11-ma’ruza. Tuxum hujayralarini tuzilishi va ovogenez. Reja


Tuxum qobig'ining himoyaviy ahamiyati


Download 85 Kb.
bet9/11
Sana15.06.2023
Hajmi85 Kb.
#1478341
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
11-ma\'ruza

Tuxum qobig'ining himoyaviy ahamiyati. Urug'langan tuxum qobig'i embrion va tashqi muhit o'rtasidagi to'siq bo'lib, katta ahamiyatga ega. Birinchi navbatda, tuxum qobig'i embrionning steril sharoitda o'sishini ta'minlaydi. Qushlar va sudralib yuruvchilar tuxumi qobig'ining shakl hosil bo'lishidagi ahamiyati ko'plab tadqiqotlarda isbotlangan. Ma'lumki, tovuqlar tuxumining po'chog'i va po'choq osti qobig'i bakteriyalar va zamburug'lami ichkariga o'tkazadi. Shuning bilan birgalikda oqsil qavat bakterisid xususiyatga ega. 1922 yilda A.Fleming tovuq tuxumidagi bakterisid moddani lizosim deb atashni taklif etgan. Shuningdek, tuxum fungisid xususiyatga ham ega.
N.A.Movchan (1964) aniqlashicha, toshbaqaning tuxumidagi oqsil bakterisid va fungisid xususiyatiga ega. Shunga ko'ra, tuxumning po'sti ham murakkab tuzilishga ega. Ba'zi parazit hasharotlarning tuxumida qo'shimcha qavatlar taraqqiy etgan. Ularning vazifasi xo'jayin organizmidan oziq moddalami o'tkazish, xo'jayin organizmidagi immunologik reaksiyalardan embrionni himoya qilishdan iborat. Elektron mikroskop orqali aniqlanishicha, tuxum po'stida havo kiradigan aeropile teshikchalari, suv kiradigan gidropile teshikchalari, spermatozoid klradigan mikropile teshikchalari bor. Bu teshikchalar multi&nksional xususiyatga ham ega bo'lib, bir qancha vazifalarni bajaradi.
Jinsiy hujayralaraing rivojlanishi
Jinsiy hujayralar jinsiy bezlardan, ya'ni spermatozoid urug'dondan, tuxum hujayra esa tuxumdondan yetishib chiqadi.
Jinsiy hujayralarning rivojlanishi gametogenez deyiladi. Speimatozoidlaming rivojdanishi spermatogenez deb ataladi. Spermatogenez yunoncha Sperma - urug', genesis - rivojlanish degan ma'noni biidiradi (35-rasm).
Tuxum hujayraning rivojlanishi ovogenez deb ataladi. Ovogenez yunoncha ovum - tuxum, genesis - rivojlanish degan ma'noni biidiradi.
Jinsiy hujayralarning rivojlanishi ularning urug'lanishiga va embrionning bundan keyingi taraqqiyotiga tayyorgarlik bosqichi hisoblanadi. Bunda yadro moddalari reduksiyalanadi, ya'ni kamayadi, hujayraning meyoz bo'linishi sodir bo'ladi.

Download 85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling