11-боб. Аудиторлик танлаш
-MAVZU. AUDITORLIK TANLASH
Download 161.56 Kb.
|
Audit kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.Tanlashning statistik va nostatistik turlari Tayanch so’z va iboralar
11-MAVZU. AUDITORLIK TANLASH
REJA: 1.Auditorlik tanlash haqida umumiy tushuncha va uning mohiyati 2.Auditorlik tanlash usullari, tanlash uslubini shakllantirish, tanlash risklari va natijalarini baholash 3. Auditorlik dalillarini to’plash vositasi sifatida tanlash va umumlashtirlgan dasturiy ta’minot sharhi 4. Auditorlik tanlashning maqsadi va tanlash bilan bog’liq risklar 5.Tanlashning statistik va nostatistik turlari Tayanch so’z va iboralar:Auditorlik tanlash, reprezentativ tanlash, statistik tanlash, tasodifiy tanlash, ichki nazorat tizimi, ichki audit bo’limi, tanlashdagi xatolar, auditor etikasi va tajribasi, mos kelishini tanlab tekshirish, mohiyatan tanlab tekshirish, yoppasiga tekshirish, tekshiruv ob’ektlari. Korxonadagi buxgalteriya hisobi va ichki nazorat ahvolining auditor tomonidan to’g’ri baholanishi uning barcha keyingi ishlari muvaffaqiyatining garovidir. Chunki, auditorda mijoz hisobotini o’rganish va xodimlar bilan suhbat o’tkazish natijasida, hisobot to’g’ri va ishonchli birlamchi ma’lumotlar asosida tuzilganligiga mutlaqo ishonch hosil bo’lsa, u dastlabki hujjatlar va hisob registrlarini tanlab tekshiruvdan o’tkazishi mumkin. Aks holda, auditor birlamchi ma’lumotlarning to’g’ri rasmiylashtirilganligi, buxgalteriya xodimlarining bilim darajasi va ichki nazoratning tashkil etilishiga qoniqish hosil qilmasa, u juda puxta, odatda, yoppasiga tekshiruv o’tkazishi lozim. Korxonaning butun moliya-xo’jalik faoliyatini yoppasiga tekshirish juda sermehnat ishdir. Ammo, auditor kasb etikasining me’yorlariga muvofiq mijoz-korxona moliyaviy hisobotining ishonchli (ishonchsiz) ligiga to’la ishonch hosil qi-lishi yoki u to’g’risida fikr bildirishdan bosh tortishi lozim. Agar tekshiriladigan ob’ektlarining soni statistik tanlash usullarini talab qilmaydigan darajada kam bo’lsa, yoki auditorlik tanlash usulini qo’llash yoppasiga tekshiruv o’tkazishga qaraganda samarasiz bo’lsa, auditorlik tashkiloti buxgalteriya hisobidagi qoldiqlarni va muomalalarning schyotlarda aks ettirilishini yoki nazorat tizimi vositalarini yoppasiga tekshiruvdan o’tkazishi mumkin. Auditor ko’p hollarda mijoz hisobotining ishonchliligiga o’rtacha darajada ishonch hosil qiladi. Bu ayrim hisob bo’limlari bo’yicha hisob yaxshi tashkil etilganligi, malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshirilayotganligi, avtomatlashtirilayotganligi bosh buxgalter va yondosh hisob bo’linma-lari tomonidan ichki nazoratning yaxshi yo’lga qo’yilganligi bilan, boshqalari bo’yicha esa bunga teskari ahvol vujudga kelganligi bilan izohlanishi mumkin. Aynan hisobot ko’rsatkichlariga nisbatan ishonch hosil qilish darajasi o’rtacha bo’lganda auditorlik tanlash usullarini qo’llash zarur. Auditorlik tanlash – bu alohida hujjatlar, yozuvlar va hokazolar ko’rinishidagi tekshiriladigan to’plamni shakllantirish uchun ma’lum qoidalar asosida tanlab olingan elementlardir. Auditning xalqaro amaliyotida auditorlik tanlash №530-«Auditorlik tanlash» (Audit Sampling) nomli xalqaro standartga muvofiq amalga oshiriladi. Bizning mamlakatda esa, auditorlik tanlash ishlari №14-«Auditorlik tanlash» nomli Auditorlik faoliyatining milliy standarti (AFMS) asosida bajariladi. Shuning uchun ushbu standartga batafsilroq to’xtalib o’tamiz. Standartning maqsadi auditorlik tashkiloti uchun tekshiriladigan to’plamdan ma’lumotlarni tanlab olish va shu tarzda olingan axborotlarning natijalarini baholash qoidalarini o’rnatishdan iborat. O’tkazilgan audit natijalari bo’yicha rasmiy auditorlik xulosasi berishni ko’zda tutadigan auditorlik tekshiruvlarini o’tkazishda, «tavsiya tavsifiga ega» deb ko’rsatilgan qoidalardan tashqari barcha auditorlik tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi. Tanlab tekshirish ikki turli bo’lishi mumkin: 1. Muvofiq (mos) kelishni tanlab tekshirish 2. Mohiyatan tanlab tekshirish. Muvofiqlikni tanlab tekshirishning vazifalari. Tekshiriladigan hisobot davri ichida ichki nazorat me’yorlarining tez-tez buzilib turishini aniqlashdan iborat. Bunga korxona rahbariyatining chetdan sotib olingan tovar-moddiy zahiralar va chet tashkilotlar xizmatlari uchun taqdim etilgan schet-fakturalarni to’lashga ruxsat etishi, korxonaga sotib olinayotgan tovar-moddiy zahiralar-ni nomlari, miqdori va sifati bo’yicha ularning tegishli hujjatlari bilan solishtirishi misol bo’ladi. Mohiyatan tanlab tekshirishning vazifasi ichki nazoratning buzilishini qiymat ifodasida o’lchashdan iborat. Mohiyatan tanlab tekshirish miqdoriy tanlab tekshirish deb ham ataladi. Bunga buxgalteriya hisobi schyotlarining qoldiqlari-ni, dastlabki hujjatlardagi yozuvlarni tasdiqlash, uchinchi shaxslardan tasdiqlar olish, xo’jalik faoliyati ko’rsatkichlarini tahlil qilish misol bo’ladi. Buxgalteriya hisobotining muayyan bo’limini tekshiruvdan o’tkazish tartibini ishlab chiqishda auditorlik tashkiloti tekshiruv maqsadlarini va ushbu maqsadga erishishni ta’minlaydigan auditorlik amallarini aniqlaydi. So’ngra auditor ehtimoldan holi bo’lmagan xatolarni aniqlashi, to’plash talab qilinadigan zarur dalil-isbotlarni baholashi va shunga asosan ko’rib chiqiladigan ma’lumotlar to’plamini aniqlashi zarur. Bu to’plam ma’lum tarzda identifikatsiyalanadigan birliklar yig’indisidan tashkil topishi mumkin. Auditorlik tashkiloti to’plam elementlarini tanlashni, audit o’tkazishdan qo’yilgan maqsadga erishishga imkon beruvchi, eng samarali va tejamli tarzda o’tkazadi. Har qanday tanlab tekshirish quyidagilarni o’z ichiga oladi: - tanlash ko’lami; - kuzatish birligi; - tanlash birligi; - tanlash uslublari; - saylab olish hajmi; - salmoqli (reprezentativ) tanlash; - tanlangan ma’lumotlarni tekshiriladigan to’plamga tadbiq qilish. Tekshiruv maqsadlariga erishish uchun tegishli tekshiriladigan to’plamni aniqlash zarur. Chunki, tanlash asosida qilinadigan xulosa aynan shu to’plamga taalluqli bo’ladi. Tekshiriladigan to’plam – bu ma’lum elementlar yig’indisidir. Auditda buxgalteriya yozuvlari (provodkalari), moddalar, yozuvlar to’plam elementlari sifatida tanlab olinib, ushbu tanlash ular haqida ma’lumot berishi lozim. Tekshiriladigan to’plamni shakllantirish uchun mijoz-korxonaning barcha hujjatlari turli belgilar – hujjatlar turi, moddiy javobgar shaxslar, vaqtinchalik izchilligi va boshqalar bo’yicha ma’lumotlar o’xshash bo’laklarga bo’lib chiqiladi. Masalan, auditor ma’lum summadan yuqori debitor qarzlar haqidagi axborotlarni to’playdigan bo’lsa, u holda debitorlar bilan hisob-kitoblarga taalluqli bo’lgan, ammo belgilangan (shart qilib qo’yil-gan) summadan kam bo’lmagan barcha buxgalteriya hujjatlari, yozuvlar va hokazolar to’plami tekshiriladigan to’plam bo’lib hisoblanadi. Bunday turdagi tanlovda tanlash birligi kuzatish birligi bilan mos keladi. Bu mijoz korxonasida tayyorlangan yoki mijozning uchinchi shaxslardan olgan hujjatlaridir. Tanlash birligi va kuzatish birligi bir-biridan farq qiladi. Kuzatish birligi auditorlik tekshiruvida shartli qabul qilingan. Buxgalteriya hisobining har qanday bo’limi yoki sohasi, xo’jalik muomalalarining turi kuzatish birligi bo’lishi mumkin. Bitta kuzatish birligi ichida har xil tanlash birliklari bo’lishi mumkin. Tanlash birligi sifatida eng batafsil element aniqlanganda tanlov samaradorligi oshadi. Ammo, bunda ushbu element albatta tekshiriladigan bo’lishi shart. Download 161.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling