11-Ma’ruza. Temir yo‘l transportida yuk tashishni rejalashtirish


Download 39.66 Kb.
bet4/4
Sana05.04.2023
Hajmi39.66 Kb.
#1274444
1   2   3   4
Bog'liq
11-маъруза

11.5. Yuk tashishdagi tengsizliklar

Temir yo‘l transporting yuk tashish faoliyatida yo‘nalish va vaqt bo‘yicha tengsizliklar mavjud. Vaqt bo‘yicha yuk tashishda tengsizliklar yil fasllari mobaynida, kvartal, oylar va kunlar ichida mavjud. Kvartal va oylar bo‘yicha yuk tashishda tengsizliklarning paydo bo‘lishining asosiy sababi ba’zi mahsulotlarni ishlab chiqarish yil fasllarida amalga oshiriladi, bu mahsulotlarni yil mobaynida bir tekis iste’mol qilinadi, ba’zi mahsulotlar buning teskarisi.


Tashish jarayonida yuzaga keladigan vaqt bo‘yicha tengsizlikni aniqlash uchun eng ko‘p tashiladigan oydagi yuk miqdorini (Rmax) o‘rtacha bir oylik (Rsr) yuk miqdoriga taqsimlab aniqlaymiz.
Kt :
Temir yo‘l transportida eng maksimal miqdorda yuk tashiladigan oylar aprel, may, oktyabr, dekabr, eng minimal miqdorda tashish yanvar va fevral oylariga to‘g‘ri keladi. O‘rtacha yillik tengsizlik taxminan 1,06 ga teng. Tashishdagi tengsizliklar transport vositalaridan samarali foydalanishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tashish ishlari maksimal bo‘lgan oylarda bu ishlarni bajarish uchun belgilangan rezervlarni ishga solish, qo‘shimcha xodimlar bo‘lishini talab qiladi. Tashish ishlari minimal bo‘lgan oylarda bu qo‘shimcha xodimlar va temir yo‘l uchastkalarining rezervdagi tashish qabiliyatlari bekor turib qolishi mumkin, bu o‘z navbatida temir yo‘l transportining xarajatlari ko‘payishiga olib keladi. Bundan tashqari, tashish ishlarining eng ko‘paygan “pik” paytlarida bazi yo‘nalishlarda poyezdlarni o‘tkazish ishlarida ancha qiyinchiliklar tug‘iladi, buning natijasida yuklarni manziliga yetkazish ancha sekinlashadi, kompaniya’ning faoliyatida iqtisodiy ko‘rsatkichlar pasayadi.
Temir yo‘l transportida oylar va kunlar davomida yuk tashish ishlarida tengsizliklar mavjudligi yaqqol ko‘rinib turadi. Bayram va dam olish kunlari, hamda oy boshlarida yuk ishlarining miqdori ancha kamayadi va oy oxiriga borib bu ishlar ancha ko‘payishi mumkin. Sutka davomida esa yuk ortish ishlarining asosiy qismi kunduz kunlari bajariladi.
Yuk junatuvchi va istemolchilarning turli xududlarda joylashgani tufayli, ishlab chiqarishning ixtisoslashganligi, qazib oluvchi va ishlab tayyorlaydigan tarmoqlarning mahsulotlarini tashish hajmi turlicha bo‘lgani sababli temir yo‘l transportida yo‘nalishlar bo‘yicha tengsizlik vujudga keladi. Yuk oqimi ko‘proq miqdorda tashiladigan temir yo‘l uchastkasining yo‘nalishi, yukli yo‘nalish deyiladi, qarama-qarshi ya’ni yuk oqimining kamroq miqdorda tashiladigan yo‘nalishi- kam yuk tashiladigan (porojniy) yo‘nalish deyiladi. Kam yuk tashiladigan yo‘nalishda tashilgan yuk hajmining ( ) yukli yo‘nalishga ( ) bo‘lgan nisbati teskari koeffisiyent deyiladi.

Ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalarga ko‘proq miqdorda xomashyolar, yoqilg‘i va boshqa moddiy resurslar keladi, bu korxonalar o‘zlari ishlab chiqargan tayyor mahsulotlarni vagonlarga yuklab istemolchilarga jo‘natadi. Jo‘natilgan tayyor mahsulotlarning og‘irligi shu korxonalarga kelgan birlamchi mahsulotlarga qaraganda ancha yengil, shu sababli yo‘nalishlar bo‘yicha yuk oqimida ancha farq bo‘ladi. Katta sanoat markazlariga ko‘p miqdorda qurilish mahsulotlari, yoqilg‘i, oziq-ovqat, xalq istemol mahsulotlari keladi, lekin bunday xududlardan kelgan miqdordagicha yuk oqimi qaytib chiqmaydi. Shu sababli bu sanoat markazlaridan odatda ko‘proq yuklanmagan bo‘sh vagonlar chiqib ketadi, yoqilg‘i-xom ashyo markazlaridan esa ko‘proq yuklangan vagonlar chiqadi.
Yo‘nalishlar bo‘yicha tashish tengsizligi kompanining iqtisodiy ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni lokomotivlarning poyezdni tortmasdan yakka yurishini va vagonlarning yuksiz bo‘sh holatda yurishini ko‘paytiradi. Harakatdagi sostavlarning bo‘y yurishining ko‘payishi temir yo‘l uchastkalarining o‘tkazish qobiliyatiga bo‘lgan talabni oshiradi, tashish tannarxining ko‘payishiga sabab bo‘ladi va kompaniya’ning oladigan foydasini kamaytiradi.
Yo‘nalishlar bo‘yicha yuk tashish jarayonida tengsizlikni (neravnomernost) kamaytirish uchun korxonalarni joylashtirida bo‘sh vagonlar oqimidan foydalanish imkoniyatlarini ko‘rish zarur.
Norasional yuk tashishlar va ularni bartaraf qilish yo‘llari
Xalq xo‘jaligining transport xarajatlari oshishga olib keladigan yuk tashish ishlari norasional tashishlar deyiladi. Barcha norasional tashishlar quyidagi turlardan iborat: qarama-qarshi tashish, juda uzoq masofalarga tashish, qayta tashish va boshqa turdagi transportlar bilan tashish ishlarini bajarish qulay va tashish tannarx arzon bo‘lgan tashishlar.
Asosiy yuk tashish oqimiga qarama-qarshi bir xil xususiyatga ega bo‘lgan mahsulotlar ma’lum temir yo‘l uchastkasida yoki shu transport yo‘nalishiga parallel bo‘lgan temir yo‘l uchastkalarida yuk tashish qarama-qarshi tashish deyiladi. Bir temir yo‘l bo‘ylab unga qarama-qarshi yo‘nalishda bir turdagi mahsulotlarni tashish ochiq (yavniy) qarama-qarshi tashish deyiladi, temir yo‘l uchastkasi yo‘nalishiga qarama-qarshi parallel yo‘nalishda bir boshqa turdagi transportlar bilan tashilayotgan yuklar yopiq (parallel) (skritiy) qarama-qarshi tashish deyiladi.
Ochiq qarama-qarshi tashish transportning ortiqcha ish bajarishini vujudga keltiradi, ish miqdori qarama-qarshi tashilgan tonnalarning 2 ko‘paytirilgan natijasni qarama-qarshi tashilgan masafosiga ko‘paytiriladi va uning miqdorini quyidagicha aniqlanadi.
tonna-km
Ikki qarama-qarshi yuk tashish oqimidan eng oz yuk oqimi norasional hisoblanadi. Rasional oqim mahsulotlarning ko‘p bo‘lgan xududidan mahsulotlar kam bo‘lgan xududlarga jo‘natilishi kerak. Shu yo‘l bilan ochiq (yavniy) qarama-qarshi yuk oqimlari aniqlanadi. Yopiq (skritiy) qarama-qarshi yuk tashish miqdorini aniqlash ancha qiyin. Transportning bajaradigan ortiqcha tashish ishlari yo‘nalishlar bo‘yicha oz miqdordagi yuk oqimi qarama-qarshi yo‘nalishda yuk oqimining tashilgan masofasiga ko‘paytirilib aniqlanadi.
tonna-km,
bu yerda Lkk1, Lkk2-parallel uchastkalarda qarama-qarshi yuk oqimi
tashilish masofalari, km.
Yo‘nalishlarda bir xil mahsulotlarni qarama-qarshi tashish eng keng tarqalgan norasional tashish ishlari hisoblanadi.
Haddan tashqari uzoq masofalarga yuklarni tashish norasional tashish ishlariga kiradi. Past kaloriyali toshko‘mirni, barcha xududlarda ishlab chiqariladigan mahsulotlarni o‘ta uzoq masofalarga tashish samarali natija bermaydi. Bu mahsulotlarq-pishirilgan g‘isht, qum, shag‘al, turli xildagi oziq-ovqat maxsulotlari,poyafzal, mebel va boshqalar).
Qisqa masofa bilan emas ancha olis masofalar bilan tashiladigan yuklar aylanma tashish deyiladi.
Bir turdagi mahsulotlarni olib chiqib ketiladigan xududlarga xuddi shu turdagi mahsulotlarning olib kelinishi bu yuklarni qayta tashish deyiladi.
Tashish uchun yaxshi tayyorlanmagan mahsulotlar kam transportabelli tashishlar deyiladi.
Boshqa transportlar bilan tashish yaxshi samara beradigan mahsulotlar temir yo‘l transporti bilan tashiladigan bo‘lsa bu tashish ishlari norasional hisoblanadi. Bu tashishlar juda qisqa masofalarga ya’ni 50-150 kilometrga–bunday mahsulotlarni tashish Avtomobil transportiga berilishi yaxshi samara beradi.
Norasional tashishni kamaytirish va bartaraf qilish uchun yangi ishlab chiqarish korxonalarini qurish va ularni joylashtirish uchun loiholashda, amaldagi korxonalarini rekonstruksiya qilishda transport faktorini to‘g‘ri hisobga olish zarur. Qarama-qarshi tashish, uzoq masofalarga, tokror tashish va boshqa norasional yuk tashishlar mahsulot ishlab chiaradigan korxonalar turli tashkilotlar tasarufida faoliyat ko‘rsatganligi, bu tashkilotlar o‘zlarining tassarufidagi korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlarini o‘zlarining tashkilotlariga jo‘natishlari mavjudligidan kelib chiqadi. Bunday samarsiz tashish ishlarini kamaytirish uchun korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini va ularni moddiy-texnika bilan ta’minlashni rejalashtirish sifatini oshirish zarur.


Tayanch iboralar
Yilliy yuk tashish rejasi. Operativ reja. Yuk oqimi. Tarif yuk aylanmasi. Tranzit. Chiqib ketadigan yuklar. Kirib keladigan yuklar.
Nazorat savollari

  1. Yuk tashish rejasining asosiy vazifasi nimalardan iborat.

  2. Yuk tashish rejasini ishlab chiqishda qanday hujjatlar asos qilib oliadi?

  3. Yuk tashish bo‘yicha reja turlari va asosiy ko‘rsatkichlari.

  4. Yuk tashish yo‘nalishlarini bilasizmi?

  5. Yillik yuk tashish rejasining ko‘rsatkichlarini bilasizmi

Download 39.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling