11- mavzu: korxonaning investitsion faoliyati reja: Investitsiyalashning vazifasi va iqtisodiy mazmuni
Samaradorlikni aniqlovchi ko’rsatkichlar
Download 0.8 Mb.
|
1-mavzu. Korxonaning investitsion faoliyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Тi + Yen K min
- V=1/(1+Ye n ) t
Samaradorlikni aniqlovchi ko’rsatkichlar
Investitsion loyiha bu investitsiyani texnik-iqtisodiy asoslash bo’lib, u investitsion faoliyat ishtirokchilarini (mulkdor, tadbirkor, bankiр, davlat va xalqaro tashkilotlar kabilar) iqtisodiy axborotnomasi, ularni o’zaro aloqalarini bog’laydi hamda tushintiradi. Qisqa qilib aytganda investitsiya loyihasi investitsiyadan foydalanish rejasini anglatadi. Investitsiya loyihasini samaradorligini hisoblash - bu investitsiyadan keladigan samara ko’rsatkichlarini aniqlashni anglatadi. Investitsiya loyihasini asosi bu kapital qo’yilmalarga bo’lgan ehtiyojni aniqlashdan iborat. Shu sababli investitsiya loyihasi samaradorligi kapital qo’yilmalar samaradorligi orqali aniqlanadi. Jamiyat miqyosida kapital qo’yilmalar samaradorligi koeffitsiyenti (Ks) milliy daromadning o’sish miqdorini (MD) kapital qo’yilmalar summasiga (Kk) nisbatan aniqlanadi, ya’ni: Korxona miqyosida investitsiya samaradorligi (kapital qo’yilma) koeffitsiyenti (Kks) quyidagicha hisoblanadi. Bu yerda: Mk - yillik ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati; Т - yillik ishlab chiqarilgan mahsulotni tannaрxi; F - yillik foydaning miqdori. Ko’p variantli kapital qo’yilmalar loyihasi samaradorligini aniqlash uchun har bir variantdagi harajatlarni minimumga keltirish yo’li bilan aniqlanadi. Ya’ni: Тi + Yen K min Bu yerda: Тi - i variantdagi harajatlar; Yen - kapital qo’yilmalar samaradorligi koeffitsiyenti; K - kapital qo’yilmalar summasi. Solishtirilayotgan variantlar har xil davrga mo’ljallangan bo’lsa, bunday sharoitda variantlar (V) keltirilgan koeffitsiyentlar bo’yicha aniqlanadi, ya’ni: V=1/(1+Yen)t Bu yerda: Yen - har xil davrdagi harajatlarni keltirish normativi; t - mablag’larni ishga tushirishdan samara olgungacha bo’lgan vaqt. Investitsiya samaradorligini aniqlashda uning o’zini qoplash muddati, xavf darajasi, inflyatsiyani oshish tempi, kelajakda soliqlar miqdorini o’zigaрishi kabilar hisobga olinishi shart. Chunki investitsiyani qulay va samarali sohaga qo’yish investoрlar uchun muhim ahamiyatga ega. Jahon amaliyotidan shu ma’lumki pulni banklarda saqlash eng qulay hisoblanadi, chunki omonatchi undan foiz oladi. Pulni investitsiya qilish (ishlab chiqarishga qo’yish yoki qimmatbaho qog’ozlar sotib olish) investorga faqatgina unga bank tamonidan beriladigan foizdan ko’pрoq daromad keltiрsagina foydaliрoq bo’ladi. Bu investoрlar uchun birinchi qoida bo’lib hisoblanadi. Investorlarning ikkinchi qoidasi - investitsiya rentabelligi inflyatsiya darajasidan yuqori bo’lishi kerak. Shunday qilib, investitsiya samaradorligini hisoblaganda yuqorida keltirilgan qoidalarda keltirilgan ko’rsatkichlarni solishtirma tahlili katta ahamiyatga ega. Investitsiya loyihasini baholashda harajatlar va daromadlarini har xil davrga solishtirma tahlili katta ahamiyatga ega. Chunki harajatlar biron davrda ishlatiladi, daromad esa nafaqat biron davrdan kegin, u asosan harajatlar amalga oshirgandan keyin kela boshlaydi. Shu sababli davriy pul qiymati degan tushuncha ishlatiladi. Ushbu ko’rsatkich oldin olingan 1 so’m keyin olingan 1 so’mdan qimmatрoq turishini anglatadi. Shu sababli iqtisodiy va moliyaviy tahlilda so’mning joriy va kelajakdagi qiymatini hisoblaydi, tahlil qiladi. Bunday hisob-kitoblar diskontiрovaniya deb yuрitiladi. Diskontlashtirish investitsiya yoki pul oqimlarini kelgusidagi qiymatining joriy bahoda ifodalanishi tushuniladi. Diskontlashtirish murakkab foyiz hisoblashning teskaрi jarayonidir. Murakkab foiz usuli orqali investitsiyaning kelajak qiymati (Ik.q.) quyidagicha aniqalanadi: Ik.q.=Ij.q.(1+Ch)p, bu yerda: S j.q. - investitsiyani joriy qiymati; Ch - bank foyizi stavkasi; p - yillar soni. Masalan: bank foizi 10% bo’lgan holda 5 yildan keyin 1 so’mning qiymati = 1(1+0,1)5 =11,55=1,55 so’mni tashkil qiladi. Ushbu ko’rsatkichni diskontlashtirish usuli bilan investitsiyaning joriy qiymati aniqlanadi. Buning uchun investitsiyani kelajak qiymatini (1+bank foyizi) mo’ljallangan yillar soni darajasiga bo’lish bilan aniqlanadi, ya’ni: Masalan: bank foyizi 10% bo’lgan holda 20 yildan keyingi 1 so’mning joriy qiymati =1:(1+0,10)20=1:1,1020=1:6,7=0,15 so’mni tashkil qiladi. Shunday qilib diskontlashtirish yilma yil ketma-ketlikda daromadlar, harajatlar potoklarini diskont stavkasiga asosli bir-biriga keltirish yo’li orqali kelajakdagi daromad va harajatlarni joriy qiymatini belgilab olish uchun investitsiyani iqtisodiy va moliyaviy tahlil qilishda ishlatiladi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling