11-mavzu: axborot va kommunikasiya Reja


Boshqaruv modellarining tasnifi


Download 0.65 Mb.
bet16/83
Sana13.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1196110
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   83
Bog'liq
Менежмент маъруза 1

13.4. Boshqaruv modellarining tasnifi.
Muammolar ham ularni yechishga mo’ljallangan modellar ham ko’p sonlidir.
O’yinlar nazariyasi.
Tashkilot muvaffaqiyatini ta’minlaydigan muhim ichki o’zgaruvchanlardan biri bu – raqobatbardoshlikdir. Ma’lumki, raqobatchilarning harakatlarini oldindan ko’ra olish har qanday tashkilot uchun raqobat ustunligi hisoblanadi.
O’yinlar nazariyasi bu – qabul qilingan qarorlarni raqobatchilarga qanday ta’sir etishini baholash modelini yaratish usuli hisoblanadi. Biznesda o’yinlar modeli raqobatchining bozordagi o’zgarishiga reaksiyasini bilish, yangi sotishni qo’llab-quvvatlash, iste’molchilarga qo’shimcha xizmatlar ko’rsatish uchun foydalaniladi.
O’yinlar nazariyasi raqobat kurashi keskinlashgan vaziyatda qaror qabul qilish uchun hisob-kitobni, tahlillarni talab qiladigan omillarni aniqlashda foydalaniladi.
Navbatlar nazariyasi modeli.
Navbatlar nazariyasi yoki muqobil xizmat ko’rsatish modeli iste’molga nisbatan xizmat ko’rsatish kanallarini muqobil sonini aniqlashda foydalaniladi. Masalan, yuk tashish mashinalarini omborxonaga yuk tushurish navbatini aniqlash, bank mijozlariga xizmat ko’rsatish navbatini muqobillashtirish va boshqa shu kabilar.
Navbatlar nazariyasi xizmat ko’rsatish kanallarining muqobil sonini aniqlashda rahbarlar foydalanadigan kuchli vosita hisoblanadi.
Zahiralarni boshqarish modeli.
Zahiralarni boshqarish modelidan resurslar bo’yicha buyurtmalarni ta’minlash muddatlarini va ularni sonini hamda omborxonalardagi tayyor mahsulot hajmini aniqlashda foydalaniladi. Har qanday tashkilot ishlab-chiqarishni va sotishni uzluksizligini ta’minlash uchun resurslarning muayyan zahiralarini omborxonalarda saqlashi lozim. Ushbu modelning maqsadi – xarajatlarni ko’payishiga olib keladigan zahiralarni salbiy ta’sirlarini kamaytirishdan iborat. Ushbu xarajatlar asosan buyurtmalarni joylashtirish, tovarlarni saqlash, yetkazib berish, aktivlar aylanishini sekinlashishi va zahiralar hajmini yetarli emasligi bilan bog’liq. Modellar qaysi materialga qachon va qanday hajmda buyurtma berishni (yakunlanmagan ishlab-chiqarish hajmini va tayyor mahsulot zahiralarini) aniqlashda rahbarlarga yordam berish uchun yaratiladi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling