11- mavzu: korxonaning investitsion faoliyati reja: Investitsiyalashning vazifasi va iqtisodiy mazmuni
Xatarlar va ularning investitsion loyihadagi zarari
Download 0.8 Mb.
|
1-mavzu. Korxonaning investitsion faoliyati
7.Xatarlar va ularning investitsion loyihadagi zarari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsion loyihalarni amalga oshirish turli xil risklar bilan bog‘liq bo‘ladiki, bu ularni bartaraf etishining samarali va optimal variantlarini ishlab chiqishni hamda risklarni samarali boshqarishni taqozo etadi. Lekin har qanday sharoitda ham, eng avvalo, loyihalarni amalga oshirishda duch kelishi mumkin bo‘lgan risklarni baholash, tahlil etish eng dastlabki qadam bo‘lib qolaveradi. O‘zbekiston sharoitida investitsion loyihalarni ishlab chiqishda ularning risklilik darajasini hisobga olish, baholash va aniqlash, ehtimolligi mavjud bo‘lgan risk hamda noaniqliklarni pasaytirish yoki bartaraf etish yo‘llarini aniqlash eng muhim vazifalardandir. Investitsiya faoliyati ma’lum miqdordagi moliyaviy resurslarni talab qiladi. Bu sarflangan resurslardan investorlar ma’lum daromad, foyda olishni ko‘zlaydi. Mazkur foyda esa investorlarning xarajatlarini, inflyatsiya omilini, tadbirkorlik riskini qoplashi lozim. Ammo amaliyotda investorlar har doim ham kutilgan, rejalashtirilgan natijalarga erisha olmaydilar. Buning asosiy sabablaridan biri - risklarning mavjudligidir. Investitsion faoliyatda risk - investitsiyalarni qisman yoki to‘liq yo‘qotish, kutilgan daromaddan kamroq foyda olish va loyihada ko‘zlangan maqsadlarga erisha olmaslik xataridir. Loyihadan qanchalik ko‘p miqdorda daromad kutilsa, u shunchalik yuqori riskli hisoblanadi. “Risk” so‘zi Yevropaning ko‘p tillarida mavjud. Misol uchun greklarda “ridsikon” so‘zi “qoya”, “cho‘qqi” ma’nosini bildiradi. Italiyaliklar tilida “risiko” so‘zi “xatar”, “tahdid” ma’nosini, “risicare” so‘zi “qoyadan mohirona o‘tish” ma’nosini bildiradi. Fransuzlardagi “risdoe” so‘zi “tahdid”, “qoyani aylanib o‘tmoq” ma’nosini beradi. Risk - bashorat qilinayotgan loyihani amalga oshirishda haqiqiy sharoitlardan ozgina chekinilganda daromadlarni ola olmaslik yoki zararlarning paydo bo‘lib qolish ehtimolidir. Risk kutilishi mumkin bo‘lgan xatar bo‘lib, investitsiyadan mo‘ljallangan foydani olish jarayoniga xos bo‘lgan noumidsizlikdir. Risklarning paydo bo‘lish sabablari turlichadir. Masalan, ma’lumotlarning tanqisligi yoki to‘liq bo‘lmasligi, tashqi va ichki muhitdagi harakatlar (raqobatchilar, ishchilar holati, hukumat va boshqalarning harakatlari) va h.k. “Risk” tushunchasiga juda yaqin bo‘lgan “noaniqlik” tushunchasi riskning aniq turlarini tasniflash uchun sinonim sifatida qo‘llaniladi. Noaniqlik – investitsion loyihani amalga oshirish shart-sharoitlari haqidagi ma’lumotlarning to‘liq yoki aniq emasligidir. Masalan, inflyatsiya haqidagi, texnika-texnologiyalardagi o‘zgarishlar haqidagi, loyiha quvvatining, obyektning qurilish va foydalanishga topshirish muddatlari, xarajat va natijalarning noto‘g‘ri hisob-kitob qilinishi kabi ma’lumotlarning to‘liq yoki aniq emasligi natijasida noaniqlik yuzaga keladi. Loyihani amalga oshirish jarayonida yuzaga kelish imkoniyati bilan bog‘liq ko‘ngilsiz holatlar va oqibatlar risk tushunchasi bilan izohlanadi. Risk bilan noaniqlikning farqi shundaki, natijalar ehtimolligi joriy davr ma’lumotlari asosida baholanayotgan vaqtda risk e’tiborga olinadi. Noaniqlik esa bunday ehtimollik o‘tgan va kelasi davr ma’lumotlari yetishmasligi yoki to‘liq emasligi sababli subyektiv aniqlangan vaqtda e’tiborga olinadi. Har qanday holda ham kelgusi iqtisodiy holatlar istiqbolini belgilash (inflyatsiya, foiz stavkasi, talab va taklif, ishlab chiqarish, sotish hajmi v.b.) kelajakning ma’lum emasligi sababli faqat taxminiy va noaniq natijalar bo‘lishi mumkin. Chunki o‘tgan davr ma’lumotlari asosida faqat noma’lum, kelajakda yuz berishi mumkin yoki bo‘lib o‘tgan rivojlanish tendensiyasini aniqlash mumkin. Investitsion qaror bir qator kutilishi mumkin bo‘lgan oqibatlarga ega bo‘lgan hollarda, qaror riskli yoki noaniqliklarga ega deb ataladi. Bugungi kunda biz nafaqat risklar haqida ma’lumotlarga egamiz, balki ularni tahlil qilib, baho berib, risklarni boshqarish imkoniyatiga egamiz. Lekin tahlilni ham, risklar boshqaruvining ham birinchi bosqichi, ya’ni ya’ni risk turini aniqlashdir. Investitsiya risklarini turli belgilar bo‘yicha tasniflash mumkin: Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling