11-mavzu: axborot va kommunikasiya Reja


Imitasion modellashtirish


Download 0.65 Mb.
bet17/83
Sana13.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1196110
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   83
Bog'liq
Менежмент маъруза 1

Imitasion modellashtirish.
Imitasiya – odatda bu haqiqiy sistemaning o’rniga modelni qo’yib ko’rish, sinash usulidir. Imitasiyaning asosiy g’oyasi muayyan qo’rilmani haqiqiy sistemaga o’xshab harakatlanishini ta’minlash va shu jarayonda uning xususiyatlarini, xulqini tadqiq etishdan iborat.
Ishlab chiqarish va moliya bo’yicha mutaxassislar yangi texnologiyani qo’llash yoki ishchi kuchi tarkibini o’zgarishi natijasida mehnat unumdorligini va foydani o’sishini namoyish etadigan imitasiya modelini yaratishlari, logistik esa mahsulot narxini yoki reklama ta’siridan kutiladigan tovar sotilishi hajmini o’zgarishini aks ettiradigan modelni yaratish mumkin. Chiziqli dasturlash toifasidagi matematik usullar uchun haddan tashqari murakkab vaziyatlarda imitasiya modellaridan foydalaniladi. Bunday holat o’zgaruvchan ko’rsatkichlarning ko’p sonliligi, noaniq bog’liqliklarning mavjudligi sababli paydo bo’ladi.
Iqtisodiy tahlil.
Iqtisodiy tahlil xarajatlarni va iqtisodiy manfaatlarni hamda korxonaning nisbiy rentabelligini baholash usullarini o’zida mujassam etadi. Tipik “iqisodiy” model zararsizlikni tahlil etishga asoslangan. Bunda ma’lum bir nuqtada yalpi daromadlar umumiy xarajatlar bilan muvozanatlashadi.
Chiziqli dasturlash modeli.
Chiziqli dasturlash modeli raqobatli ehtiyojlar mavjud vaziyatda tanqis resurslarni muqobil taqsimotini ta’minlash usuli qo’llaniladi. Chiziqli dasturlashdan odatda ishlab-chiqarish muammolarini hal etishda shtab bo’linmalarining mutaxassislari foydalaniladi.
Ishlab-chiqarishni boshqarishda chiziqli dasturlashning tipik varianti sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:1
Ishlab-chiqarishni yiriklashgan rejalashtirilishi - bu foiz stavkalariga, mehnat resurslari bo’yicha cheklanishlarga va zahiralar darajasini o’zgarishiga bog’liq ravishda umumiy xarajatlarni minimallashtiradigan ishlab-chiqarish grafiklarini yaratilishidir.
Mahsulot assortimentini rejalashtirish – bu mahsulotning har-bir turiga mos xarajatlari va resurslarga talablarini hisobga olgan holda uni muqobil assortimentini aniqlash demakdir.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling