11-ma’ruza. Tuxum hujayralarini tuzilishi va ovogenez. Reja


Download 85 Kb.
bet3/11
Sana15.06.2023
Hajmi85 Kb.
#1478341
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
11-ma\'ruza

Tuxumdonning yoshga qarab o'zgarishi. Tuxumdonning faoliyati 12-14 yoshdan boshlanib, 45-50 yoshgacha davom etadi. Shu davrdan boshlab follikulalarning rivojlanishi asta-sekin susayadi, jinsiy sikl buziladi va 60 yoshlarga borganda barcha jinsiy hujayralar yo'qolib, to'qimaning miqdori oshib boradi hamda tuxum hujayra yetiMshi to'xtaydi.
Tuxumdon vazifalari. Tuxumdonlar generativ, ya'ni jinsiy hujayra ishlab chiqarish vazifasini bajaradi. Tuxumdonning ikkinchi vazifasi gormon ishlab chiqarishdir. Follikulalarning donador qavati hujayralaridan esterogen, yoki follikulin gormoni ishlab chiqariladi. Bachadonning o'sishi va jinsiy siklning qaror topishi, balog'atga yetish davridan, ya'ni tuxumdon o'z faoliyatini boshlab, esterogen ajralishi bilan boshlanadi. Bu gormon bachadonni implantasiyaga, sut bezlarim' laktasiyaga tayyorlaydi. Bundan tashqari,esterogen ikkilamchi jinsiy belgilarni ham yuzaga keltiradi.
Tuxumdon faoliyatining buzilishi, bachadonning atrofiyasi va jinsiy siklning buzilishi bilan, bu gormon ham ishlab chiqarilmaydi.
Esterogendan tashqari, sariq tananing lyutein hujayralari progesteron gormoni ishlab chiqaradi. Progesteron gormoni ta'sirida bachadorining shilliq qavati bezlari faollashadi, shilliq pardasi shishadi, tomirlari qon bilan to'ladi. Progesteron tuxumdonga ta'sir etib boshqa follikulalarning o'sishini to'xtatadi.
Tuxumdon faohyatining faollashishi, gipofizning oldingi bo'limining gonadotrop gormonlari te'sMdabo'ladLGipofizning follikulalarni stimullovchi (FSG), lyuteinlovchi (LG) gormonlari, tuxumdon folhkulalarining katta o'sish davriga o'tishini va esterogenning ishlab chiqarm^hini boshqaradi. Lyuteinlovchi gormon ovulyasiyaning sodir bo'lishini ta'minlaydi va sariq tananing hosil bo'lishining dastlabki davrida muhim vazifani bajaradi. Sariq tanafaoMyatiga, ya'ni progesteron ishlab chiqarishiga, gipofizning lyuteotrop gormoni (LTG) ta'sir ko'rsatadi.
Maxsus ovarial gormonlar - esterogen va progesteron bilan birgalikda tuxumdondan oz miqdorda androgen - erkaklik jinsiy gormoni ham ajralib chiqarilishi aniqlangan. Bu esa embrional taraqqiyot davrida ikkala jins o'rtasidagi umumiylikni bildiradi. Androgenni maxsus gimus hujayralar ishlab chiqaradi va ular tuxumdonning darvozasida joylashgan. Tuxumdon faoiiyatini boshqarishda nerv tolalari ham muhim vazifani bajaradi.
Tuxum yo'Slari (bachadon nayi). Tuxum yo'llari, sut emizuvchilarda myuller kanallaridan hosil bo'ladi. Dastlabki davrlarda u epiteliy va mezenxima hujayralari bilan o'ralgan naydan iborat bo'ladi. Epiteliydan shilliq parda, mezenximadan esa, muskul va seroz qavat hosil bo'ladi.
Tuxum yo'Harming uzunligi 12 sm, diametri 1 sm bo'lib, unda uch qavat: ichki shilliq, o'rta muskul, tashqi seroz parda farqlanadi.
Shilliq parda. Epiteliy hujayralaridan iborat bo'lib, ularning kipriklari bachadon tomon tebranadi. Epiteliy hujayralari orasida bezli hujayralar, biiUctiruvchi to'qima hujayralari ham bo'ladi. Tuxum yo'lining shilliq qavatida burmalar bo'lib, ular bachadonga borgan sari kamayib boradi. Bu burmaiar juda murakkab tuzilgan.
Muskulli qavat. Silliq tolali muskuldan iborat bo'lib, ikki qavatdan tashkil topgan. Bularning ichki qavati sirkulyar yoki spiral, tashqi qavati bo'ylama yo'nalgan bo'ladi. Bachadonga yaqMashgan sari, muskul tutamlari yo'g'onlashadi.
Seroz parda. Biriktiruvchi to'qimadan iborat bo'Mb, tashqi tomondan mezoteliy bilan qoplangan. Bachadon nayining devorida nerv tolalari ko'p bo'lib, ular muskul qavatiga keladi.
Tuxum yo'llarming tuxumdon tomonidagi uchi voronkasimon tuzilgan bo'lib, tuxum hujayrani qabul qilishga moslashgan. Tuxum yo'llarida tuxum hujayra yetiladi va spermatozoid bilan qo'shiladi, ya'ni unig'lanish-otalanish sodir bo'ladi. Ovulyasiya davrida tuxum yo'lining voronkasimon uchidagi hujayralarga qon ko'p to'planib taranglashadi va voronka tuxumdonni qoplab turadi. Natijada, qorin bo'shlig'iga tushgan tuxum hujayra voronkaga, undan tuxum yo'liga o'tadi. Tuxum yo'lida tuxum hujayrasining harakati, muskul qavatining peristaltik qisqarishi va hilpillovchi epiteliy hujayralarining MprMarining tebranishi yordamidaamalgaoshadi.

Download 85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling