11-Amaliy Mavzu. Mashinasozlik korxonalaridagi texnologik jarayonlarni o`rganish Ishdan maqsad
Download 32 Kb.
|
11-Amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnologik jarayon
- Texnologik amal
11-Amaliy Mavzu.Mashinasozlik korxonalaridagi texnologik jarayonlarni o`rganish Ishdan maqsad: Texnologik jarayonni tuzilishi va ishlab chiqarish turini uning xarakteristikasiga qarab aniqlashni o’rganish. Nazariy ma’lumotlar Ishlab chiqarish jarayoni xom-ashyodan yoki chala mahsulotdan tayyor mahsulot olish uchun bajariladigan barcha jarayonlar (ishlar) yig’indisidan iborat. Ishlab chiqarish jarayoniga faqatgina asosiy jarayonlar: mashina detallariga mexanik ishlov berish ularni yig’ish kirmasdan, balki yordamchi turdagi jarayonlar: detallarni tashish, nazorat qilish, kesuvchi asboblar va moslamalarni tayyorlash kabi jarayonlar ham kiradi. Texnologik jarayon material yoki xom-ashyodan tayyor mahsulot olish maqsadida ularning shaklini, o’lchamlarini va hususiyatlarini belgilangan texnik talablar asosida ketma-ket o’zgartirishdan iborat. Mexanik ishlov berish texnologik jarayoni ishlab chiqarish jarayonining bir qismidir. Ishlab chiqarish jarayoni quyidagi davrlardan iborat bo’ladi: xom-ashyo tayyorlash – quyish, bolg’alash, shtamplash yoki prokatdan tayyorlanadigan materiallarga birlamchi ishlov berish; mashina detallarini yakuniy shakl va o’lchamlarga keltirish uchun metall kesish dastgohlarida ishlov berish; yig’ma birikmalar, agregatlar yoki mexanizmlarni hosil qilish; mashina yoki mahsulotni yakuniy yig’ish; mashina yoki mahsulotni sozlash va sinash; mashina yoki mahsulotni bo’yash va ularni konservatsiya qilish. Ishlab chiqarishda bajariladigan texnologik jarayonlarning barcha amallarida texnik nazorat o’tkaziladi. Texnik nazorat o’tkazishdan maqsad mahsulotni talab qilingan texnik shartlarga javob bera olishini tekshirishdan iborat. Mexanik ishlov berish texnologik jarayoni kam material va mehnat resurslarini sarflagan holda talab etilgan texnik shartlar asosida tayyor mahsulot yaratishga qaratilgan bo’lishi kerak. Texnologik jarayonlar GOST 1.109-73 asosida loyihali, ishchi, donaviy, namunaviy, standart, vaqtli, taraqqiy xarakterdagi (kelgusida qo’llaniluvchi), marshrutli, amal uchun va marshrutli-amalli bo’lishi mumkin. Texnologik jarayon tarkibi Texnologik jarayonini maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirish uchun tayyorlanayotgan detalning qaysi yuzalariga va qanday ketma-ketlikda ishlov berishni ifodalovchi reja tuziladi. Ushbu rejada detal yuzlariga ishlov berish usullari keltiriladi. Shu maqsadlarda mexanik ishlov berish texnologik jarayoni alohida qismlarga bo’linadi, bu qismlarning yig’indisi uning tarkibini tashkil etadi. Texnologik jarayon quyidagi tarkibiy qismlarga bo’linadi: texnologik amal; holat; o’tish; yurish; harakatlar yig’indisi. Texnologik amal texnologik jarayonning bir qismi bo’lib, bir ish o’rnida (bir yoki bir necha ishchi tomonidan) ketma-ket bajariladigan ishlar yig’indisidan iborat. O’rnatish amalning bir qismi bo’lib, detalning (dastgoh turiga qarab bir necha detalning) bir marta mahkamlaganda bajariladigan ishlar yig’indisidan iborat. Dastgohga o’rnatilgan yoki mahkamlangan hom-ashyo uning ishchi organalariga nisbatan stolini aylanishi yoki siljishi natijasida yangi holatni egallash mumkin. Xolat detalning bir marta mahkamlagan holatida dastgohning ishchi organlariga nisbatan egallagan holati. Holatni o’zgarishi dastgoh stolining aylanishi yoki siljishi natijasida bo’ladi. Masaslan: ko’p shpindelli ko’p xolatli dastgohlarda. Amal texnologik va yordamchi o’tishlarga bo’linadi. Texnologik o’tish texnologik amalni tugallangan qismi bo’lib, detalning ishlov berilayotgan yuzasini, kesuvchi asbobning va kesish maromlarining doimiyligi bilan xarakterlanadi. Yordamchi o’tish texnologik amalning tugallangan qismi bo’lib, ishchining va (yoki) dastgohning xarakatlari yig’indisidan iborat. Yordamchi o’tish natijasida detalning shakli, o’lchamlari va xususiyatlari o’zgarmaydi. O’tish o’z navbatida ishchi va yordamchi yurishlardan iborat bo’ladi. Ishchi yurish texnologik o’tishning tugallangan qismi bo’lib, kesuvchi asbobni, ishlov berilayotgan yuzani doimiy saqlagan holda detaldan ma’lum qatlamni kesib olish bilan bog’liq bo’ladi. Yordamchi yurish texnologik o’tishning tugallangan qismi bo’lib, kesuvchi asbobni ishlov berilayotgan detalga nisbatan metalni kesib olmagan holda bir marta siljishidan iborat. Bu o’tish kesish jarayonini takroran amalga oshirish uchun kesuvchi asbobni kerakli holga qaytarish uchun zarur bo’ladi. Download 32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling