11-mavzu: axborot va kommunikasiya Reja
-MAVZU. MOTIVLAShTIRIShNING ZAMONAVIY USULLARI
Download 0.65 Mb.
|
Менежмент маъруза 1
15-MAVZU. MOTIVLAShTIRIShNING ZAMONAVIY USULLARI
Reja: 15.1. Motivlashning mohiyati. 15.2. Motivlashtrishning zamonaviy nazariyalari. 15.3. Motivlash va mexnatga haq to’lash. 15.1. motivlashning mohiyati. Rahbar maqsad sari muvaffaqiyatli harakat qilishi uchun bajariladigan ishni muvofiqlashtirishi va insonlarni samarali ishlashga da’vat etishi lozim. Rahbarlar o’z funktsiyalarini bajarishda motivlashning asosiy tamoyillaridan foydalanadilar. Motivlash deganda tashkilot yoki shaxsiy maqsadlarni bajarish uchun o’zida va boshqalarda ishlash ishtiyoqini uyg’otish tushuniladi. Ximchin va shirish kulcha motivlashning dastlabki usullaridan hisoblanadi. Qadimgi afsonalarda podshoh o’z maqsadlariga erishish uchun mukofot tariqasida qahramonlarga yarim podsholikni va malikani va’da qiladi yoki boshini tanasidan judo qilish bilan qo’rqitadi. Insonlarning hayot darajasi yaxshilanib borgan sari ularni “shirish kulcha” bilan ishlashga qiziqtirish hamma vaqt yaxshi natija beravermaydi. Ushbu hol boshqaruv sohasidagi mutaxassislarni motivlash va psixologik jihatdan yangi echimlarni izlashga majbur qiladi. Meyo kadrlar qo’nimsizligi moddiy rag’batlantirishning miqdori bilan emas, balki ishchilarning mehnat sharoiti bilan bog’liqligini his etgan. Yelton Meyo menejment sohasidagi psixologiyaning ahamiyatini yaxshi tushungan. Meyo kadrlar qo’nimsizligi moddiy rag’batlantirishning miqdori bilan emas, balki ishchilarning mehnat sharoiti bilan bog’liqligini his etgan. U korxonaning ma’muriyati bilan kelishib, ip yigiruvchilar tsexida ishchilarning dam olishi uchun 10 minutlik tanaffus e’lon qilganda kadrlar qo’nimsizligi keskin pasaydi, mehnat unumdorligi oshdi. Keyinchalik kadrlar inspektori ushbu tanaffuslarni bekor qilganda, oldingi ayanchli ahvol yana takrorlandi. Ushbu hol Meyoning kiritgan yangiliklari vaziyatni yaxshilashga sabab bo’lganligini isbotlaydi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling