11-ma’ruza. Tuxum hujayralarini tuzilishi va ovogenez. Reja


Menstruasiya (hayz) oldi bosqichi


Download 85 Kb.
bet6/11
Sana15.06.2023
Hajmi85 Kb.
#1478341
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
11-ma\'ruza

1. Menstruasiya (hayz) oldi bosqichi. Bu bosqich sekretor, yoki funksional bosqich deb ataladi. Bunda bachadon homilani qabul qilishga tayyorlanadi. Bu vaqtda tuxumdonda yetilgan follikuia ovulyasiyaga ucliraydi va tuxum hujayra qorin bo'shlig'iga chiqadi. Follikuia devorining epiteliy hujayralaridan progesteron gormoni ishlab chiqaruvchi sariq tana bezi hosil bo'ladi. Progesteron gormoni ta'sirida bachadon bezlari kattalashadi, cho'ziladi, egri-bugri ko'rinishga ega bo'ladi. Qon tomirlari kengayib, qon bilan to'ladi. 'Shilliq pardaning glikogen miqdori oshadi, ishlab chiqarilayotgan shilliq modda quyuqlashadi.
Agar urug'lanish sodir bo'lsa, unda funksional, ya'ni menstruasiya oldi davri 6-8 hafta davom etadi. Bu bilan yo'idoshning rivojlanishiga imkon
25-28 kunda qayta sodir boladi. Menstruasiya davrida endometriyning funksional qavati tusMb ketadi.
2. Menstruasiya bosqichi. Menstruasiya oldi bosqichining oxiriga kelib, ya'ni ovulyasiyadan 13-14 kundan keyin sariq tana atrofiyaga uchraydi va qonga progesteron gormonining quyilishi to'xtaydi. Bu esa spiralsimon arteriyalarning qisilishiga olib keladi. Natijada endometriy yuza qismiga qon kelishini keskin kamaytiradi. Shu vaqtda endometriyning bazal qavati qon bilan ko'proq ta'minlanadi. Endometriy funksional qavatining qon bilan ta'minlanishining buzilishi, nekrozlar hosil bo'lishiga olib keladi. Natijada funksional qavat parchalana boshlaydi. Uzoq qisqarishdan keyin spiralsimon arteriya yana kengayadi va endometriyning funksional qavatiga qon kelishi ko'payadi. Natijada ba'zi qon tomirlari yoriladi va qon oqadi. Bu qon parchalangan epiteliy va biriktiruvchi to'qima hujayralari bilan aralashib ketadi. Bu qon menstrual qon deyilib, u ivimaydi. Normal menstruasiyada o'rtacha
Bu qon menstrual qon deyilib, u ivimaydi. Normal menstruasiyada o'rtacha 40-50 ml qon yo'qoladi. Menstruasiya 3-5 kun davom etadi. Menstruasiyani tug'ruqning analogi yoki urug'lanmagan tuxum hujayraning "tug'ishi" yoki tuxum hujayraning urug'lanmagani uchun bachadon "noroziligi" deb qarash kerak.

Download 85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling