11-ma’ruza. Tuxum hujayralarini tuzilishi va ovogenez. Reja


Menstruasiyadan keyingi bosqich


Download 85 Kb.
bet7/11
Sana15.06.2023
Hajmi85 Kb.
#1478341
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
11-ma\'ruza

3. Menstruasiyadan keyingi bosqich. Menstruasiyadan keyingi bos-qich, yoki o'sish davri funksional qavat va bachadon bezlarining tiklanishi va proliferasiya bilan belgilanadi. Bu bosqich menstruasiya tugashi bilan boshlanadi va menstruasiyaning birinchi kunidan boshiab 5 kundan 14-16 kungacha davom etadi. Bachadon bezlarining epiteliy hujayralari tez ko'payadi va yuqoriga surilib bachadonning shilliq qavatining yuzasini qoplaydi. Shuning uchun bu bosqich, proliferasiya, yoki o'sish bosqichi deb yuritiladi. Bu bosqichdagi o'zgarishlar follikulaning donador qavati hujayralari ishlab chiqarayotgan estrogen gormoni ta'sirida kechadi.
Shunday qilib, menstruasiyadan keyingi bosqich estrogen, menstruasiyadan oldingi bosqich esa progesteron gormoni bilan boshqariladi. Ular navbat bilan bachadon funksional qavati o'zgarishlarini boshqaradi. Bu bosqichlarda bachadon bo'yni shilhq qavati tushib ketmaydi, u doimiy sekret ishlab chiqarib turadi.
Bachadonning yoshga qarah o'zgarishi. Yangi tug'ilgan qiz bola bachadoni kalta, qalpoqli zamburug' shaklida bo'lib, bo'yin qismiga nisbatan tanasi 3:1 nisbatda kalta bo'ladi. 1 yoshda 3 sm keladi va keyingi 10 yilda kam o'zgaradi.
Pubertat daviida bachadon va uning bezlari tez o'sadi. Yangi tug'ilgan qiz bola bachadonida muskul to'qimasi, 10-12 yoshda bMktiruvcbi to'qima yaxslii taraqqiy etadi. Bachadonning faoi funksional faoliyati 40-45 yoshgacha davom etadi. Shundan keyin bachadonda atrofik va distrofik o'zgarishlar boshlanadi.
Qin. Qin 8-10 sm uzunlikdagi nay bo'lib, yuqori qismi bachadonning bo'yin qismiga, pastki qismi esa uning dahliziga ochiladi. Qin devori shilliq, muskul va ichki qavatiardan iborat. Shilliq parda ko'p qavatli epiteliydan iborat bo'lib, qalinligi 150-200 mkm ga yetadi. Qinda doimiy yashaydigan mikroblar ta'sirida glikogenning parchalanishi, sut kislotaning hosil bo'lishiga olib keladi. Shuning uchun ham qinning shilliq qavati kislotali reaksiyaga ega bo'ladi. Kislotali reaksiya tufayli qinning shilliq qavati bakteriosid xususiyatga ega. Bu esa qinda mikroorganizmlanung rivojlanishiga yo'l qo'ymaydi. Muskul qavat kam rivojlangan ichki sirkulyar qavat va oralarida elastik tolalarga boy bo'lgan biriktiruvchi to'qima qatlamlari bo'lgan bo'ylama muskul tutamlari bo'ladi. Qinning boshlanish qismida aylana yo'nalgan ko'ndalang targ'il muskul tolalari bo'ladi. Biriktiruvchi to'qima qinni boshqa organlar bilan biriktirib turadi.
Qinning shilliq pardasi, bachadon shilliq pardasi kabi davriy o'zgarishlarga uchraydi. Menstruasiya davrida yuza qavat epiteliysi tushib ketadi. Keyin bazal qavatda proliferasiya jarayoni boshlanib, qin epiteliysi yana qalinlashadi. Keyinchalik ikkala qavat ham takomillashadi va 2-3 qavatdan iborat funksional qavat menstruasiya oldi davrida 155 mkm gacha qalinlashadi.

Download 85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling