11-боб. Аудиторлик танлаш


Auditorlik dalillarini to’plash vositasi sifatida tanlash va umumlashtirlgan dasturiy


Download 161.56 Kb.
bet14/22
Sana18.06.2023
Hajmi161.56 Kb.
#1592602
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Bog'liq
Audit kurs ishi

3. Auditorlik dalillarini to’plash vositasi sifatida tanlash va umumlashtirlgan dasturiy
ta’minot sharhi
Auditda tanlash ichki nazoratni va schetlar qoldiqlarini hamda ularning tasdiqlanganligini
tekshirish uchun foydalaniladi va tekshirlayotgan hisobot davrida amalga oshirilgan operatsiyalarni
barchasini to’liq tekshirish imkoni bo’lmaganda qo’llaniladi. Chunki moliyaviy hisoboti
tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning hajman kattaligi va ularda sodir bo’lgan
muomalalarning murakkabligi hamda qo’pligidan, mazkur muomalalarni tekshirish iqtisodiy
jihatdan imkonsiz hisoblanadi. Auditor hujjatlarni tekshirish, hisob – kitoblarni takror bajarish yoki
tasdiqlarni jo’natish kabi amallarni bajarganda tanlash usullaridan foydalanish maqsadga muvofik
bo’ladi. Shuningdek, shuni ta’kidlash lozimki boshqa auditorlik amallaridan, jumladan so’rov,
ko’zatish va ko’pchilik tahliliy amallaridan foydalanishda tanlashdan foydalanish maqsadga
muvofiq hisoblanmaydi.
To’liq auditorlik tekshiruvi tanlashni o’z ichiga oladi, chunki auditor hisobot davrida amalga
oshirilgan barcha operatsiyalarni to’liq tekshirish imkoniyati mavjud emas. Lekin auditor schetlar
qoldiqini tashkil etadigan asosiy hajimning batartibligi (akkuratnost) xaqida xulosalar qilishi lozim.
Har bir auditorlik tekshiruvida ichki nazoratni testlash yoki schetlar qoldig’ini bevosita tekshirish
uchun tanlab olishning ayrim shakllari mavjud bo’ladi, chunki auditor doimiy ravishdan mumkin
qadar etarlicha ishonchli dalillar yig’ishga xarakat qiladi. Auditor bosh to’plam to’g’risida ishonchli
xulosa chiqarish uchun riskni pasaytirmoqchi bo’lsa tanlash bosh to’plam uchun reprezentativ
bulmog’i kerak. Tanlashning reprezentativ bo’lish ehtimolini oshirish uchun u etarlicha miqdorga
ega bo’lgan va muvofiq keladigan bosh to’plamdan olinishi lozim.
Auditning umumlashtirilgan dasturiy ta’minoti (AUDT). Bu dasturiy ta’minotlar aynan
auditorlar uchun ishlab chiqilgan. AUDTdan 100% muvofiq bosh to’plamnini testlashni
soddalashtirish va avtomatlashtirish uchun foydalanish mumkin, u shuningdek, auditorni risk yuqori
bo’lgan ma’lum soxalarga yoki operatsiyalar toifasiga e’tiborni qaratishga yordam beradi. AUDT
dasturiy ta’minoti ma’lumotlarni o’qish, ishlov berish va yozish uchun yaratilgan. Auditorlar
AUDTdan mijozning kompyuterlashtirilgan ma’lumotlarini yuklab olishda foydalanishlari mumkin:
shundan keyin dasturiy ta’minot ma’lumotlarga nisbatan ko’p yo’llar orqali ulanishi mumkin.
Masalan, ma’lumotlar ko’rib chiqilishi, ajratilishi, umumlatirilishi, stratifikatsiyalanishi, tahlil
qilinishi va tanlab olish uchun foydalanilishi mumkin. Auditorlarni qiziqtiradigan AUDTning
boshqa funktsiyalari tarkibiga dublikat elementlarni, jumladan dublikat schet –fakturalar, sanalar
orasida uzilishlar va chek nushalari ma’lumotlaridagi uzilishlarni aniqlashni o’z ichiga oladi.
Amaliyotda siz AUDTni hammaga ma’lum bo’lgan Excel elektron jadvaliga o’hshatishingiz
mumkin, lekin auditorlar Excel jadvallaridan ham AUDTga qo’shimcha ravishda foydalanishadi.
Bugungi kunda AUDT, Excel elektron jadvallari va ma’lumotlarni boshqarishning boshqa
zamonaviy vositalaridan deyarli hamma auditorlik tekshiruvida foydalaniladi.
17-jadval.

Download 161.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling