11-боб. Аудиторлик танлаш


Auditorlik tanlash usullari, tanlash uslubini shakllantirish, tanlash risklari va


Download 161.56 Kb.
bet13/22
Sana18.06.2023
Hajmi161.56 Kb.
#1592602
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
Bog'liq
Audit kurs ishi

2. Auditorlik tanlash usullari, tanlash uslubini shakllantirish, tanlash risklari va
natijalarini baholash
Auditni rejalashtirish bosqichida aniqlangan muhimlik va auditorlik riskining kattakichikligiga
bog’liq holda auditorlik tanlash jarayoni qay tarzda amalga oshirilishini aniqlash zarur.
Ushbu jarayonni amalga oshirish №14-«Audi-torlik tanlash» nomli AFMSga muvofiq tartibga
solinadi. Xususan, ushbu standartda auditorlik tanlash maqsadi, mohiyati va usullari; tanlash
tamoyillari, tanlash risklari va natijalarini baholash masalalari bayon etilgan. Auditorlik tanlash
tekshiriladigan to’plam ob’ektlarining 100 %dan kam qismiga nisbatan auditorlik amallarini
qo’llash maqsadida o’tkaziladi. Tekshiriladigan to’plam deganda schyotlarning qoldiqlarini yoki
muomalalarni tashkil etuvchi, schyotlar bo’yicha oborotlarni tashkil etuvchi butun tekshiriladigan
to’plam haqida fikr shakllantirishga imkon beradigan auditorlik dalil-isbotlarni to’plash uchun zarur
bo’ladigan elementlar tushuniladi.
Auditorlik tanlash uslubini shakllantirish uchun auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobotning
muayyan bo’limini, tekshiriladigan to’plamni tekshirish tartibini aniqlashi lozim. Tekshiriladigan
element ushbu to’plamdan tanlab olinadi.
Tanlov o’tkazishda auditorlik tashkiloti o’rganiladigan butun to’plamni alohida guruhlar
(quyi to’plamlar)ga bo’lishi mumkin. Ushbu guruhlar elementlari bir-biriga o’xshaydi. To’plamni
bo’laklash mezonlari, uning qaysi guruhga tegishli ekanligini aniq ko’rsata oladigan bo’lishi lozim.
Ushbu amal stratifikatsiya deb nomlanib, ma’lumotlarning tarqoqligini pasaytiradi. Bu esa o’z navbatida
auditor ishini engillashtirishi mumkin.
Auditorlik tanlashga qo’yiladigan muhim talablardan biri- reprezentativlik, ya’ni
tekshiriladigan to’plamning barcha elementlaridan teng miqdorda tanlanish ehtimolining
ta’minlanishidir. Auditorlik tashkiloti ushbu talabni ta’minlash uchun quyidagi statistik usullarning
birortasidan foydalanishi mumkin:
1) Tasodifiy tanlash. Tasodifiy sonlar jadvali bo’yi-cha o’tkazilishi mumkin.
2) Sistematik tanlash. Bunda elementlar tasodifan tanlangan ma’lum bir sondan boshlab, har
bir doimiy –intervaldan tanlab olinadi. Interval yoki to’plam elementlarining soniga qarab, yoki
ularning qiymatiga qarab tuziladi. Masalan, mazkur toifadagi hujjatlarning har o’ninchisini
o’rganish yoki elementlar to’plami qiymatidan saldo yoki oborotni shakllantiradigan yuz ming
(yoki million) so’mlik qiymat ifodalangan hujjat tanlanadi.
3) Uyg’unlashgan tanlash. Tasodifiy va sistematik tanlash usullaridan tarkib topgan
uyg’unlik ko’rinishida bo’ladi.
Auditorlik tanlash masalasiga nazariy jihatdan yondashilganda, hatto ushbu maqsad uchun
tanlash uslubini ishlab chiqadigan matematiklar mehnati talab qilinsada, yuqorida keltirilgan tanlash
usullaridan istalgan birini qo’llash uncha murakkab ko’rinmaydi. Murakkablik tanlash jarayonini
bevosita amaliyotda bajarish chog’ida vujudga keladi.
Auditorlik tanlashda statistik usullarni qo’llash har biridagi elementlar o’xshash xossalarga
ega bo’lgan to’plamlar (quyi to’plamlar)ga nisbatan qo’llanganda samarali bo’lishi mumkin.
Masalan, bu mahsulot (ish, xizmat) larni sotish cho-g’ida xaridorlarga taqdim etiladigan schyotfakturalarni
tekshirishda qo’llanilishi mumkin. Chunki, schyot-fakturalar yagona shaklga ega, bitta
faylda saqlanadi va ketma-ket tartib raqami beriladi. Ammo, mol etkazib beruvchilardan olingan
schet-fakturalarni tekshirishda, ularning mol etkazib beruvchilar tomonidan raqamlanishi va tartib
raqamlari kelib tushish tartibiga mos kelmasligi bilan bog’liq muammolar yuzaga keladi. Bu holda
auditor, agar statistik tanlash usullarini qo’llamoqchi bo’lsa, tekshiriladigan to’plamdagi barcha
schet-fakturalarni o’zi raqamlab chiqishi mumkin (faqat tekshiruv maqsadida). Ko’p hollarda esa
mijoz-korxonadagi hujjatlar aylanish grafigining tuzilish printsipi statistik tanlashni to’g’ri amalga
oshirishga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Chunki, hujjatlarni arxivga topshirishda stratifikatsiyalashni amalga
oshirishga imkon beradigan bir xillik buziladi.
Auditorlik tanlashda statistik usullarni qo’llash ko’proq mijoz-korxonada buxgalteriya
hisobi kompyuterlashgan sharoitda samara beradi. Bu holda tekshirishning kompyuterlashgan
vositalaridan foydalanish imkoni bo’ladi.
Tekshiriladigan to’plamdagi elementlar soni statistik usullarni qo’llash samara bermaydigan
darajada kam, yoki statistik usullarni qo’llash yoppasiga tekshirishdan ko’ra samarasiz bo’lishi
mumkin. Bunday hollarda auditorlik tashkiloti buxgalteriya hisobi schetlarida qoldiq va
oborotlarning to’g’ri aks ettirilganligini yoki nazorat tizimini yoppasiga tekshiradi. Amaliyotda
ko’p hollarda tekshiriladigan bosh to’plamni 100% to’liq tekshirish imkoni yo’q yoki maqsadga
muvofiq bo’lmaydi. Bunda tekshiriladigan elementlarni tanlash auditorlarning kasb mahoratiga
tayangan holda amalga oshiriladigan nostatistik usullar qo’llaniladi. Tanlash ko’lami muhimlik
darajasiga bog’liq bo’lishi kerak, ya’ni muhimlik darajasi qanchalik past bo’lsa, zarur bo’ladigan
tanlash ko’lami shuncha yuqori bo’ladi.
Har qanday tanlash (statistik yoki nostatistik) uchun auditorlik tashkiloti quyidagilarni
bajarishi lozim:
 tanlashga tushgan har bir xatoni tahlil qilish;
 tanlash jarayonida olingan natijalarni barcha tekshiriladigan to’plamga tarqatish
(ekstrapolyatsiya);
 tanlash risklarini baholash.
Tanlovga tushgan xatolarni tahlil qilishda auditorlik tashkiloti birinchi navbatda ularning
tavsifini aniqlashi lozim.
Auditorlik tanlash jarayonida olingan natijalarni auditorlik tashkiloti barcha tekshiriladigan
to’plamga tarqatishi lozim. Natijalarni butun to’plamga tarqatish uslublari turlicha bo’lishi mumkin,
ammo hamma vaqt tanlovning tuzilish uslublariga mos kelishi kerak. Agar tekshiriladigan to’plam
quyi to’plamlarga bo’laklangan bo’lsa, u holda natijalarni tarqatish ularning har biri bo’yicha
amalga oshiriladi.
Auditorlik tashkiloti tanlov hajmi (ko’lami)ni aniqlash chog’ida tanlash risklarini, yo’l
qo’yiladigan va kutiladigan xatolarni aniqlashi lozim.
Tanlash riskining mazmuni shundan iboratki, tanlab olingan ma’lumotlar asosida tuzilgan,
ma’lum masalaga doir auditorning fikri xuddi shu masalaning o’zi bo’yicha butun to’plamni
o’rganish asosida tuzilgan fikrdan farq qiladi. Tanlash riski nazorat vositalarini test sinovidan
o’tkazishdagi kabi, schyotlar bo’yicha qoldiq va oborotlarni buxgalteriya hisobida aks ettirishning
to’g’riligini batafsil tekshirishda ham mavjud. Auditorlik amaliyotida nazorat vositalarini test
sinovidan o’tkazish va schyotlar bo’yicha qoldiq hamda oborotlarning to’g’riligini tekshirish uchun
tanlash risklari birinchi darajali va ikkinchi darajali toifalarga bo’linadi.
Nazorat vositalarini test sinovidan o’tkazishda tanlash risklarining quyidagi turlari mavjud:
a) birinchi toifa risklar-tanlash natijalari nazorat tizimining ishonchsizligidan dalolat berib,
ayni paytda haqiqatan bu tizim ishonchli bo’lganida to’g’ri gipotezani chiqarib tashlash riski;
b) ikkinchi toifa risklar-tanlash natijalari nazorat tizimining ishonchliligidan dalolat berib,
ayni payida ushbu tizim ishonchsiz bo’lganida noto’g’ri gipotezani qabul qilish ehtimoli.
Schyotlar bo’yicha qoldiq va oborotlarni buxgalteriya hisobida aks ettirishnig to’g’riligini
batafsil tekshirishda quyidagi tanlash xatarlari mavjud:
a) birinchi toifa xatarlar -tanlash natijalari tekshiriladigan to’plamda jiddiy xatolar
mavjudligidan dalolat berib, ayni paytda ushbu to’plamda bunday xatolar yo’q bo’lganida to’g’ri
gipotezani chiqarib tashlash xatari;
b) ikkinchi toifa xatarlar -tanlash natijalari tekshiriladigan to’plamda jiddiy xatolar
yo’qligidan dalolat berib, ayni paytda ushbu to’plamda jiddiy xatolar mavjud bo’lganida noto’g’ri
gipotezani qabul qilish xatari.
Auditorlik tashkiloti auditorlik tanlashning barcha bosqichlarini va uning natijalari tahlilini
auditorning ishchi hujjatlarida aks ettirishi shart.

Download 161.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling