11-ma’ruza Raqamli boshqariluvchan emt va komplekslar. Reja


Download 15.03 Kb.
bet2/2
Sana02.11.2023
Hajmi15.03 Kb.
#1739596
1   2
Bog'liq
11-ma’ruza Raqamli boshqariluvchan emt va komplekslar. Reja-fayllar.org

11.1- расм. Дастурий 
бошқариладиган ЭЮ нинг 
тузилмавий схемаси


RDB li tizimlar quyidagi ikki rejimlardan biridan ishlaydi: pozitsiyalashbo‘yicha va


konturli bo‘yicha ishlov berish. Pozitsion (koordinatali) RDB tizimlari buyumga yoki uning to‘g‘ri
chiziqli siljishiga nisbatan instrumentni aniq o‘rnatishni ta’minlaydi. Bunday rejimlar frezerlash
bir necha teshiklarni pormalashda yoki yo‘nishda, shuningdek buyumlarni randalash va
silliqlashda kerak bo‘ladi. Bunda instrument yoki buyum instrument o‘rnatilgan
(pozitsiyalashgan) nuqtalar orasidagi eng qisqa to‘g‘ri chiziqli yo‘l bo‘yicha siljiydi.
Konturli (funksional) RDB li tizimlar buyum, instrument yoki buyumni ixtiyoriy
traektoriyada siljishini ta’minlaydi, bu turli konfiguratsiyaga ega bo‘lgan buyumlarga konturli
ishlov berishda talab qilinadi.
RDB li tizimlar yopik yoki ochiq bo‘lishi mumkin. YOpiq tizimlarda datchiklar yordamida
instrument yoki buyumning xaqiqiy o‘rin joyi o‘lchanadi. Va bu malumot teskari aloqa ko‘rinishda
taqqoslovchi qurilmaga beriladi. Ushbu qurilmada u, dasturiy qurilma signali bilan solishtiriladi.
Xaqiqiy o‘rin joyi topshiriqqa nisbatan farq qilganda elektr yuritmaning boshqarish tizimiga,
instrument yoki buyumni o‘rin joyini kerakli korreksiya qilishni ta’minlovchi, qo‘shimcha
boshqarish signali beriladi. SHu orqali yopiq RDB tizimlari, buyumlarga ishlov berishni yuqori
aniqligini ta’minlaaydi.
Ochiq RDB tizimlarida instrument yoki buyumning xarakati nazorat qilinmaydi va
topshiriqqa nisbatan bevosita solishtirilmaydi. SHuning uchun, tizim ko‘rsatkichlarini yoki
qandaydir tashqi ta’sirlarni, misol uchun, yuritma validagi qarshilik mrmentni, tasodifiy o‘zgarishi
dasturga ishlov berish aniqligini kamayishini chaqiradi. SHu bilan bir qatorda ochiq tizimlar
yopiqlarga nisbatan sozlash va ishlashda soddaroqdir.
RDB tizimi dastgoxlarda buyumga ishlov berish jarayoniga bir necha bosqichlardan iborat
bo‘lgan bunda tastur tashuvchini tayyorlash oldin keladi. Buyumga ishlov berish dasturini tuzish
uchun boshlang‘ich ma’lumotlar sifatida quyidagi texnologik kattaliklar bo‘ladi: tayyorlamaning
o‘lchovlari (chala maxsulot) va buyumning chizmasi, tayyorlamaning materialli, instrumentning
xarakteristikalari, buyum tayyorlashning aniqlik darajasi, ishlov berishning ko‘rinishi va xarakteri.
Dastur tuzishning 1-chi bosqichida maxsus chizma tayyorlanadi. Bunda buyum to‘g‘ri burchakli
koordinatalar tizimida ko‘rsatiladi. (xajm bo‘yicha ishlov berilganda 3-koordinata xam beriladi)
so‘ngra qabul qilingan koordinatalar tizimida instrument (buyum)ning siljishi dasturlanadi, bunda
pozitsion RDB tizimlari orasidagi siljishlar dasturlanadi, konturli RDB tizimlari uchun esa –
instrument (buyum) markazini kerakli troektoriya bo‘yicha siljishi dasturlanadi. Dastur
tayyorlashning keyingi bosqichida buyumga ishlov berishning texnologikkartasi tuziladi. Unda
kesim tezligi berilishi va chuqurligi va koordinata o‘qlari bo‘yicha siljish kattaliklari ko‘rsatilgan
xolda instrument (buyum)ning barcha siljishlarining ketma-ketligi aniqlanadi. Ma’lumotlarning
kiritishga qulay bo‘lishi va dastur tashuvchining uzunligini kamaytirish uchun texnologik
kartadagi barcha ma’lumotlar kodlashtiriladi. RDB tizimlarida ikkilangan va ikkilanmagan–10 li
kodlar eng ko‘p tarqalgan. Bunda ikkilangan va 10 li sanoq tizimdan foydalaniladi. Dastur
tashuvchiga dastur aloxida. “Bo‘laklar” (bloklar) ko‘rinishida yoziladi. Xar bir blok texnologik
siklining u4shbu bosqichidagi buyumga ishlov berishi tzg‘risidagi brcha ma’lumotlarni o‘z ichiga
oladi. Kordinata o‘qlari bo‘yicha siljish tezligi va yo‘nalishi, ishlov berish rejimlari. Sovutish
rejimlari va boshqalar. Bu ma’lumot aloxida “So‘zlar” yordamida ifodalanib, ularning xar biri yoki
koordinata o‘qlari bo‘yicha siljdish qiymatini yoki uning tezligi va yo‘nalishini yoki qandaydir
yordamchi kamandalarni aniqlaydi. Buyumga ishlov berish dasturini o‘z ichiga olgan xolda
tayyorlangan DT., elektr yuritmaning kirish qurilmasiga o‘rnatiladi.



Kirish va dasturga ishlov bersh qurilmasi (KDIB.Q) da foto o‘quvchi F.O‘. va


kuchaytirgich – shakllantirgich ksh yordamida dastur tashuvchi DT dagi kodlashtirilgn axborot
aloxida kadrlar bo‘yicha o‘qiladi va elektrik signallarga o‘qiladi. O‘qilayotgan bir kadr
to‘g‘risidagi ma’lumot bufer (oraliq xotiraga yozilguncha R.D.B) tizimining ishchi xotirsi va
keyingi bloklarida oldingi kadrlar to‘g‘risidagi axborotlarg ishlov berish amlg oshiriladi. Ishchi
xotira bo‘shatilishi mobaynida unga bufer xotirasidan ma’lumotlar o‘tkaziladi, bu orqali dastgoxni
boshqarish jarayonini uzluksizligi ta’minlanadi.
Bufer va ishchi xotir qurilmasi XQ tarkibiga keyingi xotiradan elektrik signallar
interpolyator (deshifrator) I kirishiga beriladi. U ushbu kodlashtirligan signallarni elektr impulslar
ketma – ketligi (bular unitar kod deb ataladi) ga o‘zgartiradi va ularni elektr yuritma kirishiga
beradi, elektr yuritma impulslar ketma – ketligini qayta ishlashini amalga oshirib, dastgox ijro
organini siljishi ta’minlaydi. Bunda, impulslar soni siljish kattaligini ularning qaytalanish
chastotasi esa siljish tezligini aniqlaydi. Xotira qurilmasi XQ boshqarish pulti BP bilan
bog‘langan.
RDB tizimi shuningdek, mos ravishda turli elektro mexanik va elektromagnit
qurilmalarni–elektromagnit
nuqtalar,
dastgoxlarning
turli
mexanik
vositalarining
elektromagnitlari, rele va kontaktorlar-ning g‘altaklarini xamda boshqarishni ta’minlaydi. 11.2–
rasmda ular shakli ravishda elektro avtomatika bloki EB tarzida ko‘rsatilgan.
11.2- rasmdagi RDB sxemasi detalga ishlov berish texnologik jarayoni ko‘rsatkichlarining
datchiklari (TJD bloki) bilan to‘lg‘azilishi mumkin. Bunday xolatda RDB tizimi yopiq tizim
bo‘lib, detalga ishlov bershning yuqori sifatini ta’minlaydi, bundan tashqari RDB li elektr yuritma
sxemasi dasturlarni kiritish va o‘chirishni nazorat qilish, dastgox elektr qurilmalarini ishlardagi
ximoya, blokirovka va signallashtirishni ta’minlovchi bir qator bloklar va jixolarga xam ega
bo‘ladi.
Nazorat savollari 
1.Raqamli booshqarish nima?
2.Tuzilish sxemasini tushuntiring.
3.Elementlarini izoxlang.


11.2-rasm. Dasturiy boshqariladigan EYU ning tuzilmaviy sxemasi



http://fayllar.org
Download 15.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling