chiqarilayotgan elektr quvvatining iste’mol-chisi hisoblanadi. Bu asosan sanoati rivojlangan hamda rivojla-nayotgan mamlakatlardir. MEK ingliz, fransuz va rus tillarida ish olib boradi.
MEKning Oliy rahbar idorasi MEK kengashidir, u yerda mamlakatlarning hamma milliy qo‘mitalari taqdim etilgan. Unda eng yuqori lavozim prezident bo‘lib, u har 3 yil muddatiga sayla-nadi. Bundan tashqari vitse-prezident, g‘azinachi, bosh kotib lavo-zimlari ham bor. MEK har yili bir marta o‘z kengashiga yig‘iladi va o‘z faoliyati doirasidagi masalalarni hal qiladi.
1972 yilga qadar MEK va ISO lar tomonidan yaratilayotgan hujjatlar tavsiya sifatida faoliyat ko‘rsatar edi. 1972 yili esa MEK, ISO larning tavsiyalari xalqaro standartlarga aylantirilishi haqida qaror qabo‘l qilindi.


Metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi Xalqaro tash-qilot (MOZM)
Xalqaro miqyosda metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi xalqaro tashqilot ham mavjuddir. Uni qisqartirilgan holda MOZM (Mejdunarodnaya organizatsiya zakonodatelьnoy metrologii) deb ataladi. Bu tashqilotning asosiy maqsadi - davlat metrologik xizmatlarni va boshqa milliy muassasalarning faoliyatlarini xalqaro miqyosda muvofiqlashtirishdir.
MOZM faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
MOZMga a’zo bo‘lgan mamlakatlar uchun o‘lchash vositalarining uslubiy me’yoriy metrologik tavsiflarining birliligini belgilash; qiyoslash uskunalarini, solishtirish usullarini, etalonlarni tekshirish va attestatlashini, namunaviy va ishchi o‘lchash asboblarini uyg‘unlashtirish; xalqaro ko‘lamda birhillashtirilgan o‘lchash birliklarini mamlakatlarda qo‘llanishini ta’minlash; metrologik xizmatlarning eng qulay shakllarini ishlab chiqish va ularni joriy etish bo‘yicha davlat ko‘rsatmalarining birliligini ta’minlash; rivojlanayotgan mamlakatlarda metrologik ishlarni ta’min etish va ularni zarur texnik vositalari bilan ta’minlashda ilmiy-texnikaviy yordamlashish; metrologiya sohasida turli darajalarda kadrlar tayyorlashning yagona qonun-qoidalarini belgilash.
MOZM ning Oliy rahbar idorasi metrologiyadan qonun chiqaruvchi Xalqaro konferensiyasi hisoblanib, u har to‘rt yilda bir marga chaqiriladi. Konferensiya tashqilotning maqsad va vazifalarini belgilaydi, ishchi idoralarining ma’ruzalarini tasdiqlaydi, byudjet masalalarini muhokama qiladi. MOZM ning rasmiy tili - fransuz tilidir.



Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling