11- mavzu: korxonaning investitsion faoliyati reja: Investitsiyalashning vazifasi va iqtisodiy mazmuni
Download 0.8 Mb.
|
1-mavzu. Korxonaning investitsion faoliyati
Loyiha ishtirokchilari riski – ishtirokchilarning loyiha faoliyati doirasida
o‘z majburiyatlarini anglagan holda yoki majburiy tarzda bajarmaslik riski. Loyiha smeta qiymatining oshish riskiga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin: loyihalash jarayonidagi xatolar, pudratchilarning resurslardan samarali foydalanishni ta’minlay olmasligi, loyihani amalga oshirish shartlarining o‘zgarishi v.b. Qurilishni o‘z vaqtida tugallanmaslik riskiga quyidagilar ta’sir ko‘rsatadi: pudratchilarning o‘z majburiyatlarini bajarmasliklari; tashqi shart-sharoitlarning o‘zgarishi, qurilish ishlari muddatining cho‘zilib ketishi natijasida qo‘shimcha xarajatlar kelib chiqishi: kredit bo‘yicha foizlarni hisoblash, narxlarning inflyatsiya natijasida o‘sishi oqibatida ish va material qiymatining oshishi kabi qo‘shimcha xarajatlarni keltirib chiqaradi. Ish va obyekt sifatining pastligi riski - pudratchilar majburiyatining buzilishi, loyihalashtirishdagi xatolar va boshqalar natijasida kelib chiqishi mumkin. Konstruktsion risk - investitsiya fazasidayoq loyihaning texnik amalga oshmaslik riski. Texnologik risk - ishlab chiqarish texnologiyalarining sanoat darajasida qo‘llanilmasligi natijasida ma’lum texnik-iqtisodiy parametrlardan obyekt ekspluatatsiyasidagi cheklanishlar riski. Ishlab chiqarish riski - ishlab chiqarish jarayonida kamchiliklarning yuzaga kelish riski. Boshqaruv riski - ishlab chiqarish riskining bir turi, boshqaruvchi shaxs tajriba va malakasini yetarli darajada emasligi natijasida ro‘y beradi. Sotish riski - loyiha mahsuloti sotish hajmining va shu mahsulot bahosining kamayish riski. Moliyaviy risk. Bu riskning loyiha faoliyatidagi asosiy turlari: kredit riski; valyuta riski; foiz stavkasining o‘zgarish riski. Kredit riski - loyihani amalga oshirayotgan tashkilotning kreditor bankka kredit shartnomasi bo‘yicha to‘lov majburiyatlarini to‘liq yoki umuman to‘lay olmaslik riski. Valyuta riski - risk loyiha mahsuloti mahalliy bozorda sotilganda va hokimiyat mahsulotni milliy valyutada sotilishini talab qilayotgan paytda yuqori bo‘ladi. Foiz stavkasining o‘zgarish riski - risk kredit resurslari o‘zgaruvchan stavkada qo‘llanilganda ro‘y beradi. Mamlakat riski - tashqi loyiha risklariga tegishli bo‘lib, uning mazmuni shundaki, loyiha amalga oshirilayotgan mamlakatning ijtimoiy-siyosiy jarayonlari va davlatning siyosati loyiha faoliyati uchun jiddiy qiyinchiliklar yaratishi va hatto loyihani barbod qilishi ham mumkin. Siyosiy mamlakat riski - hukumatning chet el investorlari va kreditorlari ishtirokidagi loyiha faoliyatini to‘xtatish yoki cheklashga qaratilgan harakati bilan bog‘liq. Iqtisodiy mamlakat riski davlatning loyihani amalga oshirilishi sharoitida qo‘llaydigan soliq, valyuta, bojxona va boshqa iqtisodiy shart- sharoitlarni o‘zgartirishi bilan bog‘liq. Ma’muriy risklar - loyiha kompaniyalari va loyiha faoliyatining boshqa ishtirokchilarini davlat nazorat va tartibga solish boshqarmalaridan turli litsenziyalar ruxsatlarni olishi bilan bog‘liq. Huquqiy risk - risk qaysidir darajada mamlakat, ma’muriy va boshqaruv risklari bilan bog‘liq. Fors-major riski - loyiha faoliyatiga tegishli bo‘lmagan tashqi risklardan biri bo‘lib, unga yer silkinishi, yong‘inlar, suv toshqini, bo‘ronlar va boshqa tabiiy hodisalar taalluqli. 1 O’zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi Qonuni, 2014 y 9 dekabr. 3 – modda. 2 YUNIDO - Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) tashkiliy bo`linmasi bo`lib, uning asosiy vazifasi BMTga a’zo mamlakatlar sanoatini rivojlanishiga yordam berishdir. 3 Uzoqov A., Nosirov E., Saidov R., Sultonov M. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va ularning monitoringi: O`quv qo`llanma. T.: Iqtisod-moliya, 2006. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling