Investitsion loyihalarining samaradorligini baholashning uslubiy asoslari
Investitsion loyiha bu investitsiyani texnik-iqtisodiy asoslash bo’lib, u investitsion faoliyat ishtirokchilarini (mulkdor, tadbirkor, bankiр, davlat va xalqaro tashkilotlar kabilar) iqtisodiy axborotnomasi, ularni o’zaro aloqalarini bog’laydi hamda tushintiradi. Qisqa qilib aytganda investitsiya loyihasi investitsiyadan foydalanish rejasini anglatadi.
Investitsiya loyihasini samaradorligini hisoblash - bu investitsiyadan keladigan samara ko’rsatkichlarini aniqlashni anglatadi.
Har qanday investor yoki xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun investitsion qarorlar qabul qilish juda qiyin vazifa hisoblanib, bunda asosiy me’zon investorning boyligini ko‘paytirish, korxonaning qiymatlarini oshirish me’zonlariga qaratiladi. Uning omillari – korxona daromadlari o‘sishi, moliyaviy risk yoki ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishi, korxona ishlari samaradorligi darajasini oshirish hisoblanadi.
Investitsiya loyihalari bo‘yicha bunday natijalarga erishish uchun, har qanday loyihaning samaradorligini baholash zarur bo‘ladi. Shunday qilib, ivestitsiya loyihalarining samaradorligini aniqlash muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Chunki loyihaning samaradorligini baholash darajasidan qo‘yilgan kapitalning qaytib kelish muddati, korxonaning rivojlanish sur’ati hamda boshqa ijtimoiyiqtisodiy muommalarni hal qilish imkonini beradi.
Chet el mamlakatlarining tajribasini, shu bilan birga, YUNIDO2 (United Nations Industrial Development Organization) tavsiyalarini hisobga olgan holda investitsiya loyihalarining samaradorligini baholash ikki me’zon asosida, ya’ni moliyaviy va iqtisodiy baholash orqali amalga oshiriladi.
Investitsiya loyihasi samaradorligini baholashning bu ikkala me’zoni ham bir-birini to‘ldirib turadi.
Moliyaviy baholash investitsiya loyihasini amalga oshirish jarayonidagi likvidligini tahlil qilishda ishlatiladi. Boshqacha aytganda, moliyaviy baholash vazifasi, loyihani belgilangan muddatlarda amalga oshirish uchun, uning jami moliyaviy majburiyatlarini bajarishga korxonaning yetarli moliyaviy resurslari bo‘lishini belgilashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |